Ikkinchi sinfdagi masalalarning turlari. Ikkinchi sinfda yechiladigan masalalarning bir qismi oquvchilarga oldindan malum bolgan turli xildagi masalalarni takrorlashdan iborat. Bir qismi esa yangi tushunchalarni solishtirishga yani necha marta orttirish va necha martta kamaytirish, karrali solishtirish tushunchalari bilan murakkablashtiriladi. Bu murakkablashtirish bilan bogliq bolgan shakl almashtirishlar organiladi. Bu yangi shakl almashtirishlardan bazilariga tipik masalalar deyiladi. Masalan vaqtga tegishli bolgan masalalar alohida guruppa tashkil etadi. Ular maxsus metodik yol bilan yechishni talab etadigan xususiyatga ega.
Bundan tashqari 1) shuncha ortiq va kam, shuncha marta ortiq va kam ifodalari bilan qollaniladigan masalalar 2) tipik masalalar 3) vaqt masalalari.
Shuncha ortiq va shuncha kam, shuncha marta ortiq va kam ifodali masalalar.
100 ichida qoshish va ayirishni orgatishda oquvchilar shunday masalalar yechadiki, bu masalalarda shuncha ortiq va kam ifodalari uchraydi. Masalan, fermerda 95 ta sigir bolib, oldingi yildagiga qaraganda 37 ta sigir ortiq. Oldingi yili fermerda qancha sigir bolgan?
Oqituvchi yonaltiruvchi savollar bilan oquvchilarga bu masalani yechishga yordam beradi.
Bu yil fermerda qancha sigir bor?
95 ta
Oldingi yilgi sigirlarning soni haqida nima bilasiz.
Sigirlarning soni bu yilga qaraganda kam?
Qancha kam?
37 ta kam.
Bundan keyin oquvchilar maslani yangi formada takrorlaydilar. Bu yil fermerda 95 sigir bor, otgan yili bundan 37 sigir kam bolgan. Otgan yil fermerda qancha sigir bolgan? Ayirishga doir taqqoslash masalalarida masalan, qancha ortiq va qancha kam tushunchasining orniga qancha uzun qancha qisqa, qancha baland qancha past, qancha ogir qancha yengil va shunga oxshash savollar kiritilishi mumkin.
Ikki va uch amalli masalalarni yechishda ayirmali taqqoslash oxirgi orinlarda ishlatiladi.
Ayirmali taqqoslashga doir quyidagi namunalarni keltirish mumkin.
Ikkita qoshish va ayirishga doir taqqoslash masalalari. Bir yashikda 37 kg, ikkinchi yashikda 49 kg konfet bor edi. Birinchi yashikka yana 34 kg ikkinchisiga 19 kg konfet soldilar. Qaysi yashikdagi konfetlar ogir, ogir bolsa qancha ortiq
1) 37 kg+34 kg=71 kg
2) 49 kg+19 kg=68 kg
3) 71 kg-68 kg=3 kg
Ikkita ayirish bilan ayirishli taqqoslash. Masala: Bir idishda 38 l, ikkinchi idishda 48 l sut bor edi. Birinchi idishdan 12 l ikkinchi idishdan 29 l sut oldilar. Qaysi idishdagi sut oz qoldi va qancha ozaydi?
1) 38 l-12 l=26 l
2) 48 l-29 l=19 l
3) 26 l-19 l=7 l
Ikkita kopaytirish bilan ayirmali taqqoslashga doir masalalar.
Kitob 9000 som, bir pochka qogoz 4000 som turadi. 2 ta kitobmi yoki 4 pochka qogoz qimmatmi va qancha qimmat?
9000·2=18000 som
4000·4=16000 som
18000-1600=2000 som
Javob: 4 ta kitob qimmat va 2000 som qimmat.
Sonni bir necha marta kopaytirishga tegishli masalalar jadvalli kopaytirishni organish vaqtida beriladi. Ularning orasida, bir necha birlik orttirishga doir masalalarni organish ham lozim boladi. Bunday masalalarga namunalar quyidagilar:
Oquvchilar 8 ta yashil bayroqcha yasadilar. Yashil bayroqchalarga qaraganda 4 ta ortiq qizil bayroqchalar yasadilar. Yashil bayroqchalarga qaraganda 4 marta ortiq sariq bayroqchalar yasadilar. Bolalar hammasi bolib qancha bayroqcha yasadilar.
Y ashil bayroqcha _______ 8 ta
Q izil bayroqcha _______ 4 ta ortiq
S ariq bayroqcha _______ 4 marta ortiq
8+4=12 qizil bayroqcha
8·4=320 ta sariq
8+12+32=54 ta
Sonni bir necha kamaytirishga doir masalalar, teng bolaklarga bolish bilan bogliq holda beriladi. Bunga: shuncha kam va shuncha marta kam ifodalariga tegishli masalalar bilan berilishi maqsadga muvofiq. Masalan:
21 pochka yaltiroq qogoz, undan 3 pochka kam albom qogoz, yaltiroq qogozga qaraganda 3 marta kam oq qogoz sotib oldilar. Hammasi bolib necha pochka qogoz sotib olganlar?
Karrali taqqoslashga tegishli uch amalli masalalarga quyidagi namunalarni keltiramiz:
Ikkita karrali bilan karrali taqqoslashga doir masalalar.
2400 somdan 4 ta daftarmi yoki 600 somdan 8 ta daftar qimmat?
Ikkita bolish bilan karrali taqqoslashga doir masalalar. Masala: kir yuvuvchi 8 soatda 24 kg koylak mayka yuva oladi. Kir yuvuvchi mashinasi esa 2 soatda 96 kg koylak - mayka yuva oladi. Mashina bir soatda, kir yuvuvchiga qaraganda necha marta ortiq yuvadi.
Karrali taqqoslash bilan birga qancha ortiq yoki qancha kam ifodali masalalarni ham yechish maqsadga muvofiq. Masalan: 6 qop kartoshka ekdilar. Bir uchastkadan 36 qop, ikkinchi uchaskadan esa 12 qop kam kartoshka oldilar. Ekilganiga qaraganda qancha marta ortiq kartoshka olganlar?
36-12=24 qop