Yuzlik mavzusida masalalar ustida ishlash metodikasi.
Oquvchilar masalalar yechish bilim, konikma va malakalariga yengillik bilan erisha olmaydilar. Kopincha uchinchi va tortinchi sinflarda ham oquvchilar 2 va 3 amalli masalalarni mustaqil yecha olmaydilar. Bunga sabab birinchi va ikkinchi sinflarda masalalar yechishga doir yetarlicha bilim konikma va malakalarga ega bolishini etiborsiz qoldirishlari hisoblanadi. Shuning uchun ikkinchi sinf oqituvchisi birinchi sinflarda masalalar yechishga orgatish qanday olib borganligini va birinchi sinfga tegishli bolgan metodik talablarning qanchalik bajarilganligini tekshirish shart. Yani sodda masalalarni yechishning ahamyati, murakkab masalalarni yechish ahamyati oquvchilar murakkab masalalarni yechishda dastlab sodda masalalarga ajratadilar, songra ajratilgan sodda masalalarni yechishning tartibini aniqlab olishlari kerak. Masalalar yechishga bunday yondashish oquvchilarning matematika faniga bolgan qiziqishlarini ostiradi va mantiqiy fikrlash qobilyatini taraqqiy ettiradi.
Ikkinchidan oquvchilar murakkab masalalar yehish uchun masalaning mazmunini anglatuvchi holatni koz oldiga keltirishlari, masala mazmuni va mohiyatini toliq anglashlari yoki tushinishlari kerak. Aks holda masalalarning yechilishi oquvchilar uchun qiyinlik qiladi. Shuning uchun masalalar kundalik hayotdan, texnikadan, qurilishdan tabiatdan olingan bolsa, oquvchilar shu masalalar orqali turmushni va tabiatning xilma xil foydali bilimlarini bilib oladilar.
Birinchi sinfda oquvchilar asosan ikki amalli murakkab masalalarni yechadilar.
Uch amalli masalalar yechish. Ikkinchi sinfning birinchi sinfdan farq qiladigan xususiyati uch amalli masalalarni yechish hisoblanadi.
Uch amalli masalalarni yechishni misol bilan korsatamiz. Oquvchlarga masala berishda oqituvchi shoshilmasdan va tushinarli qilib berishi kerak.
Masala. 86000 somga 8 pachka oq qogoz, 9 pochka rangli qogoz sotib olindi. Bir pochka oq qogoz 4000 som turadi. Bir pochka rangli qogoz qancha turadi?
Oqituvchi masalani oqish jarayonida yol - yolakay masaladagi sonli malumotlarni doskaga yozib boradi. Oquvchilardan biri doskadagi yozuvga qarab masalani takrorlaydi. Songra oquvchilar masalaning savolini ajratadi. Bu savolga birdaniga javob berib bolmasligini anglaydilar. Oqituvchi soraydi: masala shartidan birdaniga nimani aniqlash mumkin. Oquvchilar masalani oylab koradilar. Yani 8 pochka bilan 9 pochka, 9 pochka bilan 86000 som, 8 pochka bilan 4000 som va hokazolarni. 8 pochka bilan 4000 som oquvchlarning diqqatini tortadi. Chunki bu sonlarga asoslanib oq qogozning hammasi necha som turishini bilib olishi mumkin. Bu hamma rangli qogozning necha som turishini va bir pochka qogozning narxini bilishga imkon yaratadi.
Oqituvchi yonaltiruvchi savollar bilan masalaning mazmunini tushinishga va masalada oq qogoz togrisida nima malum undan nimani bilish mumkinligiga yordam beradi.
Hamma oq qogoz qancha som turadi?
8·4000 som=32000 som.
Rangli qogozlar qancha turadi?
86000-32000=54000 som.
Bir pochka rangli qogoz qancha som turadi?
54000:9=6000 som.
Javob: Bir pochka rangli qogoz 6000 som turadi.
Oquvchilarni murakkab masala yechishga orgatish uchun sodda masalani murakkablashtirish usulidan foydalanish mumkin. Masalan:
86000 somga oq va yashil koylaklar oldilar. Oq koylakka 32000 som toladilar.Yashil koylak necha som turadi?
86000 somga kitoblar va 9 pochka daftar oldilar. Kitoblar uchun 32000 som tolangan bolsa, bir pochka daftar qancha turadi?