- 566 -
Farmakologik ta'siri.
Tefroliv forte
- jigarning samarali regeneratsiyasi yo'li
bilan jigar to'qimasining tez tiklanishi va jigarning himoyasini ta'minlash uchun
maxsus ishlab chiqilgan 9 o'simlik ekstraktini saqlovchi yangi o'simlik
tarkibidir.
Tefroliv forte
- Ayurovedik vosita (hind tibbiyotining qadimgi tizimi), xujayra
strukturalari va biologik membranalarning faoliyatini barqarorlashtirish yo'li
bilan jigarga to'g'ridan-to'g'ri himoyalovchi ta'sirini amalga oshiradi.
Tefroliv forte
- jigarni shikastlovchi ekzogen va endogen omillar bilan kurashadi
yoki oldini oladi. Jigarni bu antigepatotoksik faolligi kuchli lipotrop va
antinekrotik xususiyatlari bilan bog'liq. Tefroliv forte nafaqat membranani
mustahkamlovchi agent sifatida ta'sir qiladi,
balki xujayraning umumiy
samaradorligini ham oshiradi. Bu ta'sir gepatotsitning regenerative xususiyatlari
bilan bog'liq.
1. Phyllanthus niruri (Fillantus niruri) -
preparatning eng muhim ingredienti
bo'lib, V gepatiti bo'lgan patsientlarning jigari xujayralariga virusni kirishini
ingibirlab, virusli yuklamani pasaytiradi.
Zamonaviy tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, antigepatotoksik ta'siri Fillantus
nirurining ikki komponenti: fillantin va gipofillantin bilan bog'liq. Bu moddalar
kalamushalarning
gepatotsitlarini
birlamchi
kul`turalarida
o'tkazilgan
tajribalarda to'rt xlorli uglerod va galaktozamin tomonidan chaqirilgan
sitotoksiklikni bartaraf qilganlar.Bundan tashqari, preparat juda past zichlikdagi
lipidlar darajasini pasaytirgan.
Gastritlarda, dispepsiyada buyuriladi,
siydik haydovchi, o't-safro haydovchi
ta'sir ko'rsatadi, shuningdek viruslarga qarshi xususiyatga ham ega.
2. Tephrosia purpurea (qirmizi Tefroziya) -
hindistonning antigepatotoksik
preparatlarining eng ko'p ishlatiluvchi o'simliklaridan biri bo'lib, yaqqol
gepatoprotektor
faollikka
ega.
Aniqlanishicha,
qirmizi
Tefroziyaning
flavonoidlari mikroblarga qarshi faollikka ega.
- 567 -
O't-safro qopi sanchig'ida, jigar va taloqning kattalashishi va obstruktsiyasida
buyuriladi. Kuchsiz siydik haydovchi ta'sirga ega.
3. Eclipta alba (Oq eklipt) -
CCl4 tomonidan chaqirilan jigar mikrosomal
fermentlarining ingibirlanishiga to'sqinlik qiladi.
Jigar va o't-safro qopining
faoliyatini buzilishlarida, shuningdek jigar va o't-
safro qopining obstruktsiyalarida qo'llanadi.
4. Andrographis paniculate (Popukli andrografis) -
antioksidant va
gepatoprotektor faollikka ega. Mualliflar (Trivedi va Rawal (2001) ning
ma'lumotlariga ko'ra bu o'simlikning suvli ekstrakti yaqqol gepatoprotektorlik
faollikni namoyon qilgan. Bu o'simlikdan ajratib olingan andrografolid,
gepatotsitlarning mitoz tezligini, shuningdek jigar xujayralarida DNK va RNK
sintezini oshirgan.
Sust kechuvchi gepatitda qo'llanadi. Kuchli o't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi.
Dispepsiyada qo'llanadi.
5. Picrorhiza kurroa (Pikroriza kurroa)
-
Zamonaviy tadqiqotlarning
natijalariga ko'ra jigarning paratsetamol va galaktozaminli shikastlanishida
Pikroriza korroa glikozidlarining aralashmasini yaqqol gepatoprotektor samarasi
aniqlangan. Jigarning o'tkir va surunkali alkogolli intoksikatsiyasini
zararsizlantiradi. O't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi, gastritlarda, dispepsiyada
ishlatiladi.
6. Solanum nigrum (qora ituzum) -
Siddiqui (2000) ning ma'lumotlariga ko'ra
o'simlik antigepatotoksik va yallig'lanishga qarshi faollikka ega. Bu o'simlikning
ekstraktini gepatoprotektor samarasi uning jigarning shikastlangan to'qimalarida
DNK ni oksidlanuvchi parchalanishiga susaytiruvchi ta'siri bilan bog'liq bo'lishi
mumkin.
Yumshoq siydik haydovchi vosita, kuchli o't haydovchi.
Gepatitlarda va jigar
sirrozlarida, splenomegaliyada tavsiya qilingan.
7. Piper longum (Uzun qalampir) -
Uzun qalampirning asosiy komponenti -
Piperin CCl4 chaqirgan jigarni zararlanishida gepatoprotektor samara ko'rsatadi
- 568 -
(hayvonlar va odamlarda). Kuchli o't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi, jigar va
taloqning obstruktsiyasini bartaraf qiladi, preparatning boshqa ingredientlarini
so'rilishini oshiradi.
8.
Terminalia
chebula
(Terminaliya
chebula)-
o'simlikning
asosiy
komponentlari (taninlar, antraxinonlar, chebulin, chebulan, chebul,
ellg va gall
kislotalari) antigepatotoksik va antitsitotoksik faollikni namoyon qiladi. Taloq
va jigar kattalashganida qo'llanadi.
9. Ocimum sanctum (Muqaddas rayxon) -
immunomodulyatorlik, antistressor va
yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Bu o'simlik barglarining ekstrakti
kalamushlar jigarining paratsetamol chaqirgan shikastlanishini bartaraf qiladi.
Ko'pchilik surunkali jarayonlarda ishlatiladi va to'qimalarni tez tiklanishiga
yordam beradi. Jigar faoliyatining buzilishlarida qo'llanadi, tinchlantiruvchi va
o't-safro haydovchi ta'sirlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: