E’tibor bering!
Jahon bo‘yicha yuqori va quyi qatlam o‘rtasidagi moddiy
yashash sharoitlaridagi tafovutlar
Parametrlar
|
Eng boy 20 %
|
Eng kambag‘al 20%
|
Umumiy soni
|
1,2 mlrd.
|
1,2 mlrd.
|
Dunyo YAMMdagi hissasi
|
82,7%
|
1,4%
|
Jahon savdosi
|
81,2%
|
1,0%
|
Banklarning kreditlari
|
94,6%
|
0,2%
|
Go‘sht va baliq iste’moli
|
45,0%
|
5,0%
|
Energiya iste’moli
|
58,0%
|
4,0%
|
Qog‘oz iste’moli
|
84,0%
|
1,1%
|
Telefon tarmoqlari
|
74,0%
|
1,5%
|
avtomobillar
|
87, %
|
1,0%
|
Jahonda daromadlarning taqsimlanishi, %
Aholi qatlamlari
|
1993
|
2000
|
Aholidagi ulushi
|
Daromaddagi ulushi
|
Aholidagi ulushi
|
Daromaddagi ulushi
|
Kambag‘allar1
|
76
|
29
|
82
|
29
|
O‘rta sinf2
|
8
|
12
|
7
|
14
|
Boylar3
|
16
|
58
|
10
|
57
|
1Daromadi yiliga 3.9 mingAQSH dollaridan kam.
2 3.9 mingdan 16.7 minggacha.
3 16.7 mingdan ko‘p.
(Manba:GlobalEconomicProspects 2007. Wash., 2007. P. 73.)
Bir kunlik daromadi 1.25 AQSH dollaridan kam bo‘lgan aholi ulushi dinamikasi 1981 - 2030 yillarda, %
(Manba: World Development Indicators W.B. 2008; Global Economic Prospects 2007 (http://iresearch.worldbank.org/PovcalNet/povDuplic.html))
“Inson — jamiyat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar. Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi (“oltin milliard”) munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. SHuni aytishning o‘zi kifoyaki, 1956 yil Erda 2,8 milliard kishi yashagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi.
XX asrda er kurrasi aholisining “demografik portlash” deb nomlangan mislsiz darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda.
Demografik muammolar juda murakkab va o‘ta turg‘un bo‘lib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. SHu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda 1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa’y harakatlardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta’minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya’ni aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi,)bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi XX yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi.
Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).
SHu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda.
Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. SHuningdek hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi o‘quv jarayonida gumanitar fanlarning o‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko‘paytirish emas balki, tabiiy ilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishi lozim. SHundagina inson o‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida” aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”403. Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi.
Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi.
Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi, “sivilizatsiya kasalliklari” deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimoli rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqoridir.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‘lim bilan tugaganligi sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotiga ko‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 17,5 million inson vafot etgan. Ushbu ko‘rsatgich barcha o‘lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. SHu jumladan, 7,6 million kishi yurak ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan ko‘z yumgan404. Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb etdi va ko‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, cho‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi sabablarini ham ayni shu erdan izlash lozim.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) ayollarda bachadan saratoni kasalligini “papiloma” virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda405.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra barcha viloyatlarda skrining markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining profilaktikasi, “tez yordam” markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, aholini notipik gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. “Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning 98 foizidan ortig‘i oldini olish mumkin bo‘lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida difteriya, qizamiq kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. XX10 yilda yuqumli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi 28 foiz, epidemik parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana shunday tadbirlar samarasidir”406. Darhaqiqat, 1997 yilda 1sonli yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi O‘zbekistonda odam organizmida sariq kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, E viruslarini aniqlash imkonini yaratdi. “Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Onalar o‘limi darajasi 2 baravardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamaydi....odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi”407. Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi, surunkali sariq kasalligining oqibati bo‘lmish jigar serrozining kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi.
Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. SHu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi “oziq-ovqat quroli”ga aylanadi.
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun “yashil inqilob”ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish mo‘ljallandi. “YAshil inqilob” aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday mamlakatlar uncha ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan. Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq mamlakatlarda esa “yashil inqilob” samara bermadi. SHuningdek, u odatdagi mayda xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. “YAshil inqilob” eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi.
O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorma mollarini etishtirishga alohida e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
“Jamiyat va tabiat” tizimidagi global muammolar. Kishilik jamiyatining tabiat bilan munosabatlari va ularning ifodasi bo‘lgan faoliyat turlari g‘oyat xilma-xildir. Ular ichida belgilovchisi moddiy ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat tufayli sayyora qiyofasi shunday o‘zgardiki, oqibatdabir qator jiddiy muammolar kelib chiqdi. Ular —ekologik muammolar deb atalmoqda.
Ekologik muammolar ilgarigidek hozir ham biosfera uchun xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidanhosil bo‘ladigan o‘zgarishlar natijasida global miqyosda zararlar kelib turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansada, lekin ularning oqibatlari hiylavaqt bilinib turishi mumkin.
Ekologik falokatlar ikki shaklda — tabiiy hodisalar va inson faoliyati ta’sirida yuz beradi.
XX asr boshlaridan beri ayniqsa, uning ikkinchiyarmi davomida ekologik falokatlar soni ko‘payib bormoqda. Agar 60-yillarda inson va atrof-muhit uchun havfli oqibatlar keltirgan 45 ta yirik ekologik falokat yuz bergan bo‘lsa, 80-yillarda bularning soni 80ga etdi. Ekologik muammolar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda birday uchraydi. Ayni vaqtdaAfrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mintaqalarida birinchi turkumdagi ekologik muammolar uchrasa, sanoatirivojlangan Yevropa, SHimoliy Amerika kabi mintaqalarda ikkinchi turkumdagi, ya’ni texnologik falokatlar oqibatlari uchraydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bu turkum muammolar asta-sekin paydo bo‘libbormoqda. CHunki texnikaviy ravnaq bu mamlakatlarhayotiga qanchalik tez kirib borsa, undan oqilonafoydalanish talabi shunchalik o‘tkir bo‘lib bormoqda.
Buni Orol dengizi baseynidagi ekologik falokat ham tasdiqlaydi.Juda qurg‘oqchil mintaqada keyingi 30—40 yil ichida ekstensiv tarzda amalgaoshirilgan xo‘jalik faoliyati tufayli dengiz suvi keskin kamayib kstdi. Natijada: a) yana bitta sahro — Orolqum sahrosi paydo bo‘lmokda; b) dengizo‘rnidan ko‘tarilgan tuz changlari g‘oyat katta maydonga tarqalmoqda (hatto Antarktidada pingvin vujudida ham). Grenlandiya muzliklarida, Norvegiya o‘rmonlarida Orol mintaqasi pestitsidlari topilgan; v) Kaspiy dengiziningsuv sathi keskin ko‘tarilmoqda. Tuz changlarining bir qismi dengiz yuzasiniqoplab undan chiqadigan bug‘lar harakatini to‘xtatgan bo‘lsa, boshqa qismiKaspiyga quyiladigan daryolar suvining ko‘payishiga olib keldi; g) mintaqadan tashqari G‘arbiy Sibirda ham qurg‘oqchilik ro‘y bermoqda; d) Pomir vaTyan-SHan tog‘laridagi doimiy muzliklar degradatsiyasi sodir bo‘lmoqda; e)mintaqada qish fasli yildan yilga sovuqlashib bormoqda va h. k. Bular Orolfojiasi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
БМТнинг охирги (2004) бахолари шуни тасдиқламоқдаки, ҳозирги вактда: 1,1 миллиардга яқин одам тоза ичимлик сувидан фойдалана олмайди; тахминан 2,4 миллиард киши тегишли санитария назоратидан ўтмаган сувдан фойдаланади; ҳарйили 2 миллионга яқин бола денгиз суви орқали юқадиган касалликлардан вафот этади; ўтган ўн йилликда сувнинг ифлосланишидан вафот этган одамлар сони ОИТС ёки ҳарбий можаролар сабабли ўлганлардан анча кўп.
Манба: Сув - Ўзбекистон келажаги учун муҳим хаётий ресурс. Мингйиллик ривожланиш мақсадларини қўллаб-қувватлаш бўйича нашр. UNDP. Т., 2007. –Б.12.
Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bog‘liq quyidagi ekologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:
1. Er yuzidagi o‘rmonlar hajmi har yili 11 mln. gektarga qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalaridagi o‘rmonlarda esa yangilanibturadigan o‘simlik resurslarining asosiy zaxiralarito‘plangan. Ohirgi 500 yil oralig‘ida sayyoradagi o‘rmonlarning 2/3qismi yo‘q qilindi. O‘rmonlarning qisqarib borish tezligi minutiga 50 gektarni tashkil etmoqda va jarayon shu taxlit davom etsa yaqin 30-40 yil ichida o‘rmon resurslari tugab bitadi408. Bundan tashqari, Sayyoraning boyliginitashkil etgan bu o‘rmonlar biosfera an’anaviy funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. O‘rmonresurslari faqatgina xomashyo manbai emas, balkiular tabiiy suv aylanishini ham ta’minlaydiki, o‘rmonlardagi suv bug‘lanishi hisobiga yog‘ingarchilikning 1/2 qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu esa tuproqyuzasiga mo‘‘tadil ta’sir ko‘rsatadi, ozuqa bo‘ladiganmineral moddalarning tiklanib turishligi ta’minlanadi.
2. Rivojlangan mamlakatlardagi 31 mln gektarga yaqin erlar “kislotali yomg‘ir”lardan zararlangan vabug‘langan. Bu “yomg‘irlar” biosferada tez tarqalib o‘rmonlarga salbiy ta’sir etadi, barglari sarg‘ayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok bo‘ladi. Zararlangandaraxtlarning fiziologik kuchsizlanganligi natijasida o‘simlikxo‘r hashoratlar ko‘payishi uchun qulaysharoit yaratiladi. Kislotali yog‘ingarchilik havo vasuvni zararlashi tufayli kishilarda yurak, o‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyagamoyillik kuchayadi.
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan er maydonining 26 mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda. Suv va havo eroziyasidan AQSHdaunumdorli tuproq har yili 3,1 mlrd tonnagacha ishdanchiqmoqda. Bu etishtirilgan bir tonna bug‘doy hisobiga 6 tonna tuproq yo‘qotilishini bildiradi. SHuninguchun AQSHda dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, erlarning zaxiralarini saqlaydigan fermerlarga haryili har bir akr (0,4ga) er uchun 48 dollar to‘lanishito‘g‘risida qonun qabul qilingan.
3. XX asrning ikkinchi yarmida “katta qurg‘oqchilik”larning tez-tez bo‘lib turishi natijasida cho‘llarmaydoni yiliga 6 mln. gektarga kengaydi. Natijada,o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Agar ilgari cho‘llar hosil bo‘lishi faqattabiiy yo‘l bilan yuz bergan bo‘lsa, endilikda insonning o‘rmonzorlarga o‘tkazayotgan ta’siri, o‘rmon vaqishloq xo‘jaligiga yarokli erlar nisbatining buzilishi, aholining tinimsiz ko‘payishi natijasidasun’iy tarzda sodir bo‘lmoqda.
4. Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab ko‘llarbiologiyaviy o‘lik holga kelib qolmoqda. Har yilijahon suv xavzalariga 32 kub km. tozalanmagan sanoatoqava suvlari kelib tushmokda. Turli maqsadlar uchunsuvga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borishi natijasidasuv sarfi ham shunga yarasha ko‘payib bormoqda. Afrika, SHimoliy Amerika va boshqa qator mintaqalardaer osti suvi manbalari kamayib, sifati keskin o‘zgarib bormoqda.
5. Atrof-muhitga antropogen ta’sir etish, uni texnogen bulg‘ash oqibatida hayvonot va o‘simlik olamiuchun jiddiy xavf yuzaga keldi. Har yili ko‘plab hayvon va o‘simlik turi yo‘qolishi oqibatida XX yildanso‘ng mavjud turlarning beshdan bir qismi batamombarham topishi mumkin. Bu esa hayvonot va o‘simlikolami genofondining qisqarishigagina olib kelmay,Er biosferasida oqibati jiddiy bo‘lgan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
6. Er yuzidagi ekologik o‘zgarishlar oqibatida XX50yilga borib atmosferadagi o‘rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Atmosfera yuqoriqismlarida ozon qatlami siyqalanib, Antarktida va Arktika ustidagi “tuynuklar” kengayib bormoqda.Ozon qatlamining emirilishi natijasida barcha jonli mavjudotlarga halokatli ta’sir etadigan quyoshradiatsiyasi nurlari uchun yo‘l ochilib ekologik falokatlar (o‘simliklarda fotosintez jarayonining qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigankasalliklarning ko‘payishi va h. k.) ro‘y berishi mumkin.
7. Tabiatda inson sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan metallar va ular birikmalarining yig‘ilib qolishi tufayli zamondoshlarimiz tanasida, ibtidoiy odamlardagiga qaraganda, kadmiy (yurak kasalliklarining sababchisi) 70 marta, qo‘rg‘oshin (ateroskleroz va buyrakkasalliklari sababchisi) — 10, simob (asab kasalliklarini chaqiruvchisi va gepatik o‘zgarishlar sababchisi) — 19 marta ko‘p to‘plangan. Havoni bulg‘ovchimoddalarning soni 100 dan ortadi, ularning ko‘pi zaharli, ba’zilari esa konserogen xususiyatlarga egadir.
Hozirda olimlar insonning tabiatga salbiy ta’sirini “ekologik iz” tushunchasi bilan izohlamoqda. Ekologik iz – insonning atrof-muhitga ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. U biz iste’mol qilayotgan barcha mahsulotlar va resurslarni olish uchun qancha miqdor unumdor erlar va tabiiy toza chuchuk suvdan foydalanayotganimizni yaqqol ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda insoniyatning resurslardan foydalanish darajasi biosferaning bu resurslarni qayta tiklash imkoniyatidan yuqori ekanligi ma’lum.
SHuning uchun, ba’zida “insoniyatning ekologik izi juda katta” deyiladi. Bu atama Metis Vakernagel va Vilyam Ris tomonidan 1996 yilda yozilgan “Bizning ekologik izimiz: Insoniyatning Erga ta’sirini kamaytirish” kitobidan olingan. Bu asarda agar Er yuzidagi barcha insonlar AQSH, Avstraliya va Kanadada yashovchi insonlarning turmush jarajasida yashaganlarida bizga yana uchta Er sayyorasi zarur bo‘lishi ko‘rsatilgan. Masalan, AQSH da yashovchi insonning ekologik izi 1999 yilda 9,6 gektarga teng bo‘lgan edi. Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, o‘rtacha kanadalik 25% (7,2 gektar) va o‘rtacha germaniyalik ikki baravar kichikroq (4,4 gektar) iz qoldiradi. Bu “ekologik izlar” dunyodagi barcha biologik mahsuldor erlar maydoni va dengiz sathini Er sharining umumiy aholisi soniga bo‘lganda olinadigan “adolatli taqsimlangan” maydon – axoli jon boshiga 2,2 gektardan ancha katta hisoblanadi. Biroq, er yuzida nafaqat insonlar yashaydi. Agar dunyodagi 10 million boshqa turlarni saqlash uchun sayyoramizdagi biologik mahsuldor erlar maydoni jon boshiga hisoblansa 2,2 gektardan 1,8 gektargacha kamayadi. Bitta odamga to‘g‘ri keladigan 1,8 gektar maydonni dunyo aholisi soniga ko‘paytirib, olingan natijani mavjud biologik mahsuldor erlar maydoniga solishtirish orqali bizning ehtiyojlarimiz uchun zarur maydonni hisoblashimiz mumkin. Afsuski, bu Er sayyorasi imkoniyatlaridan 20% ortiqligini ko‘rsatadi.
Bu borada WWF (YOvvoyi tabiat Butunjahon fondi)ning Halqaro kotibiyati bosh direktori Jim Lipp shunday deydi: “Barchamizga bir qancha shafqtsiz grafiklardan ma’lum bo‘lgan – uglerod miqdorining ortishi, o‘rmonlarning yo‘qolib borishi, suv taqchilligi, hadsiz baliq ovlash kabilar shuni ko‘rsatadiki, inson faloliyati Er resurslari va ularning moslashish qobiliyatlariga zarar keltirmoqda. “Tirik sayyora –2012” ma’ruzasida bu jarayonlarning barchasi, bizning sayyoramizga umumiy yukimiz o‘rmonlar, daryo va okeanlarning ahvolini yomonlashtirib, bizning mavjudlik imkoniyatimizga ta’sir ko‘rsatishi aytiladi. Biz shunday yashasak, bizning ixtiyorimizga yana bitta sayyora kerak bo‘ladi. Biz Erning ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgandan ko‘ra bir yarim baravar ko‘p resurslarni ishlatmoqdamiz, agar shunday davom etsa 2030 yilga borib bizga, hatto ikkita sayyora ham kamlik qiladi. Bizda birgina tanlov bor. Biz 2050 yilga borib aholisi to‘qqiz yoki o‘n milliardga etadigan aholini oziq-ovqat, ichimlik suvi va energiya bilan ta’minlaydigan farovon kelajakni barpo etishimiz kerak”409.
Atrof-muhitning bulg‘anishi bilan birga, insoniyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar, birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari muammosi og‘irlashib bormokda. Ijtimoiy rivojlanish davomida oziq-ovqat ishlab chikarish to‘xtovsiz o‘sib borgan bo‘lsada, hozirgi vaqtda uni ekstensiv ko‘paytirish imkoniyati qariyb tugab bormoqda.
Oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirishning intensiv imkoniyatlari ham erlarning cho‘lga aylanishi,tuproq eroziyasi, sho‘r bosishi, sanoat va fuqaroga qurilish uchun ajratib berilishi va hokazolar tufayli cheklangandir.
Bulardan ko‘rinadiki, mavjud imkoniyatlar doirasida oziq-ovqat muammosini hal etish o‘tkirligicha qolmokda.
Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida energiya quvvatining yangi manbalarini topish zaruriyati ham tobora birinchi o‘ringa chiqmoqda.
Ma’lumki, energiya quvvati resurslari ikki xil - qayta tiklanmaydigan (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv quvvati, yog‘och va h. k.) bo‘ladi. SHuningdek, quvvat manbalarini tashqi (quyosh) va ichki resurslari(masalan: atom yadrosi) tarzida ham tasnif etish mumkin.
Hozir atom reaktorlaridan olingan energiya elektr quvvati ishlab chiqarishning 15% ga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom quvvatidan foydalanish xususida xilma-xil va qarama-qarshi fikrlar oldinga surilmokda. CHernobil va Fukusima fojiasi bu boradagi tashvishlar o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda.
Jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish masalasi ham XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat oldida turibdi. Umuman olganda, sivilizatsiyaning butun tarixi davomida okean zaxiralari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish masalasi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Okean kislorod etkazib beradi, g‘oyat katta miqdordagi ma’dan xomashyosi zaxiralariga ega, oqsil xomashyosi olish uchun zarur bo‘lgan biomoddalarning salmoqli hajmda hosil etadi, iqlimni tartibga solib turadi va muhim transport yo‘li hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, hozirga vaqtda jahon okeani jamiyat ilgarilama harakati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omillardandir.
Jahon okeani boyliklarini o‘zlashtirish jamiyat va tabiat aloqadorligining muhim ko‘rinishlaridan biridir. Hozirgi vaqtga kelib insoniyat quruqlik boyliklarini asosan o‘zlashtirib bo‘ldi. Okean suvlaridan ilgari baliq ovlangan, tuz, magniy, brom, yod,fosfor, natriy, kaliy olingan bo‘lsa, endilikdauning tagidan neft, gaz, ko‘mir, temir, oltin, platina va boshqa nodir metallar qazib olinmoqda. Dengiz akvatoriyalari ostidagi neft va gaz zaxiralari 1990 yilda qilingan hisob kitoblarga ko‘ra 450 mlrd. tonna(neftga aylantirilganda), metallar — quruqlikdagizaxiralari hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jahon okeani hududida ko‘mirning umumiy zaxirasi quruqlikdagiga qaraganda 250 martadan ko‘proq, hozir qazib olinayotgan hajmdan esa XX0 martadan ortiqdir. 30 ga yaqin unsurdan iborat temir, marganets qorishmalari chuqur suv osti maydonining qariyb 35 mln. kv.km. ni tashkil etadi.
Okeandan foydalanishning an’anaviy ob’ektlaribaliqchilik, suv o‘tlaridan foydalanish va hokazolarhozirgi vaqtda muhim bo‘lib qolmoqda. Masalan, 1975yilda dunyo bo‘yicha 70 mln tonna baliq ovlangan edi.Hozir esa ancha oshib ketdi. Dengiz mahsulotlariningsoni ham ko‘payib bormoqda. XX00 yilda ularning hajmi 130—135 mln. tonnaga etdi.
Dunyo okeani resurslaridan foydalanish kabi koinotni o‘zlashtirish masalalari ham insoniyat oldidagiglobal muammolardan hisoblanadi. Bu birinchidan, kosmik tadqiqotlarning qimmatlashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, koinot butun insoniyatning mulki deb tanolingandir.
Kishilarning koinotga kirib borishi, uni o‘rganishi ham XX asrdagi fan va texnika taraqqiyoti asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi.
Koinotni o‘zlashtirish muammolari global bo‘lganiuchun barcha mamlakatlarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirib, undan butun insoniyat manfaatlari yo‘lidafoydalanilishi lozim. Koinotiy nazariyalar sohasida ham dunyo olimlari o‘rtasida bir-birini istisnoqiladigan turli qarashlar mavjud. Ular o‘rtaga qo‘yganfikrlarga ko‘ra, koinotni o‘zlashtirish uchun sarflanadigan mablag‘lardan okean va quruqlikdagi muammolarni bartarafetish, yurak-tomir va rak kasalliklarini davolash kabi masalalarni hal etishda foydalanish lozim. Bunuqtai nazar tarafdorlari koinot xarajatlariningyuqoriligiga e’tibor beradilar. SHuningdek, koinotdan harbiy maqsadlarda foydalanish xavfi ham bu qarashlarda hisobga olingan.
Ikkinchi xil qarashlariga ko‘ra, koinotni o‘zlashtirish zarur, chunki uning yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga kelgan vazifa va muammolarni echish mumkin.
Bu qarashlar sirtdan qaraganda, sof ilmiy munozaralardek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin ularning zaminidakoinotni o‘zlashtirishda etakchilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi. Hozirgi asosiy vazifa — koinotni o‘zlashtirishni butuninsoniyatning manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lashdadir. Boshqa barcha globalmuammolarni o‘rganishda ham shu maqsadlardan kelibchiqmoq kerak.
Aytib o‘tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko‘p va xilma-xil, keng miqyosli va o‘ta murakkab ekanligi, ayni paytda ulardan har birining insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon sivilizatsiyasining, qolaversa, sayyoramizning ham taqdiri uchun naqadar muhim va zarurligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. SHuning uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun umumbashariy muammolarni hal etishdan ko‘ra zarur va muhimroq vazifa yo‘q. Umumbashariy muammolar echilmasa, ekologik falokatlar oldi olinmasa, tinchlik bo‘lmasa, taraqqiyot ham, tarixning o‘zi ham bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |