O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Narxning shakllanishi


172
9.2. Narxning funksiya va vazifalari
Narxning hisob-kitob va o‘lchov funksiyasi
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, yuqorida narx tushunchasida
klassiklar «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir», neoklassiklar
esa «Narx tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vositasi bo‘lib,
unga to‘lanadigan pul miqdorini ifodalaydi» deb ta’rif beradilar.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har ikki ta’rifda ham narxning pul bilan
ifodalanishi ko‘rsatiladi. Narx tovar yoki xizmat uchun to‘lash lozim
bo‘lgan pul miqdorini bildiradi. Bu bilan narx orqali tovar va xizmatlar
yaratish uchun qilingan xarajatlar va olingan natijani, ya’ni jamiyatda
ishlab chiqarish va iste’mol hajmini o‘lchash yuz beradi.
Xarajatlar va olingan foyda miqdori narxga bog‘liq ekanligi ham
ko‘rinadi. Albatta, hamma narsaning moddiy aniq o‘lchami
bo‘lavermaydi va uning narxi shartli ravishda belgilanadi. Masalan,
o‘qituvchining, shifokorning, boshqaruvchining va shu kabi
xizmatlarning aniq moddiy o‘lchami yo‘q, uni faqat shu xizmatning
shartli ravishda belgilangan narxiga qarab pulda o‘lchash mumkin.
Moddiy o‘lchamga ega bo‘lgan hamda bo‘lmagan hamma mahsu-
lotlar, xizmatlarni faqat narx orqaligina umumiy ko‘rsatkichda
ifodalash mumkin. Umuman olganda, har bir odam, oila, firma,
korxonadan boshlab, to butun mamlakat miqyosigacha faoliyat
natijalari narxlar yordamida o‘lchanadi. Hamma alohida mamla-
katlar YIM hamda jahon YM miqdori ham bozor narxi asosida
hisoblanadi.
Narxning iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasi
Narx iqtisodiy toifa sifatida bozor iqtisodiyotini boshqarish-
ning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab
chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Bozor ishlab chiqaruvchi
bilan iste’molchini bir-biri bilan narx orqali bog‘laydi. Unda narxlar
doimo o‘zgarib turadi. Chunki bozorda narx talab va taklif bilan
bog‘liq holda kelib chiqadi. Bozor ishtirokchilari ana shu
o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qanday tovarlar ishlab chiqarish,
xizmatlar ko‘rsatish zarurligini aniqlab faoliyat yuritadilar.
Bozorda qaysi tovarlarga talab yuqori bo‘lsa, uning narxi baland
bo‘ladi yoki aksincha, talab kam bo‘lsa, narxi past bo‘ladi. Òalabning
ko‘pligi ishlab chiqarishni kengaytirish va tovar hajmini ko‘pay-
tirish, aksincha, taklifning ko‘pligi ishlab chiqarishni qisqartirish


173
zarurligini ko‘rsatadi. Narx ishlab chiqaruvchi faoliyatiga uning
oladigan foydasi orqali ta’sir qiladi. Masalan, muayyan ishlab
chiqarish xarajatlari saqlangan holda bozorda narx yuqori bo‘lsa,
foyda ko‘p bo‘ladi, narx pasaysa, foyda ham kamayadi. Shuning
uchun foyda olayotgan firma va korxona rivojlanib boradi. Foyda
olmayotgan, zarar ko‘rgan korxonalar yopiladi. Natijada bozorda
talab katta bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun
korxonalar, firmalar qo‘shimcha resurslar jalb qiladilar. Zarar
keltirgan tovarlar ishlab chiqarish to‘xtatiladi va bu korxonalar
foyda keltiradigan, tarmoqlarga o‘tib ketadilar. Natijada zarur
tovarlar taklifi ko‘payadi, bozorda narxlar tushadi. Bu esa, o‘z
navbatida, resurslar narxi yuqori tovarlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish sohasiga o‘tib ketadi degani.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bozorda talab va taklif qonuni-
ning ta’siri ostida narxlarning o‘zgarib turishi korxonalar, firmalarning
boshqa sohalarga o‘tib ketishini va ularni jamiyat uchun kerakli
mahsulotlar ishlab chiqarishga majbur qiladi, shu yo‘l bilan narx-
ning iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasi amalga oshadi.
Narxning taqsimlash funksiyasi
Narxning taqsimlash funksiyasi uning avvalgi tartibga solish
funksiyasi bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Bozor, odatda, talab
va taklif qonunining harakati bilan tartibga solinadi. Muayyan tovarga
talab taklifga nisbatan yuqori bo‘lsa, yuqori narxda sotiladi, xaridorlar
daromadlarining katta bir qismi ishlab chiqaruvchi foydasiga qayta
taqsimlangan bo‘ladi. Agar taklif ko‘p bo‘lsa, narx past bo‘ladi, bu
holatda ishlab chiqaruvchining rejalashtirgan daromadining bir qismi
xaridorga qoladi va u qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi.
Misol uchun, o‘tgan oyda bir kilogramm go‘shtning narxi
bozorda 20000 so‘m bo‘lsa, keyingi oyda uning narxi 15000 so‘mga
tushdi, bunda xaridor o‘z daromadidan 5000 so‘m iqtisod qilib
qoldi. Bu holat jamiyatda daromadlarning taqsimlanishi sodir
bo‘lganligini, ya’ni narxni taqsimlash funksiyasining namoyon
bo‘lishini bildiradi.
Narxning raqobat funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat, asosan, narx orqali olib
boriladi. Raqobatchilar narxlarni o‘zgartirib turish orqali raqiblarini
bozordan siqib chiqarish uchun harakat qiladilar. Odatda, narx


174
eng oxirgi darajasiga qadar, hatto vaqtincha zarar keltiruvchi, ya’ni
xarajatdan past darajadagi narxlar belgilanishi ham mumkin. Narx
orqali raqobat ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasida
ham olib boriladi.
Ishlab chiqaruvchilar resurslarni arzon narxlarda olish uchun
kurash olib boradilar va o‘z tovarlarini shunga mutanosib ravishda
arzonroq sotish yo‘li bilan o‘z raqiblarini bozordan siqib chiqarishga
harakat qiladilar. Iste’molchilar arzon narxlarda tovarlarni sotib
olishga harakat qilishadi. Xullas, bozor sharoitida narxning raqobat
funksiyasi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida o‘zini
namoyon qiladi.










Narxning funksiyalari
Bunda narx bozordagi talab va taklifning
hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali
ularni muvozanat holatiga keltiradi
Bozor
muvozanatini
ta’minlash
Hisob-kitob
olchov
Qilingan xarajatlar, ko‘rilgan foyda-
zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi
ma’lum narxlar asosida hisob-kitob qi-
linadi
Narxdagi o‘zgarish bozor holatini bil-
diradi, bu esa talab va taklif nisbatiga
bog‘liq
Iqtisodiy
regulatorlik
Raqobat
vositasi
Ijtimoiy
himoya
Raqobat turlaridan eng muhimi narx
vositasida kurashdir. Firmalar o‘z raqib-
larini yengish, ularni bozordan siqib chi-
qarish uchun narxni o‘zgartirib turadilar
Narx aholining ayrim toifasini qim-
matchilikdan saqlashga yordam beradi


175
Narxning ijtimoiy himoya vazifasi
Narxning funksiyalari bilan bir qatorda ijtimoiy himoyalash
vazifasi ham mavjud bo‘lib, uning bajarilishini davlat amalga
oshiradi. Bozorda narxlarning talab va taklif ta’siri ostida o‘zgarib
turishi aholining turli oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa iste’mol
ne’matlari uchun xarajatlari hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Narxlar
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda aholining iste’mol budjeti, yashash
minimumi, turmush darajasi ham o‘zgarib turadi.
Shu munosabat bilan davlat tomonidan bozordagi narxlarga
bevosita va bilvosita ravishda ta’sir ko‘rsatish orqali aholining tur-
mush darajasini o‘stirib borish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Masalan, O‘zbekistonda aholining nochor va kambag‘al qatlam-
lariga arzonlashtirilgan narxda tovarlar sotilishi tashkil qilinadi
va u ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar deyiladi. Bu dotatsiyalar
davlat budjeti yoki turli xayriya mablag‘lari orqali moliyalashtiriladi.
Davlat tomonidan narx orqali bunday ijtimoiy himoya tadbirlari-
ning amalga oshirilishi iqtisodiy adabiyotlarda narxning ijtimoiy
himoyalash vazifasi deb qaraladi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoi-
tida bunday ijtimoiy himoyalash vaqtinchalik xarakterga ega
bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng bozorda erkin narxlar to‘la amal
qiladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish