O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


170
9-bob. 
NARX VA UNING SHAKLLANISH MEXANIZMI
9.1. Narxning iqtisodiy mazmuni
«Narx nima?», «Uning iqtisodiy mazmuni nimani anglatadi?»
kabi savollar nafaqat iqtisodchi olimlarni, balki har qanday tovar
va xizmatlarni sotuvchi hamda shu tovar va xizmatlarni sotib
oluvchilarni qiziqtiradi. Iqtisodchi olimlar narx tushunchasiga va
uning iqtisodiy mazmunini ochib berishga ikki xil yondashadilar:
ularning bir guruhi klassiklar va ikkinchi guruhi neoklassiklar
deb ataladi.
Klassiklar narx tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini ishlab
chiqarish nuqtayi nazaridan yondashib tushuntirishga harakat qiladilar.
Ularning fikricha, narx ishlab chiqarish omillari, eng avvalo, mehnat
omili bilan bog‘liqdir, «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir»
deyishadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ular narx asosini qiymat tashkil
qiladi deb qaraydilar. Har qanday qiymat mehnat orqali yaratiladi,
deb o‘z fikrlarini asoslashadi. Shuning uchun ularga «mehnat va
qiymat nazariyasi» asoschilari deb qaraydilar. Bunday qarashga
A. Smit va D. Rikardo tomonidan asos solinib, keyinchalik Jon
Styuart Mill tomonidan rivojlantirilgan. Ular tovarning qiymati unga
sarflangan mehnat sarflari bilan o‘lchanadi deyishgan.
Bir jihatdan yuzaki qaralganda, bu to‘g‘ridek ko‘rinadi. Chunki
amalda tovar ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi. Lekin
uni aniq o‘lchab bo‘lmasligi tufayli amalda qiymat bilan narx
o‘rtasidagi bog‘lanish xarajatlar orqali namoyon bo‘ladi. Narx
miqdori tovar birligini ishlab chiqarish uchun barcha qilingan
xarajatlar bilan o‘lchanadi. Shu bilan bir qatorda xarajatlarga
ma’lum miqdorda olinadigan foyda ham qo‘shiladi, natijada
mahsulotning narxi kelib chiqadi. Lekin narxning bunday ta’rifla-
nishi ham uning iqtisodiy mazmunini to‘liq ochib bera olmaydi,
chunki bu holatda tovar va xizmatlarning narxi faqat mehnat mah-
suli bo‘lgan tovarlarga taalluqli bo‘lib, cheklanib qoladi. Vaholanki,
mehnatdan boshqa ma’lum omillar ham o‘z narxlariga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, narxni bunday ta’riflaydigan bo‘lsak, xarajatlar
ko‘paygan sari, narx ham uzluksiz ravishda oshib boradi qoidasini
mutlaq o‘rinli deb tan olishga to‘g‘ri keladi.


171
Neoklassik guruh vakillari (bu guruhning eng atoqli namoyandasi
Alfred Marshall) nuqtayi nazariga ko‘ra, «Narx tovarlar va xizmat-
larning nafliligini baholash vositasi bo‘lib, unga to‘lanadigan pul miq-
dorini ifodalaydi». A. Marshall qiymatni butunlay inkor qilib, faqat
almashuv qiymat bor va narxning asosini tashkil qiladi, deb ko‘rsatadi.
Uning fikriga ko‘ra, narx shakllanishining asosida, eng avvalo,
me’yoriy naflilik, so‘ngra ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va
taklif turadi.
Oldingi boblardan sizga ma’lumki, bozorda talab va taklifning
qisqa muddatli, uzoq muddatli muvozanat hollari bo‘lib turadi.
Shundan kelib chiqqan holda A. Marshall bozorda qisqa muddatli
muvozanat davrida narxga naflilik ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, agar
muvozanat uzoq muddatli bo‘lsa, narxlarning shakllanishiga ishlab
chiqarish xarajatlari ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrni asoslaydi.
Yuqoridagi nazariy asoslardan kelib chiqqan holda xulosa qilib
aytish mumkinki, hozirgi zamon iqtisodchilari ko‘proq neoklassik
nazariya tarafdorlarining fikriga qo‘shiladilar. Ular narx tushuncha-
sining iqtisodiy mazmunini ochib berishga bozor mexanizmi
nuqtayi nazaridan yondashadilar va narx bozor hamda undagi
mavjud holat ta’siri ostida kelib chiqadi deyishadi.
Iqtisodiyot nazariyasi narxni iqtisodiy toifa sifatida o‘rganadi.
Chunki bozor munosabatlari tovar va xizmatlar taklif qiluvchilari
bilan uning xaridorlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat
bo‘lganligi uchun narx bu munosabatlarning eng muhim asosini
tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxga muayyan
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlik darajasining
muhim ko‘rsatkichi sifatida ham qaraladi. Narxning iqtisodiy
mazmunini aniq tushunib olish uchun uning funksiyalari va
vazifalarini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.
Qiymat
Talab va taklif
Raqobat
Naflik
Narx





Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish