O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Erkin, monopol raqobatli, oligopolistik



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2.6. Erkin, monopol raqobatli, oligopolistik
va sof monopoliya bozorlari
Bozor tizimiga va bozor munosabatlarining to‘laqonli xarak-
terda namoyon bo‘lishiga quyidagi mezonlar orqali baho beriladi:
bozor subyektlarining huquqiy holati, bozor obyektlarining ko‘lami,
bozor munosabatlarining miqyosi, bozor aloqalarining qonuniyligi,
bozor raqobatining mavjudligi kabilar.


39
Bozor iqtisodiyoti tizimi individlarining erkin hamkorligiga,
mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning va iste’molchilarning
to‘g‘ridan to‘g‘ri erkin kelishuvi asosida tovarlarning oldi-sotdisiga
asoslangan tizimdir.
Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko‘ra, bozorni ikki turga ajratish
mumkin:

erkin, mukammal raqobatli bozor;

nomukammal raqobatli, monopollashgan bozor.
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib,
ulardan hech biri hukmron mavqega ega bo‘lmaydi va doimo
raqobatda bo‘lishadi. Bozor ishtirokchilarining aloqasi erkin oldi-
sotdi munosabatiga asoslanadi. Bu bozorda raqobat hukmron
bo‘ladi, narxlar erkin savdolashuv asosida tashkil topadi. Xaridor
va sotuvchi munosabati biron erkin iqtisodiy tanlov asosida vujudga
keladi, ularning manfaatlari bir-biriga mos tushadi. Misol qilib
mamlakatimizda tashkil qilingan bozorlarni ko‘rsatish mumkin.
Bu bozorlarda har qanday xaridor yoki sotuvchi kim nimani
sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda olishni o‘zaro savdo
qilish orqali ma’qul bahoga kelishilgan holda amalga oshiradi.
Monopol bozor deb ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron
bo‘lgan, tovar va xizmatlar bahosi sotuvchilar tomonidan o‘rna-
tilgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman bo‘lmaydigan
bozorga aytiladi.
Monopollashgan bozor, o‘z navbatida, to‘rt xil bo‘ladi:

Monopol raqobatli bozor — ko‘p sonli monopollashgan kor-
xonalar bozorni o‘z qo‘lida tutib o‘zaro raqobatlashsa-da, bu yerda
raqobat cheklangan bo‘ladi, ya’ni ozchilik raqobati shaklida bo‘ladi.

Sof monopoliya bozori — bu yerda sotuvchi monopoliyasi
bo‘ladi, ya’ni xaridorlar ko‘p bo‘lgan holda sotuvchi bitta bo‘ladi.
Bunday bozorga tovarni bir tarmoqda hukmron bo‘lgan ayrim
firma yoki korxonalar yetkazib beradi. Masalan, O‘zbekistonda
yengil mashinalarni faqat bitta qo‘shma korxona bozorga chiqaradi.
Ichki bozorda ularning raqobatchilari yo‘q.

Oligopoliya bozori — bu yerda bir emas, bir nechta, ammo
ozchilikdan iborat sotuvchilar hukmron monopoliyasi bo‘ladi. Bu
yerda ozchilik firmalar hukmron bo‘lgan bozor, raqobat faqat
sotuvchilar orasida emas, balki xaridorlar o‘rtasida ham bo‘ladi.
Bunga misol tariqasida O‘zbekistondagi sement bozorini olish
mumkin. Bozorga 5 korxona mahsulot chiqaradi. Sement xarid
qilish uchun raqobat esa xaridorlar o‘rtasida boradi.


40

Monopsoniya bozori — bu yerda sotuvchilar ko‘p bo‘lgan
holda xaridor yagona bo‘ladi, ya’ni xaridor monopoliyasi bo‘ladi.
Bu bozor, odatda, resurslar bozorida mavjud bo‘ladi. Bunga misol
tariqasida qishloq xo‘jaligida fermerlar tomonidan yetishtirilgan
paxta va g‘alla mahsulotlari davlat tomonidan xarid qilib olinishini
keltirish mumkin.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish