O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Bevosita va bilvosita bozor aloqalari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2.3. Bevosita va bilvosita bozor aloqalari.
Bozor obyektlari va subyektlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’mol-
chilar o‘rtasidagi aloqalar bevosita erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslangan holda amalga oshadi. Chunki bu aloqalarning negizida
tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy mono-
polizm bo‘lmaydi. Oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar
bajariladi. Har bir shaxs yoki tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan tovar
yoki xizmat turini sotadi va o‘ziga kerakli bo‘lgan tovarlarini sotib
oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor subyektlari bir-birlarini
ko‘rmasliklari ham mumkin. Ular vositachilar orqali savdoni
amalga oshirishi ham mumkin, bu holatda bilvosita bozor aloqalari
sodir bo‘ladi.
Bozor obyektlari juda keng qamrovli bo‘lib, bozor subyektlari
o‘rtasidagi munosabatlar nimaga qaratilgan bo‘lsa, ana shular bozor
obyekti hisoblanadi. Masalan, iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish
vositalari, ishchi kuchi, axborot, moliya, valuta va resurslar, xiz-
matlar bozori kabilar bozor obyektlarini tashkil etadi.
Bozor subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlari erkin, mustaqil
ravishda yuz beradi. Bu aloqalar tovar-pul mexanizmi orqali bir-
biriga bog‘lanib, butun tizimni, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida asosan quyidagi uch
subyekt ishtirok etadi:
1. Uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda qatnashuvchi subyekt sifatida,
asosan, yaratilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni iste’mol


35
qiluvchilar hamda ishchi kuchlarini yetishtirib beruvchilar bo‘lib
ko‘rinadilar. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari
doirasida moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish sohalarida ham keng faoliyat olib boradilar.
Ma’lumki, bozor sharoitida uy xo‘jaliklari o‘z ixtiyorida bo‘lgan
mulklari asosida turli tashkiliy-huquqiy shakllarda oilaviy tad-
birkorlik tashkil qilishib, bozorga turli xil tovarlar hamda xizmatlar
taklif etishmoqda. Bu holat uy xo‘jaliklari bozorning eng faol va
asosiy subyekti ekanligini ko‘rsatadi.
2. Òovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar, ya’ni
turli korxonalar, firmalar va boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi
subyektlardir. Ular, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilardir.
Ular iqtisodiyotning asosiy, birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadilar.
Ular o‘z kapitallari yoki qarz olingan kapital asosida ish yuritadilar
va undan olingan daromad evaziga faoliyatlarini kengaytirish orqali
iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadilar.
3. Davlat bozor munosabatlari subyekti sifatida foyda olishni
maqsad qilib qo‘ymagan, lekin iqtisodiyotni tartibga solish
vazifasini amalga oshiradigan ishtirokchi hisoblanadi. Shu bilan
bir qatorda davlat bozorda davlat mulki asosida faoliyat yurituvchi
korxona tovarlari va boshqa har xil budjet tashkilotlari hamda
muassasalari bilan ishtirok etadi. Bozor ishtirokchilari o‘rtasida
iqtisodiy munosabatlar quyidagi shaklda sodir bo‘ladi.
Resurslar bozori
Davlat
Iste’mol tovarlari
va xizmatlar hamda
ishlab chiqarish
vositalari bozori
Uy xo‘jaliklari va
oilaviy biznes
Tovar ishlab chiqa-
ruvchilar
va xizmat
ko‘rsatuvchilar

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish