O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Iste’mol tovarlari va resurslar bozorida subyektlar o‘rtasidagi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Iste’mol tovarlari va resurslar bozorida subyektlar o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar sodir bo‘lish shakli


36
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, bozorning asosiy ishtirokchilari
bo‘lgan tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar,
uy xo‘jaligi va davlat, iste’mol tovarlari va xizmatlar, ishlab chiqa-
rish vositalari hamda resurslar bozoriga o‘z tovarlari va xizmatlarini
sotishga olib chiqadilar, shuningdek, ular shu bozorlardan o‘zlari
uchun tovarlar, xizmatlar ham sotib oladilar. Bu jarayonda alohida
ko‘rsatib o‘tish kerakki, oila asosiy iste’molchi bo‘lishi bilan birga
resurs bozoriga ishchi kuchlarini, ya’ni mehnat resurslarini yetkazib
beradi. Davlat ham alohida o‘rin egallaydi, chunki tabiiy resurslar
asosan uning qo‘lida, shuning uchun davlat ko‘proq resurs bozorida
qatnashadi. Davlat bozor sirkulatsiyasida (aylanmasida) faol
ishtirok etuvchi subyekt hamda bu munosabatlarning tashkiliy
shart-sharoitlarini yaratuvchisidir.
2.4. Òartibsiz va tartiblangan bozor belgilari
Bozor iqtisodiyoti jamiyatda tovar-pul munosabatlarining uzoq
yillar davomida rivojlanishi natijasida vujudga kelgan va nihoyat hozirgi
holatdagi bozor iqtisodiyoti shakllangan. Hozirgi iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlar ana shu uzoq davrlarni, rivojlanish bosqich-
larini bosib o‘tgan. Shuning uchun ham iqtisodiy adabiyotlarda
bozor iqtisodiyoti tarixan ikki bosqichni bosib o‘tganligini ta’kidlashadi
va uning birinchi bosqichini — asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti
deb atashadi. Uning ba’zi bir belgilari hozir ham uchrab turishini
ko‘rsatishadi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

xususiy mulkning faqat alohida ozchilik shaxslar qo‘lida
bo‘lishi;

iqtisodiyotning tartibsiz rivojlanishi, mulk egalarining taqsimot
munosabatlarida mutlaq hukmronligi;

bozorda tovar ishlab chiqaruvchilar ko‘proq tavakkal qilib
qatnashuvi, ya’ni bozor talabini aniqlashning qiyinligi;

bozorda raqobatning g‘ayriqonuniy usullari hukmronligining
mavjud bo‘lishi;

xo‘jalik subyektlarining sherikchilik aloqalari rivojlanma-
ganligi;

iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli pastligi yoki umu-
man aralashmasligi;

iqtisodiy tangliklar va bo‘hronlarning tez-tez takrorlanib turishi;

jamiyatning o‘ta boy va o‘ta kambag‘allarga ajralib, tabaqa-
lanib ketishi natijada sinfiy kurashning kelib chiqishi.


37
Yuqorida keltirilgan belgilarga asoslanib, bu iqtisodiyotni
ko‘pchilik olimlar tartibsiz yoki yovvoyi bozor deb ham ataydilar.
Lekin bu yovvoyi deb atalmish bozor iqtisodiyoti jamiyat taraq-
qiyoti jarayoni davomida u bilan birgalikda tartibga solinadigan
yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib bordi.
Òartibga solinadigan madaniylashgan bozor iqtisodiyotining
ham o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:

xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham
mavjud bo‘ladi;

iqtisodiyot, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchilar tomonidan
ma’lum rejalar asosida olib boriladi va bozor tartib-qoidalari asosida
tashkil etiladi;

bozordagi talabga ishlab chiqaruvchilar moslashadi, bozordagi
noma’lumlik kamayadi;

bozorda raqobat kurashi qoidalariga rioya qilinishi ta’minlanadi;

bozor subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sherikchilik alo-
qalari mavjud bo‘ladi;

iqtisodiyot davlat tomonidan ma’lum chora-tadbirlar, ayniqsa,
moliyaviy mexanizmlar orqali tartibga solinadi;

iqtisodiyotning tartiblanishi, o‘z navbatida, iqtisodiy inqiroz-
lar yuz berishining oldini oladi, inqirozlar yuz bergan hollarda
esa uni tezroq bartaraf etish mumkin bo‘ladi;

iqtisodiy rivojlanish jamiyat a’zolarining turmush farovonligi
oshib borishini ta’minlaydi;

iqtisodiyotning ijtimoiyligi ko‘proq namoyon bo‘ladi, omma-
viy farovonlik ta’minlanadi;

jamiyat a’zolari o‘rtasidagi iqtisodiy tabaqalanish chegarala-
nadi, iqtisodiy jihatdan o‘rtahol aholi ko‘payib, asosiy sotsial
qatlamga aylanadi. Natijada jamiyatda sotsial muvozanat barqaror-
lashadi, sotsial ziddiyatlar kelib chiqmaydi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish