O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Mahalliy bozor — bu kichik hududdagi bozor bo‘lib, uning
ishtirokchilari shu yerlik sotuvchilar va xaridorlar bo‘ladi.
Hududiy bozor — bu bir necha chegaradosh hududlar
doirasidagi bozor bo‘lib, mahalliy bozorlar majmuyidan iborat.
Uning subyekti — ishtirokchilari hududdagi tovar ishlab chiqaruv-
chilar va iste’molchilar hisoblanadi. Uning obyekti turli hududlarda
yaratilgan mahsulot va xizmatlar hamda tashqaridan keltirilgan
tovarlar hisoblanadi. Hududiy bozor ko‘lami mahalliy bozor
ko‘lamidan katta bo‘ladi, uning ishtirokchilari ham ko‘p. Hududiy
bozorga misol qilib O‘zbekistondagi Sharqiy hudud (Farg‘ona
vodiysi) bozorini ko‘rsatish mumkin.
Milliy bozor — bu muayyan mamlakatning milliy chegarasi
doirasidagi, ya’ni mamlakatning ichki bozoridir. Bu bozor milliy
iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Uning ishtirokchilari
muayyan mamlakatdagi barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’mol-
chilar va ular o‘rtasida turgan vositachilardan iborat. Milliy bozordagi
tovarlarning asosiy qismi mamlakatning o‘zida ishlab chiqariladi,
qisman chet eldan keltiriladi, ammo iqtisodi qoloq va qaram
mamlakatlarda ular yaratgan mahsulotlar, asosan, xomashyo bo‘lib,
u mamlakat ichki tovar aylanmasida ishtirok etmaydi, balki chetga
chiqariladi. Ular ichki bozorida chetdan keltirilgan tovarlar ustuvor
bo‘ladi. Bunday milliy bozorda qaramlik alomati bo‘ladi.
Milliy bozor mamlakatdagi barcha bozorlarni birlashtiradi, bu
yerda milliy pul xarid uchun yagona to‘lov vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Milliy bozor davlat himoyasida bo‘ladi. U ochiq bozor,
unga kirib kelish, undan chiqib ketish erkindir.
Davlatlararo bozor — bu ikki va undan ko‘p mamlakatlarning
o‘zaro bozori bo‘lib, bunda turli mamlakatlar firmalari va davlat
idoralari qatnashadi. Bu bozorda tovarni bevosita iste’mol qiluv-
chilar — xonadonlar qatnashmaydi. Bu bozor chegaradosh davlatlar
bozori bo‘lib, bu yerda shu mamlakatlarda yaratilgan tovarlar,
chetdan keltirilgan tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Aytilgan mamlakat-
larda chegara oldi savdo-sotig‘i keng tarqalgan bo‘ladi.


44
Jahon bozori — bu dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-sotiq
munosabatidir. Bu bozorda taraqqiyot darajasi, binobarin, tovar
ishlab chiqarish salohiyati har xil bo‘lgan mamlakatlar qatnashadi.
Ulardan biri tayyor mahsulotlar yetkazib bersa, boshqasi xomashyo
va yoqilg‘i kabi resurslarni bozorga chiqaradi. Jahon bozori o‘zining
uch belgisi bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu bozorda barcha
tovarlar emas, balki saylangan, ya’ni ko‘pchilik uchun zarur
tovarlar (masalan, neft, gaz, ko‘mir, yog‘och, metall, paxta, don,
jun va boshq.) oldi-sotdisi yuz beradi. Ikkinchidan, bu bozorda
iste’molchilarning o‘zi, ya’ni aholi xaridor sifatida qatnashmaydi.
Bu vazifani savdo firmalari bajaradi. Uchinchidan, bu bozorda
tovarlar ulgurjiga sotiladi. Jahon bozori xalqaro birjalar va savdo-
sotiq tashkilotlari faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra bozor, rasmiy ochiq bozor va
yashirin norasmiy bozorlar ham mavjud. Davlat tomonidan ruxsat
berilgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan
bozorlar rasmiy bozorlar deb qaraladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
yashayotgan juda ko‘p mamlakatlarda yashirin, ya’ni davlat tomo-
nidan ruxsat berilmagan holda noqonuniy oldi-sotdi ishlari bilan
shug‘ullanuvchi subyektlar ham mavjud. Ular ko‘proq soliqlardan
qochish, yashirin daromadlarga ega bo‘lish maqsadida bu faoliyat
bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ular yashirin bozor ishtirok-
chilari deyiladi va davlat tomonidan bu holatga qarshi kurash olib
boriladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish