O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Download 0,7 Mb.
bet74/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Mavzu bо‘yicha savollar:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi nechanchi yilda О‘zbekiston tarkibiga о‘tgan?

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshqaruv ishi qanday amalga oshiriladi?

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy hududi tо‘g‘risida ma’lumot bering?

  4. Orol muammosini bartaraf etish yuzasidan mintaqada olib borilayotgan islohotlar haqida mua’lumot bering?

  5. Mintaqa iqtisodiyotida ustuvor sohalarni sanab bering?

  6. Harakatlar strategiyasi doirasida mintaqada amalga oshirilgan asosiy islohotlar haqida ma’lumot bering?



Adabiyotlar

  1. Mirziyoyev SH.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-tom. -T.: “О‘zbekiston”, 2020 y.

  2. Usmonov Q. О‘zbekiston tarixi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun. “О‘qituvchi”, -T.: 2008 y.

  3. О‘zbekiston Respublikasi. Ensiklopedik ma’lumotnoma. “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti, -T.: 2007 y.

  4. О‘zbekistonning eng yangi tarixi. Uchinchi kitob. “О‘zbekiston”, -T.: 2013 y.

12-Mavzu: О‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI
Reja:
1. Mustaqil О‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qо‘shilishi.
2. О‘zbekistonning MDHdagi о‘rni va mavqeining oshib borishi.
3. О‘zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari.
4. О‘zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.



  1. Mustaqil О‘zbekistonning tinchlik­sevar tashqi siyosati va jahon hamjami­yatiga qо‘shilishi.

XX asrning 90-yillariga qadar dunyo ikki qutbli bо‘lib, bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan kuchlar nisbati ikki joyda - SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qо‘lida edi. Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki tomonning о‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning tarkibida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil О‘zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati shu tariqa barham topdi.
XXI asr bо‘sag‘asida xalqaro vaziyatning о‘zgarishi jahon taraqqiyotining holatini ham tubdan о‘zgartirib yubordi. Endi du­nyo kо‘p qutbli bо‘lib qoldi. Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga kо‘tarildi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat о‘z taraqqiyot kо‘lami bilan jahon hamjami­yatidan munosib о‘rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori О‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib о‘rin olishga kirishdi. Shu bois О‘zbekiston xalqa­ro maydondagi tashqi siyosatida respublikaning milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yо‘nalishlarini aniq belgilab olishga kirishdi.
Hozirda О‘zbekiston Respublikasi о‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, о‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosa olib bormoqda. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy yо‘li dunyoda va mintaqada shiddat bilan о‘zgarayotgan vazi­yat hamda mamlakatning ichidagi keng kо‘lamli о‘zgarishlarga asoslanib shakllanmoqda.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov о‘zining «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li» hamda boshqa bir qator asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuri­tish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab bergan. О‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, mazmuni, maqsad va vazifalari О‘zbekiston Respub­likasi Konstitusiyasining IV bob, 17-moddasida о‘zining qonuniy aksini topdi. Konstitusiyaning boshqa bо‘limlarida esa hukumat idoralari va davlat boshlig‘ining (93-moddasida) tashqi siyosiy vakolati belgilandi.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yо‘liga asoslangan О‘zbekiston tashqi siyosati 2012 yil 10-sentabr kuni qabul qilingan «О‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘-risida»gi О‘RQ-330-sonli О‘zbekiston Res­publikasi Qonuniga muvofiq quyidagi asosiy prinsiplarni о‘zida aks ettiradi:
-milliy manfaatlarni qat’iy himoya qilish va ilgari surishga yо‘naltirilgan izchil va faol tashqi siyosat strategiyasini olib borish;
-Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;
-О‘zbekistonning dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan strategik sherikchilik munosabatlarining muvozanatli va kо‘p qirrali tizimini shakllantirish;
-mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlash;
-О‘zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish, mamlakatni dunyo hamjamiyatidagi imijini, obrо‘-e’tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kо‘rish;
-xorijdagi О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish va boshqalar.
О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari esa quyidagilardan iborat:
-mafkuraviy qarashlardan qat’iy-nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
-inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish;
-tajovuskor harbiy bloklar, uyushmalarga kirmaslik;
-mojarolarni tinch yо‘l bilan hal qilish;
-tashqi aloqalarda teng huquqlilik va о‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
-tashqi aloqalarni ikki tomonlama va kо‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.
Mustaqil О‘zbekistonning xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqli asosda munosabat о‘rnatishi davlatimiz diplomatik faoliyatini turli yо‘nalishlarda olib borishini ta’minladi. Bu birinchidan, siyosiy munosabat va iqtisodiy aloqalar; ikkinchidan, ilmiy-texnikaviy aloqalar; uchinchidan, madaniy aloqalar, turizm, sport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalardir.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bо‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. Natijada, О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini tan olgan davlatlarning soni 165 taga yetdi.

Amaldagi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi – bu davlatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yо‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, о‘rta va uzoq istiqbolda О‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.

AAmaldagi


1991 yil 26-sentabrda birinchi diplomatik aloqalar yо‘lga qо‘yildi. Mazkur sanada mustaqil О‘zbekiston bilan Avstraliya о‘rtasida diplomatik aloqalar о‘rnatildi. 1992 yildan boshlab О‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiya sohasidagi faoliyati yanada kengayib, birin-ketin Xitoy, Yaponiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Turkiya, Germaniya singari jahonning rivojlangan yetakchi davlatlari bilan diplomatik, iqtisodiy va ma­daniy aloqalari yо‘lga qо‘yildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, О‘zbekiston Respublikasida tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini ta’minlab beruvchi vazirliklar va muassasalar shakllantirildi. О‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari va faoliyatining yо‘nalishlari tubdan о‘zgartirildi. 1991 yil 7-sentabrda qabul qilingan О‘zbekiston Res­publikasi Prezidentining Farmoniga binoan О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
О‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yо‘lga qо‘yish maqsadida 1990 yil 12-iyulda tashkil etilgan О‘zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qо‘mitasi 1992 yil 12-fevralda Tashqi iqti­sodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992 yil 21-fevralda esa О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublika­si Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish tо‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilindi. 2002 yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqti­sodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish tо‘g‘risida” gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan bu vazirlik О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilin­di. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21-iyuldagi «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomil­lashtirish tо‘g‘risida»gi Farmoniga kо‘ra, 2005 yil 26-iyulda О‘zbekiston Respub­likasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi О‘z­bekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
О‘zbekistonda tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi ham shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqti­sodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berildi. Shu maqsadda, 1992 yil 23-sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga kо‘ra, Toshkentda Jahon iqtisodi-yoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yildi.
О‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning xal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lishi muhimdir. Mamlakatimiz mana shu muhim sohani о‘zlashtira borib, о‘z mustaqilligini uning eng jiddiy yо‘nalishi bо‘lgan iqtisodiyotda mustahkamlamoqda.
Shuni e’tirof etish lozimki, О‘zbekistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalarda, shuningdek, о‘zbek diplomatiyasining yangi bosqichga kо‘tarilishi va erishilayotgan muvafaqqiyatlarni qо‘lga kiritilishida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida yur-timizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar, inson huquqlari va erkinliklarini tiklash borasidagi demokratik о‘zgarishlar yurtimizning xalqaro miqyosda nufuzini yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, “Biz yaqin qо‘shni davlatlar bilan raqobatchi emas, hamkormiz” degan g‘oyalari, О‘zbekistonda borayotgan ichki va tashqi siyosatimizning asosini tashkil qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida о‘z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab, uning rahbarligida ijtimoiy siyosiy hayotimizning barcha jabhalarida bо‘lgani kabi tashqi siyosat va diplomatiya sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, bu sohalarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator amaliy ishlar qilindi. Jumladan, О‘zbekiston Respub­likasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor о‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi va О‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy is­lohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq 2018 yil 5-aprelda “О‘zbekiston Respub­likasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yо‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbir-lari tо‘g‘risida” gi PF-5400-sonli О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Mazkur hujjatga binoan vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik Bosh boshqarma­si tashkil etildi. Vazirlikning Matbuot xizmati Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga aylantirildi. Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquqiy departamenti (boshqarmasi) sifatida qayta tuzildi. Vazirlik tarkibida yangi Chet ellik vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalari boshqarmasi ish boshlashi belgilandi.
2019 yil 28-yanvarda esa «Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PF-5643-sonli О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bо‘yicha davlat qо‘mitasi negizida “О‘zbekiston Respublikasi Inves­titsiyalar va tashqi savdo vazirligi” tashkil etildi. Shu kuni ushbu Farmonning ijrosi yuzasidan, shuningdek, chet el investitsiyalari keng jalb etilishini ta’minlash hamda respublikaning tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish bо‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «О‘zbekiston Respublikasi Inves­titsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida»gi PQ-4135-sonli О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ham qabul qilindi.
Hozirda О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri - bu 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakat-lar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Mazkur maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qо‘yilgan:
-mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-
sharoitlarni shakllantirish;

  • Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;

  • jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, kо‘p qirrali tizimini shakl­lantirish;

  • О‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yо‘nalishlar bо‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;

  • mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida kо‘maklashish;

  • milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol kо‘mak berish;

  • mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam kо‘rsatish;

  • transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga kо‘maklashish;

  • xorijdagi О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;

  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.

Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalari kengayib bormoqda. Xususan, 2018 yil 26-yanvarda Nepal Federativ Demokratik Respublikasi bilan О‘zbekiston о‘rtasida diplomatik aloqalar о‘rnatishi bilan xorijiy davlatlar bilan о‘rnatilgan diplomatik aloqalar rо‘yxati 134 tani tashkil etdi. Davlatimiz mustaqilligini e’tirof etgan, biroq diplomatik aloqalarni о‘rnatmagan davlatlarning rо‘yxati esa 12 tani tashkil etadi. Toshkentda 44 ta mamlakat elchixonasi, 1 ta Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining elchixonasi, 1 ta Afg‘oniston Islom Respublikasining Termiz shahridagi Bosh konsulxonasi, 9 ta faxriy konsullar, 1 ta diplo­matik statusga ega bо‘lgan Rossiya Federatsiyasi savdo vakolatxonasi, 10 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilotlar vakolatxonasi, 11 ta xorijiy davlatlarning hukumat va hukumatlararo tashkilotlarining vakolatxonalari ishlab kelmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda О‘zbekiston Res­publikasining 35 ta elchixonasi, 3 ta xalqaro tashkilotlarda (BMT, Jeneva shahridagi BMT bо‘linmasi, YUNESKO) doimiy vakolatxonasi, 14 Bosh konsulxonasi va 1 ta О‘zbekiston Respublikasining Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi mavjud. О‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bо‘lib, mamlakatimiz turli xil kо‘p tomonlama ham­korlik tuzilmalari bilan о‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish