О‘zbekiston Rempublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan, 2020 yil, 29-dekabr.
Xullas, mustaqillikning dastlabki yillaridan to shu kunga qadar mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yо‘lga qо‘yildi. Butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga kо‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yо‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT О‘zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar tashqi siyosatini keng qо‘llab-quvvatlab kelmoqda.
О‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi.
О‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot - YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29-oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida О‘zbekistonni YUNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bо‘ldi. О‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan о‘tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar rо‘yxatiga kiritildi.
1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. 1995 yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning О‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995 yil iyul oyida mazkur institut ochildi.
YUNESKO Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bо‘lib о‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar rо‘yxatiga kiritildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 8-9-oktabr kunlari Fransiyaga qilgan rasmiy tashrifi О‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz rahbari 8-oktabr kuni Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.
YUNESKO Bosh direktori О‘zbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bо‘yicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasini tuzish bо‘yicha tashabbuslarini qо‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv sо‘ngida Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule О‘zbekiston bilan YUNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |