O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Qoraqalpog‘iston Respublikasida Harakatlar



Download 0,7 Mb.
bet70/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Harakatlar Strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar mazmun-mohiyati.




  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shо‘rolar davrida.

XX asrning boshlarida о‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, qoraqalpoqlar ham о‘z boshlaridan juda katta ijtimoiy-siyosiy larzalarni kechirdilar. Ayniqsa, 1917-yil oktabr tо‘ntarishidan sо‘ng о‘lkada bolshevikcha shо‘ro hokimiyati mustamlakachiligining о‘rnatilishi, 1923- 1924-yillarda о‘rta Osiyoda amalga oshirilgan adolatsiz milliy-davlat chegaralanishi siyosati va undan keyingi yillarda xalqimiz boshi uzra о‘ynatilgan ulug‘ davlatchilik siyosati qoraqalpoq xalqining ham tarixida ayanchli va dahshatli iz qoldirdi.
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, о‘rta Osiyoda о‘tkazilgan milliy davlat chegaralanishi shо‘rolar tomonidan zо‘rlik yo’li bilan о‘tkazilgan va «bо‘lib tashla, hukumronlik qil» degan ulug‘ saltanatchilik maqsadlariga xizmat qiluvchi tadbir edi. Qolaversa, 1924- 1936-yillar о‘rtasida shо‘ro mustamlakachilari Qoraqalpog‘istonni u respublikadan bu respublikaga о‘tkazib, ushbu hududda yashab kelayotgan xalqlar taqdiriga bepisandlik bilan munosabatda bо‘ldilar. 1924-yilda Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bо‘linadigan Tо‘rtkо‘1, Chimboy, Xо‘jayli va Qо‘ng‘irot okruglaridan iborat edi.
1925-yil 12-19-fevralda Tо‘rtkо‘l shahrida Muxtor viloyat Shо‘rolarning 1-Ta’sis qurultoyi bо‘lib о‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatining Qozog‘iston ASSR tarkibiga «о‘z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.
Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e’tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini о‘zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yо‘g‘i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan.
Oradan 8 yil о‘tar-о‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatini yana «О‘z ixtiy-origa kо‘ra» Qozog‘iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor SHо‘ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug‘ildi. Bu qо‘lbola zaruriyat Qoraqalpog‘iston viloyati Ijroiya Qо‘mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bо‘lib о‘tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog‘istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qо‘mitasi Prezidumidan Qorqalpog‘iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Shо‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish sо‘ralsin».
Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati Qoraqalpog‘iston Muxtor Shо‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi.
Ammo oradan yana bor-yо‘g‘i 4 yil о‘tar-о‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor Shо‘ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan О‘zbekiston SHо‘ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bо‘ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR о‘rtasida umumiy chegaralar yo’qligi «asos» bо‘ldi. 1936-yil may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitusiyasi loyihasida QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib, О‘zbekiston SSR tarkibiga kiritish kо‘zda tutilgan edi.
Butunittifoq Shо‘rolarining 1936-yil 5-dekabrda bо‘lib о‘tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitusiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan О‘zbekiston SSR Konstitusiyasida QQASSRning О‘zbekiston Shо‘ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.
Qoraqalpog‘iston xalqlari qariyb 70 yildan beri О‘zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh bо‘lib yashab kelmoqdalar.
Sobiq Ittifoq parchalangandan sо‘ng mustaqil О‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan о‘zbek xalqi о‘rtasida dо‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bо‘yi kengliklarida qadimdan о‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. о‘zlarining taraqqiyot yо‘llarini bosib о‘tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og‘a-inichilik fazilatlarini kо‘rsatdilar, о‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning о‘zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bо‘lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan an’analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
О‘zbekiston tarkibida о‘tgan salkam 70 yillik davr mobaynida qoraqalpoq xalqi о‘z taqdirini о‘zbek xalqi taqdiri bilan bog‘ladi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy va ma’rifiy sohalarda о‘zbek xalqining beg‘araz va og‘alarcha yordamidan bahramand bо‘ldi. Shо‘ro mustamlakachiligi yillarida о‘zbek xalqi boshiga tushgan og‘ir kulfat va musibatlar qoraqalpoq xalqini ham chetlab о‘tmadi.
Biroq, yaqin qо‘shnichilik, qardoshlik va dо‘stlik har ikki xalq uchun qancha-lik qismatli bо‘lmasin, yaqin qо‘shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan о‘tib, og‘ir kunlarda eng ishonchli omil bо‘lib xizmat qildi. Natijada, SHо‘ro hokimiyati yillaridagi og‘ir mustamlakachilik, ma’muriy boshqaruv usuli, shovinistik milliy siyosat о‘zbek va qoraqalpoq xalqlari munosabatlariga rahna sololmadi.
Aksincha, ular bir necha о‘n yilliklar mobaynida tо‘planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda о‘z an’analaridan unumli foydalanish yо‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin kо‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy о‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan dо‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bо‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shо‘rolar davrida amalga oshirilgan adolatsiz milliy siyosiy va ulug‘ davlatchilik shovinizmi, faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti va ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bо‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bо‘lgan о‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar tо‘plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bо‘lgan jiddiy muammolar paydo bо‘ldi.
Mustaqillik sharofati tufayli tо‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yо‘l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak deb bilgan о‘zbek va qoraqalpoq xalqlari о‘z taqdirlarini abadiy birlikda kо‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka о‘zbek xalqi kо‘magida erishdi va о‘zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Ulkan orzu-umidlar bekamu kо‘st amalga oshadigan bо‘ldi.
О‘zbekiston Respublikasi tarkibida Mustaqil Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bо‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qо‘llab-quvvatlandi.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “О‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti tо‘g‘risida”gi Deklaratsiya qabul qilindi.
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida»gi Qonunda о‘zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va О‘zbekiston о‘rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash kо‘rsatib berildi.
О‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi о‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida (70-75-moddalar) о‘z aksini topdi (10-ilova).
Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining о‘z taqdirini о‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bо‘ldi.
Konsitusiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga О‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 82-moddasida mustahkamlab qо‘yilganidek, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi о‘rinbosarlaridan biri - Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qarg‘i Kengesi Raisi hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xо‘jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari о‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 71-moddasida belgilab qо‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi о‘z Konstitusiyasiga ega bо‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga kо‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi о‘zining о‘n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitusiyasini qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitusiyasi О‘zbekiston Res-publikasining Konstitusiyasiga hech qanday mone’lik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida tо‘la amal qilishini ta’minlaydi. О‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish