Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: NAVRO‘Z – QADRIYATLAR BAYRAMI



Download 2,15 Mb.
bet86/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: NAVRO‘Z – QADRIYATLAR BAYRAMI


Ona zamin uzra quyoshning zarrin nurlari o‘lkamizga va qalbimizga iliqlik baxsh etib, yurtimizga Navro‘z tashrif buyurmoqda. Bu bayram barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va mo‘‘tabardir. Navro‘zi olam xalqimizning azaliy va abadiy qadriyatlaridan bo‘lib, bu ayyom o‘zida yangilanish, yasharish, o‘zaro hamjihatlik, mehru oqibat, bag‘rikenglik deb atalmish umuminsoniy g‘oyalarni jamlaydi. Navro‘zning mazmunida bayram, quvonch, shodlik mujassam. Navro‘z urf-odatlari, marosimlarida ruhiy quvvat bor. Kurashlar zavqida xalqning oriyati, g‘ururi, mardligi, tantiligi hukmron. Ko‘pkarilarda xalqimizni yakdillikka da’vat qiluvchi kuchi mavjud. Musobaqa va xalq o‘yinlarida xalqning katta yuragi, nozik madaniyati, botiniy kuchi jamlangan. Musiqachi va hofizlarning ijrolari sayillar ruhiyatiga jon ato qiladi. Sumalak, halim oshi, bahor giyohlaridan tayyorlangan shifobaxsh taomlar – charchoq tanlarga quvvat bag‘ishlaydi. Navro‘z tadbirlari davomida keksalarni ulug‘lash, ustozlarni e’zozlash, ota-onalarimizni qadrlash, do‘stlar, qarindosh urug‘larni yo‘qlash, bemorlarni borib ko‘rish, mehr-oqibati naqadar yuqori darajada shakllanganidan darak beradi. Ayniqsa, bayramdan oldin obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining hashar usulida amalga oshirilishi yurtdoshlarimizning poklik va go‘zallikni sevishi, hamjihatlikni qadrlashi, o‘zidan keyin bog‘ qoldirishga urinishi xalqning yuksak madaniyatini ko‘rsatadi. Bu tarixiy an’analar xalqning qoniga, joniga kirgan. Bunday ajoyib lahzalarda millati, tili, dinidan qat’iy nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson shodu xurramlik bilan bahor sog‘inchi va orzu-niyatlarini, yorug‘ chehrasini namoyon etishga intiladi. Bular sayqallangan muqaddaslikning ifodasidir. Ayni ana shunday chuqur mazmun va ma’noga ega bo‘lgani tufayli, xosiyat va fayz, qut-baraka va muruvvat kabilarni o‘zida mujassam etishi bilan kun va tun teng keladigan sharqona YAngi yilimizni – bu go‘zal bahor ayyomini barchamiz orziqib kutamiz, e’zozlaymiz, xursandchilik bilan umummilliy bayram sifatida o‘tkazamiz.
Navro‘z shunchaki shodiyona bo‘lib qolmay, balki ayni paytda bilim va dunyoqarashni kengaytirish, milliy qadriyat, urf-odatlar, an’analarni bilish va e’zozlashga o‘rgatish, tabiat bilan do‘stlashish, mehr-muruvvatli bo‘lishga odatlanish, axloq qoidalarini chuqur o‘zlashtirish, yuksalish ayyomi, fursati hamdir.
Bayram arafasida xalqimizning eng ezgu ma’naviy merosi – Navro‘z bilan bog‘liq mehnat bayrami – umumxalq hashari o‘tkaziladi. Fidoiy va mehnatkash xalqimizni yanada jipslashtirib, o‘zaro do‘stlik, birodarlik,
millatlararo totuvlik tamoyillariga munosib ravishda mehr-oqibat timsoliga aylangan ushbu umumxalq hasharidan so‘ng nafaqat ko‘ngillar, balki har bir qarich er obod bo‘ladi. Mahalla guzarlari, ko‘cha va bog‘-rog‘lar yashnab ketadi. Navro‘z bayramining eng e’zozli udumlaridan biri bo‘lgan umumxalq xayriya hasharidan tushadigan mablag‘ esa butun mamlakatimizda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironlar uchun moddiy farovonlik yaratish imkonini beradi. Bu - o‘zaro mehr-oqibatning, muruvvatning timsoli. Bu - xalqning eng ezgu orzu- umidlarini o‘zida mujassam etgan betakror mazmunidir. Hashar – millatimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanib, unda bag‘rikenglik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, yiqilganni suyash, bir-biriga madadkor bo‘lishdek xalqimizga xos fazilatlar namoyon bo‘ladi. Mard, tanti, pokiza xalqqa munosib farzand bo‘lish uchun, avvalo, o‘z mehnatidan zavq olishga o‘rganish lozim. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi. Xalqimiz befarqlik, sansalorlik, tanballikdan nafratlanadi. “YAkka otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas”ligining mag‘ziga etishlari shart. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, olinganining o‘rnini to‘ldirib borish hamda tabiat muvozanatini saqlash ekologik xavfsizlikning asosiiy kafolatlaridan biridir. Erimiz – hammaning, butun insoniyatning umumiy uyi, umumiy makonidir. Tabiatni ko‘z qorachig‘idek saqlash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. O‘quvchilar obodonlashtirish nafaqat atrof-muhitni tozalash, oqlab-ko‘klash, gul va ko‘chatlar ekish, mavjudlariga shakl berib, oqlashdan iborat emas, balki hayvonot olamini ham saqlab qolishda mas’uliyatli ekanliklarini tushuntirish biz pedagoglarning vazifamizdir. Navro‘z bilan bog‘liq eng go‘zal mohiyatlardan yana biri – Navro‘z kirishi bilan chigit ekish, dehqonchilik fasli mehnat bayramlariga aylanishidir. Bu marosimlarning barchasi Navro‘zi olamdan boshlanuvchi xalqimizni rizq-ro‘z, qut-baraka tomon eltuvchi yo‘llaridir.
Navro‘z tarixiy afsonayu rivoyatlarga ko‘ra, yangi kun demakdir. Xalqimiz azaldan bu kunni yangi yil sifatida nishonlab kelgan. Qishning qahratonlariyu izg‘irinlar zahridan quyoshning iliq va zarrin nurlariga to‘lgan bahor fasliga chiqqan xalqimiz yangi orzu, yangi niyatlar bilan ish boshlagan. Er ochib, ekin ekkan. Keng dalalarda to‘yu to‘yonalar qilgan. Navro‘z bayramida barcha nizolar barham topib, hattoki arazlashib yurganlar yarashganlar, yoshlar nochorlar, keksalar holidan xabar olganlar.
SHarq xalqlarinig mushtarak ijodi – Navro‘z qadim zamonlardan bizgacha etib kelgan muhtasham qadriyatlarimizdan biri, baynalmilal bayramdir. Qadimgi afsonalarda Navro‘zning paydo bo‘lishi quyoshning chiqishi, olovning
kashf etilishi bilan bog‘liq holda tushuntirilishi bejiz emas. CHunki bu bayram olov va quyosh homiysi, ezgulik ramzi Asha-Vaxishta nomi bilan, qish, sovuq, zulmat bilan bog‘liq yozuvlarning ramziy mag‘lubiyati, bahor va er yuzida hayotning jo‘sh urishi, nurli kunlar g‘alabasi bilan aloqador. U O‘rta Osiyo va Eronda yashagan qadimgi dehqonlarning bahoriy udumlari, ko‘klamni e’zozlash, suv, olov, tuproq, quyoshga sig‘inish bilan bog‘liq marosim va e’tiqodlari asosida bundan uch yarim-to‘rt ming yilcha burun paydo bo‘lgan umumxalq bayramidir. Bu bayram erni sevishga, mehnatni qadrlashga, ko‘klam mo‘‘jizalaridan lazzatlanishga, hayotning boqiyligiga iymon keltirishga o‘rgatadi. Navro‘z eski yil tugab, yangisi boshlanadigan, dehqon umid bilan erga baraka urug‘ini qadaydigan, cho‘pon qo‘y-qo‘zilarini yam-yashil o‘tloqqa yoyadigan saodatli kundir. Bu kunda ezgulik tantana qiladi. Bu kun – hayot abadiyati nuqtasidir. Mustaqillik xalqimizning ana shunday azaliy ayyomiga qayta hayot baxsh etdi. Navro‘z ko‘hna qadriyatlardan biri sifatida qayta tiklandi.
Navro‘z shunchaki namoyish, shunchaki bayram emas, balki insoniy tuyg‘ularni yanada yuksaltiruvchi, ularni birlashtiruvchi hamda xalqimiz qalbi va ongida yagona Vatan tuyg‘usini mustahkamlovchi birdamlik bayramidir. Har qanday g‘araz, ginalar va nizolardan voz kechib, tinch va osoyishta hayotning qadriga etish, ahillik va birdamlik, elatlar orasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik naqadar bebaho boylik ekanini ulug‘lashi, o‘zining da’vatlari bilan Navro‘z bayrami xalqimizning qarashlariga g‘oyat hamohangdir.
Ayni bayram yurtimiz fuqarolarini millati, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, bir ezgu g‘oya ostida birlashtirganligi, bayram munosabati bilan jamiyatimizning turli jabhalarida faol xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarining yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotganligi, inson qadr-qimmatining munosib e’zoz topayotganligini alohida e’tirof etish joiz.
Umuman Navro‘z asrlar mobaynida biz uchun ezgulik timsoli, inson qalbida bunyodkor, yorug‘ orzu-umidlar kurtak ochadigan fasl bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolajak.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish