Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet84/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Rivoyatlardan namunalar


Uzoq safar oldidan Amir Temur bilan Saroymulkxonim baxslashib qolishibdi. Emishki, ayollar nozik bo‘lgani bois, uzoq safarlarda xorib qolarmish. O‘zidan ortiq yukni ko‘tara olmagani holda, qator aravalarni o‘zi bilan olib yuradigan lash-lushi bilan band etar emish. SHuning uchun Sohibqiron malikalarning birortasini ham o‘zi bilan olib ketishni lozim topmabdi. Zukko Saroymulkxonim ayol kishi istasa nafaqat o‘z yukini, balki sigirni ham elkasida ortmoqlab ketishi mumkinligini aytibdi. “Aqlga sig‘maydigan gapni gapirgandan ko‘ra, qo‘lidan kelgan ishni qilgan yaxshi”, – deya Sohibqiron safarga ketibdi. Uzoq safardan qaytib saroyga kelganda elkasiga sigir ortgan Saroymulkxonimning epchillik bilan zinalardan chiqib borayotganini ko‘rib dong qotibdi. Uncha-muncha askarning qurbi etmaydigan og‘irlikni malika ko‘tarayotganiga ishonmabdi. Xay-xaylashib sigirni malikaning elkasidan tushirishibdi. Amirning safar oldidan aytgan gapi yodiga tushib, malikaga tan berganini aytibdi. Faqat bunga qanday erishganini so‘rabdi. SHunda Saroymulkxonim: “Har ishni niyat qilgan harakatda bo‘lmog‘i lozim. Sizning so‘zlaringiz meni mulzam qildi. Sizga o‘z so‘zimni isbotlamoqchi bo‘ldim. Har kuni ma’lum bir vazndagi yukni zina bo‘ylab tepaga olib chiqishni mashq qildim. Kun sayin tepaga olib chiqadigan yukning vaznini bir me’yorda orttirib bordim. Ma’lum muddat o‘tgach, yangi tug‘ilgan buzoqni ko‘tara oladigan bo‘ldim. Mashq qilishni kanda qilmadim. Buzoq tug‘ilganidan beri har kuni bu ishni takrorlab turganim bois, so‘zimni isbotladim. Endi uzoq safarlarga birga olib ketish masalasini o‘zingiz hal qiling”,-debdi. Amir Temur rafiqasining donoligiga tan beribdi va uzoq safarlarda malikaning hamrohlik qilishiga ko‘nibdi.
Amir Temur yurishlarning birida zaxirasida oltin qolmaganligi bois malikaga chopar yuboribdi. Malika esa choparga oltin emas, xat tutqizibdi.
Xatda: “Amirim, magar sipohiylarni ta’minlash uchun oltiningiz qolmagan ekan, siyosatingiz ham tamom bo‘lganmi?”- deyilgan ekan.
Malikaning bu gaplaridan mulzam bo‘lgan sohibqiron o‘ylay-o‘ylay bir yo‘lini topibdi va tushkunlikdan chiqib ketibdi. U askarlarga taom uchun so‘yilgan hayvonlarning suyaklarini yuvib keltirishlarini buyuribdi. Keyin muhr bosib, ularning katta-kichikligiga qarab narxlab, savdoga chiqarishlarini tayinlabdi. O‘sha atrofdagi shahar va qishloq aholisiga suyaklarni pul o‘rnida muomalada qo‘llashga amr etibdi. Natijada, six ham, kabob ham kuymay, xazina oltinlari tejalib, askarlar qiyin ahvoldan olib chiqib ketilibdi.

Emishki, yurtga yog‘iylar bostirib kelibdi. Ammo shahar darvozasi oldida to‘xtab qolishibdi. SHahar oqsoqollarini chaqirtiribdi. Oqsoqollar:



  • Marhamatli shoh. Sizni mard, tanti deb eshitib edik. Ammo bu tashrifingizning ma’nisiga etolmay halakmiz.

  • To‘g‘ri eshitibsiz. G‘ururimiz qal’angizga bostirib kirishga qo‘ymadi. SHu bois ham bunda qo‘nim topdik.

  • Bostirib kirishga tantiligingiz yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, biz tomonlarga kelishingiz boisi ne?

  • Maqsadim ulki, qal’ani keksalar, ayollar va bolalar tark etishsa.

  • Sabab?

  • Biz, begunoh qon to‘kilishini xohlamaymiz. Qo‘liga qurol olishga yaramaydiganlar bilan jang qilishga oriyatimiz yo‘l qo‘ymas.

  • Ular qaerga boradi?

  • Maslahat ulki, uch kunlik emishlari va kerakli narsalarini yuklab, qal’adin uch kunlik masofaga etgunlariga qadar daxl qilmaymiz.

  • Mayli, bu xabarni elimizga etkazaylik,- deb ortga qaytishibdi keksalar. Uch kun davomida ayollar qal’adan qoplar orqalab ketishibdi. Muddat tugagach,

hujum boshlanibdi. Ammo askarlar ortga qaytib boshlabdi.

  • Bir qoshiq qonimizdan keching, amirim! Qal’ada hech kim qolmabdi!

  • Nega???

  • Fikri ojizimcha, ayollar qoplarda orqalaganlari emish emas, balki erkaklar ekan. Endi neni buyurasiz?

  • Ortga qaytamiz.

  • Qal’a-chi?

  • Bo‘sh qal’ani urushsiz egallab olish bizning ishimiz emas.

  • Erkagini asrash uchun tayyor ayol, vatanini asrash uchun yana nimalar o‘ylab topmaydi, deysiz. Ulardan qo‘rqish kerak. Ularning dovyurakligiga tan berdim, ofarin! Biz mag‘lub bo‘ldik.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish