Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: “Ommaviy madaniyat” va uning madaniy jarayonlarga ta’siri



Download 2,15 Mb.
bet85/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: “Ommaviy madaniyat” va uning madaniy jarayonlarga ta’siri


Insoniyat tarixida har doim turli xil ma’naviy, g‘oyaviy kurashlar, ta’sirlar turli maqsadlarni ko‘zlagan holda, turli manfaatlar amalga oshishini ta’min etishda sodir etib kelingan hodisa hisoblanadi. Bugungi globallashuv sharoitida “ommaviy madaniyat” mafkuraviy tazyiqlarning eng kuchli, odamlar tafakkurini o‘z izmiga solishning o‘ta nozik unchalik sezilmaydigan kuchli quroliga aylanib bormoqda. Madaniyat, san’at, fan va ta’lim hozirgi kunda ayrim davlat va tashkilotlar tomonidan mafkuraviy ta’sir o‘tkazish va ma’naviy-madaniy ekspansiyani amalga oshirish vositasiga aylanmoqda.
Sobiq ittifoqning barbod bo‘lishi bilan AQSH dunyodagi eng qudratli davlat sifatida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy sohada globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylana boshladi. Bugungi kunda turli mamlakatlarda namoyish etilayotgan kino, videofilьm va shou-biznes namoyishlarining katta uch qismi Amerika mahsulotiga to‘g‘ri keladi. AQSHning globallashuv jarayonida tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, Valladao bunday deb yozadi: “Amerika jamiyati ko‘p jihatdan globallashib ulgurgani sababli o‘zaro mushtarak va global dunyoning tezroq shakllanishidan mafaatdor ekani shubxasizdir”31. Ammo bu jarayonlar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
G‘arb davlatlari tomonidan ijtimoiy hayotda madaniyat, san’at, ta’lim va fan xizmatlari bozorini monopoliyalashtirishga intilishini globallashuv jarayonlarini keltirib chiqarayotgan jiddiy tahdidlar qatoriga qo‘shish mumkin. Bu masalada, ayniqsa, amerikaliklar faol harakat qilmoqda. Dunyoqarashi, yashash tarzi, qadriyatlari yaqin bo‘lgan Evropa davlatlari ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarini “amerikalashtirish”ga qarshilik ko‘rsatayotgani buni tasdiqlaydi. Qolaversa, bugungi kunda globallashuv jarayoni bilan bog‘liq tobora keng yoyilib borayotgan “ommaviy madaniyat” deb nom olgan madaniyatning yoshlarga ta’siri uning ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlariga ham alohida e’tibor berilmoqda. “Ommaviy madaniyat” deb nom olgan xalqimiz tasavvurlariga, tarixiy-madaniy an’analariga, sharqona odob-axloq normalariga zid qarashlar, pornografik asarlar, siyqa san’at va g‘ayriaxloqiy asarlar bugun milliy madaniyatlarga, milliy o‘zlikni anglashga katta xavf solmoqda.
Mutaxassislar “ommaviy madaniyat”ning kishini ijtimoiy muammolardan, jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan uzoqlashtirish, chalg‘itishga qaratilganligini qayd etishadi... “ommaviy madaniyat”da o‘ta


31 B.Umarov. Globallashuv ziddiyatlari.. –T.:Akademiya, 2006. 12 -bet.
sodda, siyqa qarashlar yangilik, badiiy-estetik kashfiyot sifatida taqdim etiladi32. Haqiqatan ham, hozirgi kunda “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi ko‘rsatuvlar televideniedan keng o‘rin olishga intilmoqda. Televidenie esa hammamizga ma’lumki, bugun nafaqat ommaviy axborotni tarqatish vositasi, balki u insonlarda ijtimoiy ong va estetik didni shakllantiradi. Bundan tashqari, o‘zicha kishilarda duch kelayotgan ijtimoiy muammolarni “echishga” yordam beradi, u kishilarni hayot tashvishlaridan, aniqrog‘i, ijtimoiy muammolardan chalg‘itadi, ularning uyi, xayolini engil-elpi, siyqa, goho seksual syujetlarga qurilgan dasturlari, ko‘rsatuvlari bilan band qilib qo‘yadi. Masalan, kishi qanchalik qashshoq, kambag‘al bo‘lsa, televideniega shunchalik ko‘p bog‘lanadi, hayotiy muammolarini televidenie orqali hal etishga (Eskeypizim-“essare”) moyil bo‘ladi33.
“Ommaviy madaniyat”da g‘ayri hayotiylik, zo‘ravonlik targ‘ib etiladi, qahramonlar g‘ayri hayotiy sharoitga tushib qoladi, bir qahramon yuzlab, hatto minglab qarshi kuchlarni mahv etadi. Insoniy xususiyatlardan mahrum personajlar bir-birining ichak-chavoqlarini titib, yo‘qotgan narsasini izlaydi. Ularga hech qanday to‘siq yo‘q: istasa bir xatlab to‘rt qavat bino ustidan sakrab o‘tishi, istasa butun bir shaharni yakson qilishi mumkin. Bunday “asarlar” kishilarda, ayniqsa, yoshlarda yovuzlik, zo‘ravonlik tuyg‘ularni uyg‘otmay qo‘ymaydi34. “Ommaviy madaniyat” yaratishga, ijod qilishga, kishidagi intellektual salohiyatni rivojlantirishga emas, balki undagi iste’molchilik kayfiyatini kuchaytiradi. Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilik kayfiyatiga berilmaydigan, undan mutlaq ozod kishi yo‘q. “Ommaviy madaniyat” kishida o‘z mahsulotlariga nisbatan ehtiyoj, zaruriyat uyg‘otishni, shu tariqa chiqarayotgan mahsulot va tovarlarni ko‘proq va tezroq sotishni nazarda tutadi.
Endi “Ommaviy madaniyat” masalasiga chuqurroq nazar soladigan bo‘lsak, u hozirgi kunda madaniy globallashuvning, madaniy ekspansiyaning, qolaversa, mafkuraviy tazyiqning eng xavfli quroliga aylanib bormoqda. SHuni e’tiborga olish lozimki, “Ommaviy madaniyat”da milliy qadriyat, milliy xususiyat va milliy tarixga asos yo‘q. U milliy madaniyat, milliy an’ana, milliy xarakter yoki milliy mentalitet hamda milliy manfaat nima ekanligini bilmaydi. “Ommaviy madaniyat”ning mohiyati va uning xavfli jihatlari haqida fikr yuritishdan avval bir tushunchaga muayyan aniqlik kiritish zarurdir. CHunki “Ommaviy madaniyat” turli olim va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin etilmoqda. Bu borada olim U.Saidov o‘zining




32 Qarang.V.Qo‘chqorov. Milliyligimizni anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.. –T.:Akademiya, 2007. 117-bet.
33 V.Qo‘chqorov. Milliyligimizni anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.. –T.:Akademiya, 2007. 117-bet.
34 O‘sha joyda.118-bet.
“Globallashuv va madaniyatlararo muloqot” deb nomlangan asarida ularni umumlashtirgan holda quydagicha ifodalaydi:
-“Ommaviy madaniyat” – xalq madaniyati urf-odatlari, marosimlari, san’ati va sh.k ifodalovchi tushuncha.
-“ Ommaviy madaniyat” OAV ning rivoji bilan bog‘liq hodisa.
-“Ommaviy madaniyat” ishlab chiqarish, “ko‘ngil ochish industriyasi” tomonidan yaratilgan, omma iste’moliga mo‘ljallangan madaniyatning sayqallashtirilgan namunalari ko‘rinishidagi salbiy hodisalardir35. Faqatgina xalq madaniyati urf-odatlari, marosimlari, san’ati va sh.k ifodalovchi tushuncha emas, balki inkor etuvchi tushuncha deyish lozim.
SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi fikrlari e’tiborni tortadi: “Tabiiyki, “Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik ortirish boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzini ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularning qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”36.
Hozirgi sharoitda globallashuv bilan bog‘liq ba’zi jarayonlar, ayniqsa, “Ommaviy madaniyat” salbiy hodisa, milliy qadriyatlar va an’analar bilan bog‘liq madaniyatga qarshi sifatida namoyon bo‘layotgani, aslida esa bunday jarayonlarga “olomon madaniyati” deb atasak to‘g‘ri bo‘ladi. SHu jihatdan olim U.Saidov o‘zining asarida amerikalik olim P.Byukenenning quyidagi fikrlarini keltiradi: “Amerikacha mafkuralashgan davlatda o‘z yangi aqidalarini armiya va politsiya orqali emas, ommaviy madaniyat inkvizitorlari yordamida jahonga singdirilayotgan “yumshoq tiraniya” ga aylangan”. "Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari (OAV), televidenie madaniyatni "olomonlashtirishning asosiy vositasi va manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu, avvalo, odamlarning haqiqatda vaqti bo‘lgan, qayg‘u va xursandchiliklarini ifodalagan, ularni qiziqtirgan har qanday muammoni tovarga, bir qolipga solgan ko‘ngilxushlikka aylantirilishida namoyon bo‘ladi"37.
Hozirgi globallashuv sharoitiga kelib, "Ommaviy madaniyat" orqali milliy qadriyat va an’analar tizimini, ma’lum bir manfaatlar doirasidan kelib chiqib, tubdan o‘zgartirishga harakat qilinmoqda. Bu borada esa g‘arb mamlakatlari tomonidan madaniyat "qoliplari"ni ishlab chiqarilayotganligidan kelib chiqib, aytish mumkinki, bu o‘zgarish, avvalo, g‘arbona individualizm tomon harakat qilinayotganligidan darak bermoqda. Bu




35 U.Saidov.Globallashuv va madaniyatlararo muloqot. –T.:Akademiya, 2008.75-bet. 36 Karimov I.A.YUksak ma’naviyat –engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 117-bet. 37 U.Saidov.Globallashuv va madaniyatlararo muloqot. –T.:Akademiya, 2008.75-bet.
bilan globallashuv sharoitidagi "Ommaviy madaniyat"ning ta’siri natijasida milliy madaniyatlarini o‘ziga xosligining yo‘qolib borishi, kam sonli xalqlarning o‘z tili va urf-odatlarini unutishi, hattoki, uning yo‘qolib ketishi holatlarini keltirib chiqaradi. Jahonda g‘arbona kiyinish keng tarqalayotgan bir paytda o‘ziga modaga aylanib borayotgan libosini kiygan, aslida manqurtlik kasalligi ko‘rinishlaridan biri - "Ommaviy madaniyat" ko‘rinishining umumjahon madaniyatga aylanayotganidan dalolat bermoqda.
Biz "Ommaviy madaniyat"ning qay darajada rivojlanayotganligi uning insonlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ta’siri masalalarini ko‘rib chiqdik, uning ba’zi ko‘rinishlari haqida to‘xtaldik. Endi "Ommaviy madaniyat"ning o‘zi qanday vositalar orqali ta’sir etadi. Bularga quyidagilarni keltirish mumkin, jumladan: kino va videofilьmlar, teatr, adabiyot va san’at (rassomchilik, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa va b.), matbuot va televidenie (ommaviy axborot vositalari), kiyinish madaniyati (modalar ko‘riklari), ovqatlanish madaniyati (ovqatlanish tarzining bir xillashuvi), Internet va hokazolarni keltirish mumkin. O‘z-o‘zidan ayonki, kuchli davlatlar o‘z hayotiy, avvalo, madaniy ramzlarini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga soladi, o‘z "yashash tarzlari" va madaniyatlarini boshqa hududlarga yoyish kabi, boshqacha aytganda, madaniy ramzlar intervensiyasi orqali dunyoni o‘z ta’siri ostiga olishga harakat qiladi. O‘z navbatida, madaniy unifikatsiyalash, madaniy rang-baranglikni inkor etishga bo‘lgan harakatlar madaniy identifikatsiyalash, ya’ni madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qolishga intilishni yuzaga keltirmoqda.
Buning xavfli tomonlarini taniqli ingliz sotsiologi Z.Bauman quyidagicha ifodalaydi: "Individuallashgan jamiyat uch xarakterli xususiyatga xos: inson tomonidan ijtimoiy jarayonlar ustidan nazoratning yo‘qolishi, kishining jamiyatdagi o‘zgarishlar qarshisidagi, ularni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi tufayli, himoyasizligi va o‘zi yashashi kerak bo‘lgan mavhum, noaniq voqelik qarshisidagi himoyasizligi; bularning oqibati o‘laroq insonning uzoq muddatli maqsadlarini, hayotiy strategiyalarini rejalashtirib ro‘yobga chiqara olmagani tufayli, ularni unchalik salmoqqa ega bo‘lmasa-da, darhol qo‘lga kiritiladigan natijalar bilan almashtirishidir. Z.Bauman salbiy jihatlarni o‘zida mujassam etgan individning paydo bo‘lganligini qayd etgan, chunki u ijtimoiy muhitdan, jamoadan ajralib qolgan, o‘zgalar haqida o‘ylash qobiliyatidan, javobgarlik va yakdillik tuyg‘usidan mahrum bo‘lgan hamda faqat qisqa muddatli vazifalarni oldiga qo‘yib, bugungi kun bilan yashaydigan kishiga aylangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, "Ommaviy madaniyat" kishiga insoniylik, shaxs martabasini
beradigan milliy madaniyatidan, ma’naviyatidan, tarixiy xotiradan mahrum etadi38.
Rus olimi V.G.Fedotova, "Ommaviy madaniyat"ni "Ildizsiz individ"39 larni shakllantiradi deb ta’kidlaydi, ommaviy axborot vositalari yordamida esa «ildizsiz», zaminidan mahrum etilgan individlar ommasi paydo bo‘ladi. Bu bilan jamiyatda tartib-qoida va qadriyatlarni yo‘qotish (anomiya) holatiga tushadi. YAna bir rus olimi S.Naumov esa anomiya "individlarni jamiyatdan begonalashuviga olib boradigan tizim, jamiyatning normativ-funksional talablari bilan individlarning real xatti-harakatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning buzilishi",40- deb ta’riflaydi. SHunday qilib, globallashuv jarayoni va uning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan "ommaviy madaniyat" ekspansiyasi ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan qadriyatlar tizimidagi tub o‘zgarishlar "ijtimoiy mavjudot" bo‘lgan insondagi o‘zgarishlarni yagonalik sari yo‘naltirib boradi.
Tarixiy xotiradan, milliy o‘zlik, qadriyatlardan, milliy o‘zligidan mahrum etilgan xalqni, millatni (agarda uni millat deyish mumkin bo‘lsa) istagan ko‘yga solish mumkin bo‘ladi. SHuning uchun ham, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishini qanchalar chuqur o‘ylab qilingan ish ekanligi, Prezident I.Karimovning «inson uchun tarixdan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir",-41 degan so‘zlarining chuqur ma’nosi yanada ravshanroq ayon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, "Ommaviy madaniyat", o‘z navbatida, azaliy qadriyatlar tizimini vayron qilish, shaxsni poymol etish va buning ortidan shakllangan davlat va jamiyatlarni buzish, odamlarni ayirish vazifasini o‘taydi. SHuning uchun ham hozirgi kunda barcha insonlar oldida turgan eng dolzarb vazifa odamlarni mafkuraviy tazyiqlar, axborot xurujlaridan himoyalash, ularning ma’naviy salohiyatini oshirish va ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan iborat. Bugungi globallashuv sharoitida turli shakldagi, xususan, «Ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi mafkuraviy xurujlarga qarshi kurash, buning uchun "xalqni - xalq, millatni - millat" qilishda O‘zbekistoning mustaqiligini asrab-avaylash, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashning muhim vositasi
sifatida ma’naviy tarbiyaga e’tiborni kuchaytirish zarur.42


38 U.Saidov.Globallashuv va madaniyatlararo muloqot. –T.:Akademiya, 2008.75-76betlar.
39 Fedotova M.G. Faktorssennostnix izmeneniy na zapade i v Rossii. // Voprosi filosofii. –2005. –№11. –S.3 40 Naumov S. Obщechelovecheskie problemы globalizatsii. // Globalizatsiya: problemi mejdunarodnogo sotrudnichestva i reщenie obщechelovecheskiya zadach. –Saratov, 2005. –S.9.
41 Karimov I.A. Ma’naviy yuksaliy yo‘lida. –T.:O‘zbekiston, 1998. 432-bet.
42 MATN X.S.JUMANIYOZOV, M.A.SOBIROVA VA U.B.NIGMANOVALARNING “GLOBALLASHUV ASOSLARI” MONOGRAFIYASIDAN OLINDI. – T.: “NAVRO‘Z”, 2015. 64-68 BETLAR.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish