Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet59/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: VAQT QADRI


YOshlik... Bu kishi hayotining eng nodir, eng qimmatli, inson sifatida shakllanishida eng mas’uliyatli davri hisoblanadi. Ushbu davrni qadrlamagan, qaytmas bu damlarni yo‘qotgan har bir o‘smir, bunday loqaydligi uchun keyinchalik qanchalar afsus-nadomatlar chekishini oldindan bilsa edi, uning biror daqiqasini ham bekor ketkazmagan, undan tejab-tergab foydalangan bo‘lur edi. Biroq afsuslar bo‘lsinkim, juda kam miqdordagi yoshlargina buni vaqtida sezib qadriga etadi, aksariyati esa vaqt deb atalmish bu bebaho boylik qo‘ldan ketgandan keyingina xabar topadilar.
Vaqt – bu falsafiy kategoriya bo‘lib, materiyaning holati va hodisalarning almashinish ketma-ketligining formasi hisoblanadi. Vaqtning eng muhim va universal xususiyatlari – uning davomiyligida, qaytarilmasligida namoyon bo‘ladi. Inson hayotining eng go‘zal, serzavq pallasi uning yoshlik davri hisoblanadi. SHu bilan birga, bu davrning o‘ziga xos yana bir zo‘r xususiyati shundaki, u insonning kelajak hayoti, taqdiri qanday kechishini kafolatlaydigan davr ham hisoblanadi. YOshlik davri, shuningdek, insonning kelajagi uchun poydevor qo‘yish, aqlni peshlash, bilimlarni yig‘ish, nodonlikka chek qo‘yishni va sipolikka qadamni boshlash, kasb-hunarga o‘rganish davridir. Biroq yoshlikda ko‘p narsadan (o‘yinqaroqlik, maishatga berilish, erta sevish va sevilishdan) o‘zini tiyish uning uchun oson kechmaydi. Inson yoshlikdan o‘zini mehnatga, o‘qishga, rejim asosida ishlashga o‘rgatmas ekan, kelajakda hayotning og‘ir va mashaqqatli tashvishlarini engib o‘tishi amri mahol. SHu bois maqsadga erishishda tez “oquvchi” vaqtning qadriga etish, uning har daqiqasidan unumli foydalanish juda muhim. Inson umrining juda qisqaligi, boshqacha aytganda, “ko‘z ochib yumguncha”ligi quyidagi misollarda yaqqol ko‘rinadi. Darvoqe, insonning shakllanishida muhim rolь o‘ynaydigan vaqt to‘g‘risida eramizning boshidan boshlangan vaqt hisobiga ko‘ra, millioninchi kun 2738 yiliga to‘g‘ri keladi yoxud 70 yoshga kirgan kishi, atigi
33 mln 333000 minut yashagan bo‘ladi xolos. Biz har doim ham ana shu minutlarning qadriga etavermaymiz va unga arzimas bir narsa deb qaraymiz. Aslida shunaqa arzimas daqiqalardan bir milliardi o‘tishi uchun bir ming to‘qqiz yuz yil o‘tishi zarur bo‘ladi. Eramizning boshidan boshlangan vaqt hisobiga ko‘ra, milliardinchi minut 1952 yilning 29 aprelь kuni dunyo vaqti bilan soat 10 dan 40 minut o‘tganda ro‘y bergan. Bugun Erda insonlar uchun yashash vaqti, eslatilganidek, o‘rtacha 70 yilni tashkil etishini hisobga olsak, u atigi 25505 kunni tashkil etadi. Agar inson umrining dastlabki 17-18 yoshi, uning mehnat faoliyatiga tayyorgarligi uchun sarflanishini, qolgan 50 yildan ortiqroq umrining uchdan biri esa uyquga sarf bo‘lganligini e’tiborga olsak,
u holda unga hayotda aktiv faoliyat ko‘rsatish uchun qolgan vaqt atigi 12661 kunni tashkil etishi ayon bo‘ladi. Bulardan birortasi o‘tib ketsa, qaytib kelmasligini unutmasak, unda yashindek tez o‘tuvchi umrning har bir kuni, soatini qay darajada qadrlash zarurligini barcha tushunib olishi qiyin emas.
Anchagina katta davr ko‘ringan yoshlik, uning yuqoridagi tafsilotlariga ko‘ra, insonning juda tez o‘tadigan umrining kichik bir bo‘lagi hisoblanib, kim undan unumli, tejamli foydalansa, baxtga yo‘l topadi. Kimki inson hali o‘zini qo‘lga olmagan bu davrning sirli jabhalarining salbiy ta’siriga, boshqacha aytganda, oson pul topishga, kayfu safoga ruju qo‘yish va engiltaklikni odat qilishga berilsa, bu – uning kelajak hayotini baxtsizlikka eltuvchi eshigiga kirishi uchun birinchi qadami bo‘ladi. Inson o‘zini halokatga eltuvchi salbiy his-tuyg‘ularini, nodon odatlari-yu, nafsini qancha erta jilovlay olsa, u shuncha tez obro‘-e’tiborga erishadi, tub ma’nosi bilan sog‘lom inson sifatida mustaqil, kelajagi ta’minlangan hayotni boshlaydi. Bu haqda mavlono Jaloliddin Rumiy shunday yozadi: “Insonning tanasi – ot desangiz, boshi chavondoz rolini o‘tamog‘i lozim. Hech kim sizni yomon yo‘llarga kirishingizda, o‘z boshingiz kabi tez va vaqtida yo‘ldan qaytarolmaydi”.
YOshlikning mas’uliyatini o‘z vaqtida sezib, uni behuda o‘tkazmaslik, bilimga ruju qo‘yish hayotda kishiga qanchalik katta yutuqlar in’om qilishiga tarixiy shaxslar, olimlar hayotidan ko‘p misollar keltirish mumkin bo‘lib, ularning ayrimlarini eslatishni joiz deb topamiz. “Insonning qadri uning bilimida va mahoratidadir”,-degan edi mavlono Abdurahmon Jomiy.
YOshlikni “qo‘ldan bermagan” tarixiy shaxslar ichida taniqli fiziolog Ilьya Mechnikovning hayoti alohida tahsinga sazovor. YOsh Ilьya gimnaziyaning oltinchi sinfida o‘qib yurgan kezlaridayoq fanning asoslari bilan qattiq qiziqdi. 15 yoshli o‘smir o‘zi mustaqil o‘rganib olgan ko‘p narsalarni gimnaziya sinflarida eshitish joniga tekkach, bo‘lajak olim o‘z bilimini oshirishning yangi yo‘llarini izladi va nihoyat topdi. Universitetida professor Maslovskiyning anatomiyadan leksiyalarini eshitishga qatnasha boshladi. Sal keyinroq mazkur universitetning fiziolog-professori I.P.SHchelkovdan uning laboratoriyasida tirik organizmlarning hujayralarini o‘rganishga ruxsat oldi. SHuningdek, bu davrda Ilьya Mechnikov Grovening “Fizik kuchlarning o‘zaro ta’siri” kitobini fransuzchadan ruschaga tarjima qildi. Professor Levakovskiyning “Geologiyadan qo‘llanma”siga taqriz yozib, uning kamchiliklarini ochib tashladi. Taqriz ma’qul topilib, chop etildi. Tabiatni o‘rganish Moskva jamiyatining jurnalida olimning “Infuzoriylar hayotidan ba’zi faktlar” maqolasi bosilib chiqqanida u endi 16 yoshga to‘lgan edi. 1862 yili 17 yoshli Mechnikov Xarьkov universitetining tibbiyot fakulьtetiga
o‘qishga kirib, uning to‘rt yillik kursini ikki yildayoq, ya’ni 19 yoshida muvaffaqiyatli yakunladi. YOsh olim 22 yoshida zoologiyadan dissertatsiya yoqladi va 24 yoshida Novorossiysk (hozirgi Odessa) universitetining professori qilib saylandi. Mana sizga behuda ketmagan yoshlikning natijalari.
YOshlikning bebaho damlarini bekor o‘tkazmaganlardan yana biri – fizikada interfensiya hodisasini ochib, birinchi bor yorug‘likning to‘lqin xossasini kashf etgan talantli olim Tomas YUngdan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. YUnglar oilasida o‘nta bolaning eng kattasi bo‘lib, ularning oilasida maьlumotli, bilimli bo‘lish juda qadrlanib, shunday shior hukm surardi: “Kam o‘qish yoki shunchaki o‘qish - bu bo‘lmag‘ur narsa!”. SHu bois u yoshligidan chuqur va har tomonlama, aksariyat mustaqil bilim olishga harakat qiladigan bola bo‘lib chiqdi. YUng ikki yoshida o‘qishni o‘rgandi, to‘rt yoshida esa ko‘p ingliz shoirlarining she’rlarini yoddan aytib beradigan bo‘ldi. Tomas boshlang‘ich sinfda o‘qib yurgan kezlaridayoq, birvarakayiga lotin, yunon, qadim yahudiy, fransuz,ital’yan tillarini o‘rganishga ruju qo‘ydi. So‘ngra Evropa va SHarq tillarining farqini bilish maqsadida, mustaqil ravishda arab va fors tillarini o‘rganishni boshladi. 14 yoshda u botanika bilan qiziqib, mikroskop qurmoqchi bo‘ldi. Buning uchun YUng tokarlik stanogini sotib oldi va matematikadan differensial hisobni o‘rganishga kirishdi. 15 yoshida u o‘nga yaqin xorij tilini mukammal bilardi. Keyin meditsinani o‘rganish uchun Angliya va Germaniyaga bordi. U tinmay mustaqil o‘qirdi. SHuningdek, bu davrda u o‘qituvchilardan haftasiga ikki marta raqsdan, ikki marta musiqa va rasmdan, to‘rt marta chavandozlikdan dars oldi. Oqibatda barcha musiqa asboblarida nozik did bilan chalishni o‘rganib, tasviriy san’atda mahoratli rassom sifatida faoliyat ko‘rsatdi. YUngning har tomonlama bilimdonligi, uning mexanika, akustika, kemasozlik, astronomiya, geofizika va boshqa fanlar bo‘yicha yozgan ilmiy maqolalarida namoyon bo‘ladi. “Odam qilgan ishni odam qiladi”,-degan naqlga qattiq amal qilib, u otda chavandozlikni, hatto dorbozlikni ham o‘rgandi. 1793 yilda YUngning ko‘zning akkomadatsiyasiga bag‘ishlangan “Ko‘rish jarayoni ustidan kuzatish” degan birinchi asari nashrdan chiqdi. 1796 yili, 23 yoshida YUng meditsina fanlari doktori unvoniga sazovor bo‘ldi. YUng keyinchalik o‘z o‘tmishi to‘g‘risida yozib: “Men umrimda shuncha ko‘p narsaga erishganimning boisi, xudoning bergan kuni biror narsani bilib olishga harakat qilganimda bo‘lsa kerak”,-degan edi.
“Kosmonavtikaning otasi” nomi bilan mashhur Konstantin Eduardovichssiolkovskiy yoshligida skarlatina bilan kasallanib, oqibatda qulog‘i eshitmaydigan bo‘lib qolganiga qaramay, tushkunlikka tushmadi. “Bu mening hayotimdagi eng katta qayg‘uli, qorong‘ulik davri bo‘ldi”,-deb yozgan edi u. SHunda u taqdirga tan bermay: “Kishilarning olqishiga sazovor bo‘lish” uchun
qo‘lni qovushtirib o‘tirmadi va “buyuk ishning boshini tutish”ni maqsad qildi:ssiolkovskiy 14 yoshida fizika, matematika, astronomiya, ximiyani mustaqil chuqur mutolaa qilishga kirishdi.
Nobelь mukofotining laureati, taniqli fizik Lev Landau 12 yoshida matematikadan differensiallashni, 13 yoshida esa integrallashni o‘zlashtirdi. Talantli olim L.Landau fiziklarga qarata: “Agar fizika Sizga tabiatda uchraydigan ko‘plab hodisalarni o‘rmon daraxtlarining engil shamoldan shovullashini, tonggi shafaq go‘zalligini, atrofga tarqalayotgan engil ritmlar jarangini eshitish va ko‘rishga xalaqit qilsa, u qandaydir yarim fizika bo‘lib, unday fizikaning narxi bir pul. Xususan, men Sizning haqiqiy fizikligingizga shubha qilaman. Bunday tor doiraga o‘ralib qolish, eng avvalo, cheklanganlikning belgisidir. Poeziyani va san’atni anglamaydigan

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish