Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet58/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Ibratli hikoyalar


Bir kishi yaxshi hayot to‘g‘risida xayol qilardi. Unga turadigan uyi, kiygan kiyimi, xullas atrofidagi hech narsa yoqmas, o‘ziga o‘zi savol berardi: “Nega boshqalarning orzu qilgan hamma narsasi bor, menda esa hech vaqo yo‘q? Agar mening yaxshi uyim, go‘zal xotinim, ko‘p pulim bo‘lsa, men ham baxtli bo‘lardim”.


Bir kun u sehrgarni uchratdi.

  • Sening fikrlaringni eshitdim, – dedi u. – Senga yordam berishga tayyorman.

Ayt, nimani xohlaysan, men orzularingni amalga oshiraman.
Orzumand odam quloqlariga ishonmadi:

  • Nahotki?! Bu xizmatingning evaziga mendan nima xohlaysan? Sehrgar o‘ziga hech narsa kerak emasligini aytdi.

  • Ajoyib! – xursand bo‘ldi u odam. – Menga muhtasham uy, go‘zal va pazanda xotin va yana juda ko‘p pul kerak!

  • YAxshi, – dedi sehrgar. – Sen uxla, erta azonda so‘raganingning barchasi mavjud bo‘ladi.

Haqiqatdan ham, ertasi ertalab u hashamatli uyda o‘yg‘ondi. Uni tabassum bilan bir go‘zal ayol kutib oldi. Nonushta tayyor, barchasi ajoyib! Bankda uning hisob raqami ochilgan va u qancha pul sarflamasin, raqam yana avvalgidek to‘ldirilardi. Avval erkak o‘z baxtiga ishonmadi, keyin chinligiga ko‘nikib, juda-juda xursand bo‘ldi.
Lekin kunlar, oyu yillar o‘tar, ammo uning hayotida hech narsa o‘zgarmasdi. U o‘ziga o‘zi savol berardi: yana nimani xohlasa, axir uni hamma narsasi borku? Nazarida, xohlagan baxtiga baribir erishmagandek. U yana sehrgani chaqirdi.

  • Nega mening hamma narsam boru, lekin baxtsizman? – so‘radi odam.

  • Men so‘raganingning barchasini berdim. Ana endi, rohat qilaver!

  • Rohat qilolmayapman-da, men juda katta uyimda yolg‘izman, go‘zal xotinim meni xursand qilmayapti, pullar qoniqtirmayapti. Nega?

  • Sen mendan uy so‘rading, lekin unda fayz va samimiylikni so‘ramading! Go‘zal xotin so‘rading, lekin sevgi va o‘zaro tushinishni so‘ramading! YAna mendan ko‘p pul so‘rading, lekin berishi mumkin bo‘lgan erkinlikni, kuchni va baxtiyorlikni so‘ramading! – javob berdi sehrgar.

Odam juda xursand bo‘ldi.

  • Men tushundim, – dedi u. – Endi hammasini xohlayman! Iltimos, ularni menga ber!

  • YAxshi, agar tushungan bo‘lsang, bor, hammasini o‘zing yaratgin, – dedi sehrgar va g‘oyib bo‘ldi.

Odam o‘ziga keldi. Oldingidek, xotinsiz, pulsiz eski kulbasida. Lekin endi unda o‘ziga ishonch bor edi...
***
Buyuk yapon jangchisi Nobunaga dushmanlar uch marta ko‘p bo‘lsa ham, ularga xujum qilishga qaror qildi. U g‘alaba qilishiga ishonardi, lekin askarlari shubxalanishardi. Yo‘lda u ziyoratxona oldida to‘xtadi va askarlariga aytdi:

  • Men bu erni ziyorat qilganimdan keyin, tanga tashlayman. Agar o‘ngi (burgat) tushsa, biz yutamiz, chapi (reshka) tushsa– yutqazamiz. Taqdirning qo‘lidamiz.

Nobunaga ziyoratgoxga kirdi va sukut saqlab ibodat qildi. CHiqayotib u tanga tashladi: burgut tushdi. SHu kuni uning askarlari janga shunchalik shiddat bidan intilishdiki, dushmanni oson engishdi.

  • Hech kim Taqdirni o‘zgartira olmaydi, – dedi askarlardan biri jangdan keyin.

  • Albatta, yo‘q! – ishonch bilan javob berdi Nobunaga unga tangani ko‘rsatib.

Uning ikki tomoni ham “burgut”edi...

***
Kemalar egasi yangi kema sotib oldi. Lekin mana baxtsizlik: kema mashinasi yurgisi kelmadi. Eng yaxshi mexanik va injenerlar, sezuvchan asboblar bilan qurollanib mashina qusurini topishga va tuzatishga urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi.



  • Iloj yo‘q, – deyishdi ular kema egasiga. – Katta ustani chaqirishga to‘g‘ri keladi.

  • Bo‘lmasa tezroq chaqiringlar, – dedi u.

Hademay qo‘lida bolg‘acha, ishonch bilan Usta keldi. Bir necha savollar berib, mexaniklarning gaplarini eshitib, qozonlar oldiga jo‘nadi. Bir necha daqiqa boylerdan chiqayotgan bug‘ shovqinini eshitib turdi, qo‘llari bilan detallarni ushlab ko‘rdi, keyin bolg‘acha bilan biriga qo‘qisdan keskin va kuchli zarba berdi. Mashina ishlab ketdi.

  • Xizmat uchun sizga qancha to‘layin? – so‘radi xursand bo‘lgan kema egasi.

  • Ming dollar, – dedi Usta.

  • Qancha?! – hayron bo‘ldi xo‘jayin. – Bolg‘achaning bir zarbasiga ming dollarmi?

  • Bolg‘anig bir zarbasi bir dollar turadi, – javob berdi Usta pinak buzmay.

  • Ming dollar esa, qaerga va qanday urishni bilishning qiymati.

***
SHoir kasal bo‘ldi va vrachga keldi.



  • Tanamga toshma chiqdi, bo‘g‘inlarim sirqirayapti. Boshim ham og‘riydi, kechalari uyqu yo‘q. Mening jahlim chiqqan va ruhan tushkunman. Vrach bir daqiqa o‘yladi va so‘radi:

  • Siz qachon oxirgi marta o‘z she’rlaringizni ifodali o‘qigansiz?

  • Esimda yo‘q, bir necha oylar avval, – javob berdi shoir.

  • Oxirgi she’rlaringizni ovoz chiqarib o‘qiganmisiz?

  • Yo‘q.

  • Unda o‘zingizga eng ko‘p yoqadiganini menga o‘qib bering.

  • YAxshi, – dedi shoir. Keyin turib ajoyib monologni o‘qidi.

  • Zo‘r! Meni rosa xursand qildingiz, rahmat! – minnatdorchilik bildirdi vrach.

YAna bir nechta she’rlar va poemalaridan parchalar tinglagach, so‘radi:

  • O‘zingizni qanday sezayapsiz? SHoir hayron bo‘lib aytdi:

  • Men o‘zimni juda yaxshi sezayapman!

  • Unda uyga boring va shu tarzda davom eting, – tayinladi vrach. – Dilingizda bekilganni taningizda sezasiz. Agar dilingizda yig‘ilganni zohirga chiqarsangiz olam guliston. Salomatlik – dilingiz tozaligiga bog‘liq. Agar siz o‘z istaklaringiz bilan rozilikda yashasangiz, tanangiz ham shunga bo‘ysunadi. Lekin siz bezovta qiladiganni ichda saqlasangiz, o‘zingiz bezovtalanasiz, zo‘riqasiz va og‘riysiz, ruhan tushasiz. Ruhiy siqilish – o‘zingizni ochishga qarshilik qilish ko‘rsatkichidir. Ochiladigan odamning ruhi tushmaydi. O‘z ichki energiyangizga erkinlik bering, bor haqiqatni ayting, she’rlaringizni zavq bilan o‘qing, tuman tezda tarqaladi, og‘riqlar va ruhsizlik sizni tark etadi, yana maqsad tomon harakatlanasiz. Sizda iste’dod bor, uni boshqalarga manzur eting. SHunda yana o‘zingizni kuchli va hayotga limmo-lim sezasiz va Xudo sizni yorlaqaydi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish