fizik to‘laqonli fizik emas”,-deb uqtiradi.
49 yoshli taniqli fransuz yozuvchisi Stendalь insonning o‘z-o‘zini bilishi uning taqdirini belgilashida qanchalik muhim o‘rin tutishini anglab, bu to‘g‘rida qayg‘urib, yoshlar uchun quyidagi o‘rnak bo‘larli iborani qayta-qayta zikr qiladi: “Men qanday odamman? Menda sog‘lom fikrlar bormi? Agar bo‘lsa, ular etarlicha chuqurmi? Kishilarga mehribonmanmi yoki qahrli, aqllimanmi yoki nodon?...Men o‘zimni hech ham bilmayman. Ba’zan tunlari uyqum qochib, bu haqda o‘ylaganimda qattiq iztirobda qolaman...”
Mashhur Lev Tolstoy shunday yozadi: “Har doim xayolimda bir narsa meni ta’qib qiladi: keragidek yashayapmanmi? O‘zimni o‘zim tekshiraman...”.
Oxirgi yillarda to‘qchilikdan bo‘lsa kerak, yoshlarning turli bahonalar bilan dasturxon atrofidagi “gurungi” ko‘payib ketdi. Xususan, bunday “gurung”larga tug‘ilgan kunlarni, o‘tgan imtihon sessiyasini, kurs yoki diplom loyihalarini yoqlashlar yoki boshqa bir bahonalar bilan “gap” tashkil etib, o‘tirishlar qanchadan-qancha vaqtlarini yo‘qotishlarini tasavvur ham qilmaydilar.
Vaqtni bu qadar o‘lchovsiz yo‘qotishlar esa kelgusida yoshlarning oliy maqsadlarni “nishon”ga olishiga imkon bermaydi. Bu o‘rinda yoshlar taniqli nemis yozuvchisi, antifashist va gumanist Tomas Manning ushbu maslahatlarini doimo esda tutishlari lozim, u: “Har bir kunni o‘lcha, sarflangan har bir minutni hisobga ol. Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin,”- degan edi.
Vaqtni tejashda kishi o‘ziga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishi juda muhim. A.Eynshteyndan “Janob, shuncha ko‘p ishlarni qilishga qanday vaqt topgansiz?”-deb so‘rashganda, u “So‘ramang, men o‘ylash va ishlashim uchun zarur bo‘lgan vaqtni, eng ashaddiy o‘g‘rilardek ustalik bilan o‘g‘irlashimga to‘g‘ri kelardi”,-deb javob qilgan. YOshlikdan o‘zini qattiq intizomga, rejali ish
tutishni odat qilish qisqa vaqt ichida kishini shunga ko‘niktiradi. Bundaylar vaqtning qadrini yaxshi anglab, u yoki bu sabab bilan vaqtlari bekor ketganda xunob bo‘ladilar. Aksincha, vaqti bilan sistemali ish tutmaydigan, undan pala-partish foydalanadigan kishi esa shunday hayotiy obrazga ko‘nikib, ortiqcha ishlagisi kelmay qoladi, qo‘liga kitob oldi deguncha, ko‘zi uyquga tortadigan yoki eng kamida 1-2 soatdan ortiq mutolaa qilishga sabri chidamaydigan bo‘lib qoladi.
SHu boisdan eramizdan avvalgi IV asrda o‘tgan mashhur yunon faylasufi Teofrast: “Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ichida eng og‘iri
vaqtni boy berishdir”,- deganda mutlaq haq bo‘lgan.28
Do'stlaringiz bilan baham: |