Odam anatomiyasi


Suyak to’qimalarini rivojlanishi



Download 0,71 Mb.
bet12/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

Suyak to’qimalarini rivojlanishi
Odam embrionida suyak to’qimasi boshka to’qimalarga nisbatan kechrok yoki embrional davrining 6-8 xaftalaridan rivojlanadi. Suyak to’qimasining rivojlanishiga osteogistogenez deiladi
Skelet suyaklari takomili davrida ularning xammasi xam bir xilda rivojlanmay, balki ba’zilari mezenximadan tarakiy etadi, ba’zilari togay to’qimadan rivojlanadi. Lekin ikkala usulda suyakning rivojlanish manbasi mezenxima xisoblanadi, chunki dastlab togay to’qimasi xam mezenximadan rivojlanadi. Embrional tarakkietning dastlabki davrlarda xordaning ikki yenidan mezenxima xujayralari tuplanib, kelajakda xosil buladigan muskullar ko’rtaklari orasidan yupka tusiklar xosil kiladilar.
Sung mezenximadan osteogen joylar ajrala boshlaydi. Mezenxima xujayralari orasidan boshlangich xujayralar paydo buladi. Boshlangich xujayralarning bir kismidan mexanotsitlar rivojlanadi, bir kismidan esa intensiv ravishda kupayish xususiyatga ega bulgan preosteoblastlar populyatsiyasi xosil buladi. Bu xujayralar uzidan xujayra-aro modda ishlab chikaradi. Xujayralarning keyingi differentsirovka jaraeni natijasida preosteoblastlar osteoblastlarga aylanadi. Osteoblastlar ovalsimon, kubsimon, kirrali yeki usimtali shaklga ega bulib, uzidan xujayra-aro suyak moddasini ishlab chikaradi. Osteoblastlar diametri 15- 20 mkm. teng bulib, tarkibida ovalsimon yeki dumalok shakldagi yadro va tsitoplazmasi buladi. TSitoplazmada xamma organellalar yaxshi rivojlangan. Donador endoplazmatik retikulumda oksillar sintezlanadi, plastinkali kompleksda glikozaminoglikanlar, tsitoplazma tarkibida ayniksa fosfataza fermenti kup mikdorda buladi. TSitoplazmada sof tarkalgan ribosomalarda kollagen oksili sintezlanadi. Kollagen oksilidan kollagen (ossein) fibrillalar shakllanadi va xujayra-aro moddada tuplana boshlaydi. Ossein yeki kollagen fibrillalar tarkibida organik fosfatlarni mikdori yukori darajada bulib, suyak to’qimani mineralizatsiyani yeki oxaklashishini ta’minlaydi. Suyak to’qimasining asosiy modda tarkibidagi –osseomukoidda xondroitinsulьfatlar xam suyakni oxaklashishida ishtirok etadi. Osseomukoid kollagen tollalarni bir-biriga yepishtirib, bitta yaxlit massaga aylantiradi. Xujayralar-aro moddasi ichida kolib ketgan osteoblastlar kupayish kobiliyatini yukotadi va osteotsitlarga aylanadi. Osteotsitlar yukori darajali mutaxasislashgan, kupayish kobiliyatini, uzidan xujayroaro moddani ishlab chikarish xususiyatlarini yukotgan suyak xujayralari bulib, xujayra-aro moddaning maxsus kattakchalari yeki lakunalar ichida joylashgan. Osteotsitlarni uzun usimtalari xujayra-aro moddadan turli yunalishlarda utib, xujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Suyak usimtalari kanalchalarga uxshash bulib, bu kanalchalar yerdamida osteotsitlar bilan kon orasida modda almashinuv jaraeni utadi. Osteotsitlarni asosiy vazifasi suyak to’qimasida tuzlar tarkibini idora etish.
Togay urnida suyak to’qimani rivojlanishi bir oz murakkabrok utadi. Bunda mezenxima xujayralaridan togay xujayralari paydo buladi. Togayni togay usti pardasidan kambial – tez kupayish kobiliyatga ega bulgan xujayralar rivojlanadi. Togay usti pardasiga kon tomirlar usib kirishi bilan, bu to’qimani trofikasi – oziklanishi yaxshilanadi. Natijada, kambial xujayralardan xondroblastlar xosil bulmay, osteoblastlar rivojlanadi. Osteoblastlar uzidan suyakli xujara-aro modda ishlab chikaradi va bu modda togayni atrofidan suyakli manjetkasi xolida urab oladi. Bu jaraenni perixondral suyaklanish deb ataladi. Suyak to’qimasi bilan urab olingan togay degeneratsiyaga uchraydi. Yemirilaetgan togay ichiga kon tomirlarni usib kirishi davom etadi va togay tarkibidagi kambial xujayralaridan yangi osteoblastlar xosil buladi. Bu osteoblastlarning faoliyati tufayli suyakni enxondral rivojlanishi ta’minlanadi.
SHu bilan birgalikda yana bir tur xujayralari xosil buladi. Bular yirik, kup yadroli xujayralar bulib, osteoklastlar deiladi. Osteoklastlarni diametri 100 mkm.ga teng, tsitoplazma tarkibida endoplazmatik tur, plastinkali kompleks, lizosomalar, mitoxondriyalar kup mikdorda uchraydi. Lizosomalar tarkibida turli gidrolitik fermentlar, nordon fosfataza saklanadi. Bu fermentlar xujayralardan chikib, xujayra-aro moddani eritib yuborish kobiliyatga ega. Mikrokinos’emka usuli yerdamida osteoklastlar avval ossein tolalarni va amorf moddani eritadi, sung fagotsitoz yo’li bilan gidrooksiapatit kristallchalarini yemirishi aniklangan. Togay urnida xosil bulgan suyak plastinkasimon suyak to’qimasidan tuzilgan va fakat mezenximadan rivojlangan suyakdan tuzilishi jixatdan farklanadi. Plastinkasimon suyak to’qimasining takomili xar bir kon tomiri atrofida suyak plastinkalarini shakllanishi bilan boglik. Bu plastinka parallel yunalgan nozik kollagen tolalardan va osteotsitlardan tashkil topgan. Plastinkalar ustma-ust kushila beradi, lekin bir plastinkadagi kollagen tolalarni yunalishi ikkinchi plastinkadagi kollagen tolalarga nisbatan perpedikulyar ravishda joylashadi. Natijada osteonlar xosil buladi. Ma’lumki, osteon plastinkasimon suyak to’qimasining struktur va funktsional birligidir. Skelet suyaklari plastinkasimon suyak to’qimasidan tuzilgan. Suyaklarni rivojlanishida togaydan iborat bulgan suyak modeli suyaklanib bulgandan keyin, togay pardasi suyak ustki pardasiga aylanadi. Keyinchalik suyaklarning eniga usishi asosan suyak ustki pardasi yeki periost xisobiga bulganligidan periostal suyaklanish deb ataladi. Naysimon suyaklarni usishi epifiz bilan diafiz orasida joylashgan togayli epifizar plastinkasi mavjudligi tufayli buyiga usadi. Epifizar plastinkada ikkita karama-karshi jaraen ruy beradi: bir tomondan epifizar plastinkani yemirilishi bulsa, ikkinchi tomondan esa togay xujayralarni uzluksiz kupayshidir. Butun gistogenez davomida suyakda kayta kurilish va kayta tiklanish jaraenlari betuxtov davom etadi. Bu jaraenlar osteoblastlar, osteotsitlar va osteoklastlarni faoliyati tufayli erishiladi. Suyaklarni usishi embrional boskichlardan boshlanib, o’rta xisobda 20 – 25 yoshda tugaydi. SHu davr davomida suyak xam buyiga, xam eniga usadi. Agar suyaklar fakat mezenxima asosida biriktiruvchi to’qimadan rivojlansa, bunday suyaklarni birlamchi suyaklar deiladi. Birlamchi suyaklar togay davrini utmaydi. Togay to’qima asosida rivojlanadigan suyaklarni ikkilamchi suyaklar deb nomlanadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish