ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
265
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
ma’lum tartib asosida kechganidek, pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ham bir qator
qoidalarga amal qilish ularning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. O‘qitish
jarayonida pedagogik texnologiyadan foydalanish bir qator shartlarga rioya etish asosida kechadi.
Bu shartlar quyidagilar sanaladi: Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish. Ko‘p holatlarda
o‘qituvchilarning aksariyati darsga tayyorgarlik ko‘rishga jiddiy e’tibor berishmaydi. Bu pedagogik
jihatdan noto‘g‘ri. Hech qanday tayyorgarliksiz darsga kirish, aytish joiz bo‘lsa, axloqsizlik
ko‘rinishi sanaladi. Aslini olganda darsga tayyorgarlik ko‘rish o‘z mutaxassisligini yaxshi bilan
o‘qituvchi uchun u qadar qiyin emas. Bunda asosiy e’tibor darsning umumiy loyihasini ishlab
chiqish, maqsadlarni to‘g‘ri belgilashga qaratilishi zarur. Sifatli, maroqli dars o‘tishning eng muhim
talablari quyidagilardir[4,67].:Maqsadni aniq belgilab olish. Mashg‘ulotni tashkil etishdan
kutilayotgan natijani avvaldan, maqsadga muvofiq tarzda belgilash.Mashg‘ulot loyihasini avvaldan
tayyorlab olish. Mavzudan chetga chiqmaslik. Mashg‘ulotlarda talaba larning alohida faollik
ko‘rsatishlariga imkon berish. Mashg‘ulotni samarali yakunlash.
Ta’lim jarayonini tashkiliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga erishishning o‘zigina yetarli emas.
Tashkiliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini o‘qituvchi tomonidan
qo‘llaniladigan metodlar (ta’lim metodlari) ham ta’minlaydi.O‘qitish metodlarini tanlashda ular
orasian innovatsion xarakterga ega bo‘lganlarini tanlab olish muhim. Mashg‘ulotni tashkil etishda
dastlab o‘z yechimini topishi zarur bo‘lgan yetakchi maqsad va aniq pedagogik vazifalar aniqlab
olinadi. So‘ngra ularga muvofiq keladigan oraliq (xususiy maqsadlar)ga erishishni kafolatlovchi bir
guruh metodlar ko‘rib chiqiladi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi – talaba , o‘qituvchi – talaba lar, talaba – talaba
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kuzatilmaydi. Talaba larda mashg‘ulotga qiziqish, rag‘bat (motiv) deyarli
mavjud bo‘lmaydi. Aytib o‘tilganidek, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba lar o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ta’limiy hamkorlikni yuzaga keltirishga yordam beradigan
metodlar interfaol metodlar sanaladi[1,66].
Mantiqan interfaollik shaxslarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat,
faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Bu sifat talaba lar mustaqil bilim olishni qay darajada to‘g‘ri
tashkil eta olayotganligini kuzatish, nazorat qilish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, zarur o‘rinlarda pedagogik
va metodik maslahatlarni berish ta’lim samaradorligini ta’minlaydi. Interfaol ta’limda o‘qituvchi va
talaba , o‘qituvchi va talaba lar, talaba – talaba larning o‘rtalarida o‘zaro hamkorlik, hamfikrlilik,
hamjihatlik yuzaga keladi. Bu hamkorlik o‘quv materialini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy
bilimlarni boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarning ijobiy hal etilishini
ta’minlaydi. Ta’lim jarayonining ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro psixologik yaqinlik va birlikni
ham yuzaga keltiradi. O‘qituvchi va talaba larning birgalikdagi harakatlari, o‘zaro ta’sirlari va
hamkorliklari ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilaigan muvaffaqiyatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi
Interfaol ta’limda o‘qituvchi va talaba lar, talaba lar o‘rtasida yuzaga keluvchi o‘zaro munosabat
odatda u yoki bu muammoni qay tarzda hal etish, qarorlarni qabul qilish to‘g‘risidagi takliflarning
ilgari surilishi va yakuniy qarorning qabul qilinishini ifodalaydigan munozara shaklida namoyon
bo‘ladi. Interfaol metodlar turli masalalar va o‘zaro munosabatlarning keng qatlamini o‘z ichiga
oladi. Biroq, o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish yo‘llari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar talaba
larning shaxsiy tajribalari ta’limning asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
O‘qituvchining innovatsion salohiyatni rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, uni
rivojlantirish mutaxassisning imkoniyatlari, o‘z mehnati samaradorligidan qoniqishini taqozo etadi.
Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
o‘z faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olish qobiliyati; o‘z kasbiy kompetentlik darajasini
oshirish; yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik; tashkiliy madaniyat va psixologik
muhitning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligi[3,99].
Shunday qilib, globallashuv sharoitida ta’limning yangilanishi, o‘ziga xos xarakter kasb
etishida o‘qitish g‘oyalarini yangicha talqinda asoslovchi innovatsiyalar muhim ahamiyatga ega. Bu
turdagi innovatsiyalarning didaktik imkoniyati o‘qitish jarayonini sifatli, unumdor tashkil eta olishi
bilan belgilanadi. Pedagogik innovatsiyalar o‘qituvchi tomonidan kam kuch, kam vaqt sarflagan
Do'stlaringiz bilan baham: |