TA’LIM JARAYONIDA INNAVATSION TEXNOLOGIYA – BIOLOGIYA VA
GEORAFIYA FANLARNI O‘QITISHNING USTUVOR YO‘NALISHI SIFATIDA
Mustafaqulova D.I. – oqituvchi, Ismatullayev O. – tolib, JDPI,
Mustafaqulova O'.I. – oqituvchi, 48-maktab, Samarqand v., Payariq t., O’zbeston
Annotatsiya: Makzur maqolada biologiya va georafiya fanlarni o‘qitish jarayonida
innovatsion texnologiyadan foydalanish mazmuni bayon etiladi. Maqolada ta’lim jarayonida
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
264
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
innavatsion texnologiya – biologiya va georafiya fanlarni o‘qitishning ustuvor yo‘nalishi sifatida
sifatida ochib beriladi.
Tayanch sо‘zlar: biologichya, georafiya, fanlar, o‘qitish, jarayon, innovatsion, texnologiya,
potensial imkoniyatlari, ustuvor yo‘nalish.
Аннотация В статье описывает использование инновационных технологий в
преподавании биологии и географии. В статье определены инновационные технологии в
образовательном процессе как приоритетные в преподавании биологии и географии.
Ключевые слова: биология, география, наука, преподавание, процесс, инновация,
технология, потенциаль, приоритет.
Annatation Maczur describes the use of innovative technologies in the teaching of biology
and geography. The article defines innovative technologies in the educational process as priority in
teaching biology and geography
Keywords: biology, geography, science, teaching, process, innovation, technology,
potential, priority.
Jamiyatning hozirgi zamon rivojlanish bosqichida har qanday faoliyat turida ijodiylikning
namoyon bo‘lishi jamiyatning ijtimoiy ehtiyoji, uning samaradorligi va taraqqiyotining hal qiluvchi
sharti bo‘lib bormoqdaki, bu har bir jamiyat a’zosining intellektual potensialini o‘stirishni, uning
ijodiy qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishni talab qiladi. Buning bilan bog‘liq holda
hozirgi paytda shaxsni uzluksiz rivojlantirish zarurati birinchi o‘ringa chiqadi, shaxsga xos
sifatlarning ustuvorliklari va ahamiyati ham o‘zgarib boradi.Shaxsni ta’riflaydigan ustuvor sifatlar
qatoriga ijodiylik, innovatsion fikrlash uslubiga layoqatlilik, har qanday faoliyatni amalga
oshirishda mavjud qoliplardan tashqariga chiqadigan usullarni izlashga tayyorlik kabi sifatlar kiradi.
Ijodiy kasbiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishi har bir insonning potensial imkoniyatlari va
qobiliyatlarini ochib berish bilan bog‘liq. Ijodiylik va tashabbuskorlik har bir kishida o‘zicha
namoyon bo‘ladi va uning o‘ziga xos shaxsiyatiga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasi demokratik
huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlab, jamiyatni
ma’naviy jihatdan boyitib borishni, dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni amalga oshirmoqda.
Ma’lumki, ta’lim tizimining umumiy vazifasi talabalarda zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni
rivojlantirish, shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, intellektini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. XXI asrda
mamlakatimiz oliy o‘quv muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik ta’lim tizimiga uning mana shu
vazifalari bilan dialektik birlikda kirmog‘i lozim. Oliy kasbiy ta’limning islohoti O‘zbekiston
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni kabi normativ bazaga
asoslanadi..Ushbu hujjatlarga muvofiq respublikadagi ta’lim siyosati shaxsning fundamental
huquqlari va erkinliklarini rivojlantirish, jamiyatni insonparvarlashtirish va madaniyatini oshirish,
raqobatbardosh mutaxassisni tayyorlash samaradorligini oshirish instrumenti bo‘lib bormoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mutaxassisdan uning mehnat bozorida raqobatbardoshliligini
ta’minlay oladigan yuqori darajadagi malaka talab qilinadi. Shu tufayli oliy kasbiy ta’lim
muassasasida mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish masalasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bu
masala defektolog-mutaxassislarni tayyorlashga ham bevosita tegishli bo‘lib, bu sohada hozirda
izlanishlar va islohotlar olib borilmoqda.Ta’lim jarayonining doimiy ravishda qat’iy belgilangan va
uzoq yillar mobaynida amal qilib kelinayotgan muayyan vaqt ichida tashkil etilishi, mutaxassislik
fani bo‘yicha mavzularga har o‘quv yilida takroran murojaat qilinishi, talabalar ta’limiy faolligining
hamisha ham yuqori darajada bo‘lavermasligi kabi holatlar goho hatto o‘qituvchining o‘zida ham
darsga tayyorlanishga nisbatan befarqlikni yuzaga keltirishi mumkin.
Bunday salbiy holatning oldini olish yoki uni bartaraf etishning yagona samarali yo‘li –
kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish sanaladi. Ta’lim jarayoniga ijodiy yondashishda pedagogik
texnologiyaning o‘rni, roli beqiyos[2,67]. Zero, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra talaba larni faollikka undash,
ta’lim jarayonida qizg‘in bahs-munozaralarni yuzaga keltirish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy va tabiiy
jarayonlar muayyan qonuniyatga ega bo‘lganligi, har bir ijtimoiy voqelik va tabiiy hodisalar
Do'stlaringiz bilan baham: |