MATEMATIKAGA O‘RGATISHDA KORRYEKSION-RIVOJLANTIRUVCHI
TYEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH USULLARI
Musaxanov A.M. – o‘qituvchi, Payariq t. 48-sonli maktab, Samarqand v. ,O’zbekiston.
Annatatsiya: Mazkur maqolada matematikaga o‘rgatishda korreksion-rivojlantiruvchi
texnologiyalarni qo‘llash mazmuni yoritiladi. Matematikaga o‘rgatishda korreksion-rivojlantiruvchi
texnologiyalarni qo‘llash usullari bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: matematika, o‘rgatish, korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar, usullari ,
bilimlar,o‘qituvchi,o‘quvchi
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
259
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Аннотация В данной статье рассматривается использование коррекционно-
развивающих технологий в преподавании математики.Раскрывается методы использования
коррекционно-развивающих технологий в обучении математике.
Ключевые слова: математика, обучение, коррекционные технологии, методика,
знания, учитель, ученик
Annatation This article discusses the use of developmental correction technologies in the
teaching of mathematics. The methods of using correctional-developing technologies in teaching
mathematics are disclosed.
Keywords: mathematics, training, correctional technologies, methodology, knowledge,
teacher, student
Matematikaga o‘rgatishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash butun sinf
ishtirok etganda bolalar o‘rtasida o‘zaro hamkor bo‘lib ishlash, o‘z-o‘zini boshqara bilish, diqqatni
bir joyga yig‘ish, saranjom-sarishta bo‘lish, tez tushunish va savollarga tez javob berish va boshqa
tarbiyaviy xislatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Matematikaga o‘rgatishda
korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar dan sinf o‘quvchilarining bilish darajasi va qiziqishlari
matematika darsining mazmuni va sutrukturasidan kelib chig‘ib, uning hajmiga katta ahamiyat
bergan holda, undan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin. Darsning boshida
o‘quvchilarni shu darsga qiziktirish uchun, darsning o‘rtasida yangi mavzu materiallarining yaxshi
o‘zlashtirilishini
ta’minlash uchun, darsning oxirida esa egallagan matematik bilim, ko‘nikma va
malakalarini yanada mustahkamlash va nazariy bilimlarni kundalik amaliy hayot bilan bog‘lash
maksadida kiritiladi. Ilg‘or o‘qituvchilarining ish tajribasi shu narsani ko‘rsatmoqdaki, matematika
dasturidagi barcha mavzularda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalardan unumli foydalanish
mumkin[4,65]. Matematikaga o‘rgatishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash
muayyan ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion maqsadni nazarda tutiladi. Matematikaga o‘rgatishda
korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llashning eng muhim ahamiyati ham ana
shundadir.Matematikaga o‘rgatishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash bolaning
his-tuyg‘usiga ta’sir etib, unda o‘qishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi.
Bolalar o‘yinni zo‘r mamnuniyat bilan ijro etadi. O‘yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar,
ularning ongida beixtiyor ertangi o‘quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.Didaktik
o‘yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni oxirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli
irodaviy sifatlar tarbiyalanadi[1,15].
Matematik bilimlar mustakil fikrlash asosida ongli o‘zlashtirilgan bo‘lsagina mustaxkam
bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga, mustakil
izlanuvchanlikka, xulosalar chiqarishga umumlashtirishga undovchi metodlarni izlaydi. Turli
ta’limiy o‘yinlardan foydalanadi. O‘quvchilarni og‘zaki hisoblashga o‘rgatishning muhim yetakchi
metodlardan biri didaktik o‘yinlar. Bolalar fakat o‘kish mobaynida o‘rganib kolmay, balki o‘yin
jarayonida ham o‘rganadilar. Bunda didaktik o‘yinlarni dastur talabiga mos ravishda tanlash kerak
bo‘ladi. O‘yin vaktida bola faoliyati aktivlashadi, ularning erkin dikkati va xotiralari rivojlanadi.
1 sinif matematika darslarida o‘quvchilarning o‘zlari va yozma hisoblash malakalarini
oshirishda “O‘rningni top”, “Kim oldin”, “Chapaklar”, “Topishmok” kabi o‘yinlar kata yordam
beradi.O‘rningni top o‘ynini kuyidagicha o‘tkaziladi. Kizlar juft rakamlarni 2, 4, 6, 8, 10, O‘gil
bolalar tok sonlarni 1, 3, 5, 7, 9, va (+) (-) (=) ishoralarini ushlab doira shaklida turadilar. Xat
tashuvchi kizlarga xat olib keladi. Masalan:
1-o‘quvchi 2-o‘quvchi 3-o‘quvchi
Shu rakamlarni bolalar va ularning javoblari doiradan chiqib, misol kabi turib olishlari
kerak. O‘z o‘rnini tezda to‘gri topgan bola o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |