ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
247
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” tarzida ifodalanib, lug‘aviy jihatdan “inter” –
o‘zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi. O‘qitish jarayonida interfaol holatning
yuzaga kelishini o‘zida aks ettiradigan ta’lim interfaol ta’lim deb nomlanadi. Mantiqiy nuqtai
nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka
asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi[4,44].
O‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bir qator shartlarga rioya etish asosida
kechadi. Bu shartlar quyidagilar sanaladi:
1. Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish. Ko‘p holatlarda o‘qituvchilarning aksariyati darsga
tayyorgarlik ko‘rishga u qadar jiddiy e’tibor berishmaydi. Bu pedagogik jihatdan noto‘g‘ri. Hech
qanday tayyorgarliksiz darsga kirish, aytish joiz bo‘lsa, axloqsizlik ko‘rinishi sanaladi. Aslini
olganda darsga tayyorgarlik ko‘rish o‘z mutaxassisligini yaxshi bilan o‘qituvchi uchun u qadar
qiyin emas. Bunda asosiy e’tibor darsning umumiy loyihasini ishlab chiqish, maqsadlarni to‘g‘ri
belgilashga qaratilishi zarur. Sifatli, maroqli dars o‘tishning eng muhim talablari quyidagilardir:
1. Maqsadni aniq belgilab olish.
2. Mashg‘ulotni tashkil etishdan kutilayotgan natijani avvaldan, maqsadga muvofiq tarzda
belgilash.
2. Mashg‘ulot loyihasini avvaldan tayyorlab olish.
3. Mavzudan chetga chiqmaslik.
5. Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning alohida faollik ko‘rsatishlariga imkon berish.
6. Mashg‘ulotni samarali yakunlash.
Ta’lim jarayonini tashkiliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga erishishning o‘zigina yetarli emas.
Tashkiliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini o‘qituvchi tomonidan
qo‘llaniladigan metodlar (ta’lim metodlari) ham ta’minlaydi.O‘qitish metodlarini tanlashda ular
orasian innovatsion xarakterga ega bo‘lganlarini tanlab olish muhim. Mashg‘ulotni tashkil etishda
dastlab o‘z yechimini topishi zarur bo‘lgan yetakchi maqsad va aniq pedagogik vazifalar aniqlab
olinadi. So‘ngra ularga muvofiq keladigan oraliq (xususiy maqsadlar)ga erishishni kafolatlovchi bir
guruh metodlar ko‘rib chiqiladi. Undan keyin ta’lim jarayonini yuqori darajada tashkil etishga
imkon beradigan va maqsadga yo‘naltirilgan optimal yo‘llar tanlab olinadi. An’anaviy ta’limda
o‘qituvchi – tinglovchi, o‘qituvchi – tinglovchilar, tinglovchi – tinglovchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
kuzatilmaydi. Tinglovchilarda mashg‘ulotga qiziqish, rag‘bat (motiv) deyarli mavjud bo‘lmaydi[1,15].
Aytib o‘tilganidek, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va tinglovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik
muhim ahamiyatga ega. Ta’limiy hamkorlikni yuzaga keltirishga yordam beradigan metodlar
interfaol metodlar sanaladi.Mantiqan interfaollik shaxslarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka
asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Bu sifat tinglovchilar mustaqil bilim olishni qay
darajada to‘g‘ri tashkil eta olayotganligini kuzatish, nazorat qilish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, zarur
o‘rinlarda pedagogik va metodik maslahatlarni berish ta’lim samaradorligini ta’minlaydi. Interfaol
ta’limda o‘qituvchi va tinglovchi, o‘qituvchi va tinglovchilar, tinglovchi – tinglovchilarning o‘rtalarida
o‘zaro hamkorlik, hamfikrlilik, hamjihatlik yuzaga keladi. Bu hamkorlik o‘quv materialini
o‘zlashtirish, nazariy va amaliy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, muammoli
vaziyatlarning ijobiy hal etilishini ta’minlaydi. Interfaol ta’limda o‘qituvchi va tinglovchilar,
tinglovchilar o‘rtasida yuzaga keluvchi o‘zaro munosabat odatda u yoki bu muammoni qay tarzda
hal etish, qarorlarni qabul qilish to‘g‘risidagi takliflarning ilgari surilishi va yakuniy qarorning
qabul qilinishini ifodalaydigan munozara shaklida namoyon bo‘ladi. Interfaol metodlar turli
masalalar va o‘zaro munosabatlarning keng qatlamini o‘z ichiga oladi. Biroq, o‘quv materialini
samarali o‘zlashtirish yo‘llari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar tinglovchilarning shaxsiy tajribalari
ta’limning asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.Bu turdagi ta’lim jarayonida tinglovchilar quyidagi
sub’ekt va ob’ektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi:
1) o‘qituvchi bilan (ya’ni tinglovchi o‘qituvchi tomonidan berilgan savoliga javob
qaytarayotganda);
Do'stlaringiz bilan baham: |