Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


BOSHLANG‘ICN TA’LIMDA MASOFAVIY O‘QITISHNING



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

BOSHLANG‘ICN TA’LIMDA MASOFAVIY O‘QITISHNING 
O‘QUV-USLUBIY TA’LIMOTI 
 
Meliboyeva S.S. –o‘qituvchi, QDPI, O’zbekiston. 
 
Annotasiya: Hozirgi zamon axborot va telekommunikatsion vositalari o‘quvchi-talabalarga 
o‘rganiladigan har bir predmetni qiyinlik darajasiga ko‘ra tanlashga, shuningdek, ularni o‘zlarining 
qiziqishi va kasbiy rejalariga muvofiq holda o‘rganishga imkon beradi.Maqoloda boshlang‘ich 
ta’limda masofaviy o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta’limoti haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: masofadan o‘qitish, didaktika, axborot, internet, videokonfrensiya, elektron 
darslik, axborotlashgan jamiyat. 
Аннотация: Современные информационные и телекоммуникационные средства 
позволяют учащимся-студентам выбирать каждый изучаемый предмет в соответствии с 
уровнем сложности, а также изучать его в соответствии со своими интересами и 
профессиональными планами.В статье изложены мнения об учебно-методическом обучении 
дистанционного обучения в начальном образовании.
Ключевые слова: дистанционное обучение, дидактика, информация, интернет, 
видеоконференция, электронный учебник, информационное общество.
Аnnotation: Modern information and telecommunication tools allow students to choose 
each subject to be studied according to their level of difficulty, as well as to study them in 
accordance with their own interests and professional plans.The article describes the views on the 
teaching-methodological teaching of distance learning in primary education.


 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
169 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
Keywords: distance learning, didactics, information, internet, video conferencing, electronic 
textbook, information society. 
 
Bugungi axborotlashgan davrda o‘qitishning masofaviy shakli ta’lim sohasidagi muhim 
vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Masofaviy ta’lim keng mano’da zamonaviy texnologiyalar 
yordamida masofadan turib bilim olish imkoniyati bo‘lib, bu jarayonda internet tarmog‘i asosiy va 
muhim o‘rin tutadi. Masofaviy ta’lim shakli foydalanuvchiga o‘zini namoyon etishi uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi. O‘z tafakkuri ustida ishlash, chuqur o‘ylab ko‘rish imkoniyati ta’lim 
oluvchilarga og‘zaki nutqda yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olishga 
yordam beradi. 
Masofaviy ta’lim foydalanuvchi dunyoqarashini kengaytiradi. Masofa muammosi yo‘qolib, 
yaqinlik, samimiylik hissi foydalanuvchi kayfiyatini ko‘taradi -bu his har bir inson uchun muhim 
jihatdir. Har bir foydalanuvchi bilim sirlarini yanada chuqur egallash maqsadida Internet tarmog‘i-
dagi elektron pochta yoki Web-tizimdan foydalanadi. Bugungi kunda masofadan turib o‘qitishni 
tashkil etilishining interaktivligi, ya’ni o‘quvchi-talaba va talaba-o‘qituvchining bir-biri bilan o‘zaro 
aloqalari, bilimlarning aniq bir sohasiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Masofaviy o‘qitish ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy ma’lumotlar bazalari, ilmiy va 
intellektual potensiallari orasidagi notekisliklarni bartaraf etish uchun munosib zamin yaratadi. 
Bundan tashqari, ushbu sohada yagona axborot muhitini, ma’lumotlar bazalarining yaratilishi, 
undan individual yoki kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini paydo bo‘lishi o‘qitish hamda 
ilmiy izlanishlar samaradorligini salmoqli darajada oshiradi. Bundan tashqari, nafaqat “Obyekt
Subyekt” kabi ikki tomonlama, balki “Obyekt Subyekt - Obyekt” kabi uch tomondan 
muloqotlarni ham tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Masofaviy o‘qitishni pedagogik nuqtayi 
nazardan loyihalashda asosiy hisoblanadigan quyidagi vazifani alohida ko‘rsatib o‘tish lozim: 

elektron darsliklar yaratish; 

elektron kurslarni yaratish; 

masofaviy kurslarni ishlab chiqish; 

masofaviy o‘qitishning mos bo‘lgan modellarini tatbiq etish; 

tanlab olingan modellarga mos bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va 
tatbiq etish va hokazolar. 
Masalan, masofaviy o‘qitishga mo‘ljallangan kurslarning turlari, o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlarini aniq va ravshan belgilab olish lozim bo‘ladi. Qanday turdagi masofaviy o‘qitish 
kurslari yaratilishi yoki tatbiq etilishidan qat’iy nazar, quyidagi komponentlarning ko‘zda tutilishi 
obyektiv tarzda kelib chiqadi: 
1. Masofaviy o‘qitish kursi haqidagi umumiy ma’lumotlar, uning maqsadi va vazifalari
mazmuni (strukturasi), o‘quv guruhlariga qabul shartlari va boshqa shartlar bo‘yicha tegishli 
ma’lumotlar. 
2. Kursning fanga tegishli sohasi bo‘yicha ma’lumot materiallari (ma’lumotlar bazasi 
sifatida). 
3. Foydalanuvchilar bilan muloqot o‘rnatish, kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini 
beradigan aloqa manzillari (e-pochta yoki boshqa adreslar, telefonlar). 
4. Muayyan modullarga bo‘lib chiqilgan, ya’ni strukturalangan o‘qitish kursi (elektron 
darslik). 
5. O‘quv materiallarini o‘zlashtirishga, olinayotgan bilimlarni tekshirishga, reyting nazoratini 
o‘tkazishga mo‘ljallangan topshiriqlar to‘plami. 
6. O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustaqil tarzda qo‘llashga, foydalanishga, olingan 
muammolarni hal etishga qaratilgan ijodiy yondashish masalalari va topshiriqlarining individual 
yoki birgalikda o‘tkaziladigan amaliy ishlar to‘plami.
7. O‘quvchi - talabalarning mustaqil faoliyatlarini qay darajada borishini uzluksiz ravishda 
baholab borishga qaratilgan monitoring bloki. 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish