Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/122
Sana20.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#179634
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122
Bog'liq
yosh fiziologiya va gigiyenasi

Muskullarning  ishi  Muskulldarning  qisqarishi  bilan  tanada  ma'lum  bir 

funktsiya  bajariladi.  Sklеt  muskullarning  ishi  ikki  xil  bo`ladi:  statik  va  dinamik 

muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari ma'lum vaqt 

davomida zarur bo`lgan vaziyatni saqlagan masalan: tik turish, qo`lni oldinga yoki 

orqasiga  ko`tarib  turish  kabilar  misol  bo`laoladi.  Muskul  dinamik  ish  bajarganda 

esa  odam  tanasi  va  uning  ayrim  qisimlari  turlicha  ish  bajaradi.  Masalan:  yurish, 

yugurish,  gapirish  va  h.k.  bajaradi.  Muskullarnnig  ishi  ergograf  asbobida 

aniqlaniladi.  Muskullarning  ishi  va  kuchi  uzunligiga  bog'liq.  Muskul  kuchi  shu 

muskul  tolalari  yig'indisining  ko'ndalang    kesigi  diametriga  to'g'ri  proporsional 

bo'ladi. Boshqacha  aytganda, muskul ko'ndalang kesigining diametri qancha katta 

bo'lsa,  muskul  shuncha  kuchli  bo'ladi.  Muskul  ishi  yuk  og'irligi  yetarli  bo'lganda 

juda  yuqori  bo'ladi,  yuk  ma'yoridan  og'irlashganda  esa  muskulning  ish  qobiliyati 

pasayib  ketadi.  Jismoniy  mehnat  va  sport  bilan  shug'ullanib  turilganda  muskul 

tolalarining  yo'g'onligi  va  kuchi  orta  boradi.8-9  yoshda  muskul  kuchi  ancha  tez 

ortadi.9yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O'smirlarda balog'atga yetish 

davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6yoshda yelka va bilak 

muskullari,  6-7  yoshda  panja  muskullari,  9yoshdan  boshlab  boshqa  barcha 

muskullar  kuchi  ortib  boradi.  Muskullar  kuchining  ortib  borishi  mashq    qilishga 

jinsga bog'liq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo'ladi.Mashqlar ta'sirida 

muskullar  massasi  ham  orta  boradi,moddalar  almashinuvi,  ayrim  organla  (yurak, 

o'pka, me'da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organizm yaxshi o'sadi va 

rivojlanadi. 

Muskul harakatlarning tezligi va chidamlilik xususiyatlari. Harakat tezligida 

muskullar qisqarishining yashirin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda 

oddiy  harakat  refleksining  yashirin  davri  11-12  yashar  bolalardagiga  nisbatan 

yuqori.Bola  jinsiy  balog'atga,  ya'ni  14-15yoshga  yetganda  muskullar  chidamliligi 

kamayadi,  harakat  aktivligi  esa  35%  ortadi.  Qizlar  bir  kecha-kunduzda  o'g'il 

bolalarga qaraganda kam harakatqiladi. 

Bahor,kuz  oylariga  qaraganda  qishda  aktivlik  30-45%  kamayadi.  Bola 

maktabga  borganda  harakat  aktivligi  ikki  marta  kamayadi.  Shuning  uchun  ham 

tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mаshiqlar bilan shug'ullantirish zarur. 

Jismoniy  tarbiya  darslari  bir  kunlik  harakat  aktivligini  11%  qondiradi, 

xolos.Fizkultura  minutlari 1-2 sinf o'quvchilarida  darsning 15-17  minutida, III-IX 

sinflarda 20 minutida o'tkazilsa yaxshi bo'ladi. Uyda dars tayyorlaganda har 30-40 

minutda  fizkultura  qilish  kerak.  1-2  sinfda  uchinchi  darsdan  keyin  harakatli 

o'yinlar o'ynagan ma'qul. 

Qo'l panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 8 

yoshda qo'l panjasi muskullari juda tez harakatlarni bajara boshlaydi. Bo'g'imlarda 

muskul  harakatlari  tezligi  12-13  yoshdan  ortadi.  Muskul  harakatlari  tezligining 

ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari 

almashinishning  o'zaro  aloqadorligiga  va  nerv  jarayonlari  harakatchanligiga 

bog'liq.  7-8  yashar  bolalarda  muskullar  qisqa  muddat  ichida  nozik  harakatlarni 




 

58 


chaqon  bajara  olmaydi.  Chaqqonlik  bolada  asta  sekin  hosil  bo'ladi  va  yosh 

kattalashishi  bilan  ortib  boradi.  Aniq  uyg'unlashgan  nozik  harakatlar  qilish 

ko'nikma  hosil  bo`lishiga  bog'liq.  Jismoniy  mashqlar  harakat  tezligi  va 

chaqqonlikni  orttiruvchi  omillardan  hisoblanadi.  20-30  yoshlarda  muskullar 

qisqarishining yashirin davri qisqaradi. 30 yoshdan so'ng uzayadi va harakat tezligi 

kamayadi.  Bolalarda  chaqqonlik  rivojlanishining  3  bosqichi  kuzatiladi.Birinchi 

bosqichi  harakatlarning    fazoda  aniq  bo'lishi,  ikkinchisi  turli  vaqtlarda  bajarilgan 

harakatlarning  aniqligi  va  uchinchisi  harakat  davomida  tasodifiy  harakatlarga 

javob tezligi bilan ifodalanadi. 

Yosh ulg'aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo'lmaydi. 

8-10  yashar  qiz  va  o'g'il  bolalarning  chidamliligi  bir  xil  bo'ladi.  12-15  yoshda 

ayniqsa o'g'il bolalarda ortadi.14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga 

nisbatan 70%ni,16 yoshda 80%ni tashkil etadi. 

Shunday  qilib,  bolalarda  8  yoshdan  11-12  yoshgacha  yurish,  yugurish, 

sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik,chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) 

rivojlanishda  davom  etadi.  12  yoshdan  16  yoshgacha  tik    turish  va  yurishni 

ta'minlovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14-16 yoshda muskullar bilan 

birga bo'g'im, bog'lam apparati rivojlanib boradi. 




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish