Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi


Bola  qad-qomati  normal  shakllanishi  uchun  quyidagi  gigiyena



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/122
Sana20.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#179634
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122
Bog'liq
yosh fiziologiya va gigiyenasi

Bola  qad-qomati  normal  shakllanishi  uchun  quyidagi  gigiyena 

qoidalariga  amal qilish kerak. 

Bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda uxlatish kerak. 

Bolani 6 oylik bo'lgunicha o'tqazmaslik, 10 oylik bo'lguncha oyog`'ida uzoq 

vaqt  tik  turg'azmaslik  kerak,  chunki  bu  yoshdagi  bolalarning  umurtqa  pog'onasi, 

oyoq  suyaklari  egiluvchan  bo'lganligi  sababli,  tana  massasini  ko'tara  olmasdan, 

egrilanib qolishi mumkin. 

4-5  yoshgacha  bo'lgan  bolalarni  katta  odamlar  uzoq  vaqt  qo'lidan  yetaklab 

yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa 

pog'onasi egrilanib qolishi mumkin. 

Kichik  yoshdagi  bolalar,  boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  uzoq  vaqt  bir  joyda 

o'tirmasligi, 

tik 


turmasligi,uzoq 

masofaga 

yurmasligi, 

og'ir 


byumlarni 

ko'tarmasligi,  ayniqsa  doim  faqat  birqo'lida  ish  bajarmasligi  kerak.  Bularning 

barchasi  bolaning  umurtqa  pog'onasi  va  oyoq  suyaklari  egrilanib  qolishiga,  qad-

qomati buzilishiga sabab bo'ladi. 

Bolalar va o'quvchilar bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'tirishi kerak. 

O'quvchilar  parta,  stol-stulda  o'tirganda  gavdasi  tik,  yelkalari  bir  tekisda, 

beli stul suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil 

qilib  bukilsin,  oyoq  kaftining  hamma  yuzasi  polga  baravar  tegib  tursin,  ko'krak 

bilan parta qirrasi orasidagi masofa 10 smga yaqin bo'lsin. Suyanchiq oralig'i oshib 

ketsa,  o'quvchi  ishlayotganda  kursi  suyanchig'iga  tayana  olmaydi  va  bukilib 

o'tiradi.  Suyanchiq  oralig'i  kamayib  ketsa,  siqilib  qoladi.  Partaning  oldingi  cheti 

o'tirg'ichdan  3-5  sm  o'tishi  maqsadga  muvofiqdir.  Partaning  yozuv  stoli  15-25 

qiyaroq qilib tayyorlanadi.Bu ko'rinishni yengillashtiradi, kitob bir oz qiyaroq qilib 

qo'yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda ko'z bilan kitob orasidagi masofa bir 

hil  bo'ladi.  Kitob  garizontal  qo'yilsa,  o'qilganda  ko'z  moslashishi  bir  necha  marta 

o'zgaradi. 




 

60 


O'quvchilarni partaga o'tqazishda bo'yni parta raqamiga moslash zarur. Bo'yi 

eng  past  bola  110  sm,  novchasi  129-180  sm  bo'ladi.  Barcha  o'quvchilar  7  ta  bo'y 

guruhiga bo'linadi. Parta  raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo'ladi. 

Shunday  qilib,  o'quvchi  partada  to'g'ri  o'tirganda  qorin  va  ko'krak 

bo'shlig'idagi organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga 

yuk kam tushadi, ko'ziga zo'r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga  qaraganda boshni 

faqat  bir  toionga  engashtirish  odati  borligi  tufayli  har  bir  o'quv  choragida 

o'quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi. 

O'quvchilarning  jismoniy  mehnati  tashkil  etishga  doir  muayyan  gigiyena 

talablari  mavjud.  Bular  texnik  jihozlar,  xonani  shamollatish  va  mikroiqlimga 

taaluqlidir.  Dastgohlar  va  verstaklar  o'quvchilarning  bo'yiga  mos  kelish,  ish 

vaqtida  nafas  olish  va  qon  aylanishini  qiyinlashtirmaydigan  to'g'ri  tana  vaziyatini 

tanlay  bilish  kerak.  Asboblar  ham  o'quvchilarning  qo'liga  va  kuchiga  mos  qilib 

tanlanishi  lozim.  Agar  ular  katta  yoshdagi  odamlar  tutadigan  asboblardan 

foydalansa, bu avvalo qo'l  muskullarini  tez  toliqtirib qo'yadi va  suyak  to'qimasini 

mustahkamlashi  o'rniga  uning  jadal  suyaklanishiga  olib  keladi.  Bolalar  og'ir 

narsalarni  ko'tarishiga  yo'l  qo'ymaslik  darkor.  2  ta  o'quvchining  zambilda 

ko'taradigan yuki 7-8  yashar bolalar uchun 4 kgdan, 9-10 yoshdagi bolalar uchun 

6kg,  10-12  yashar  bolalar  uchun  10  kg,  13-15  yashar  va  14-16-17  yashar  bolalar 

uchun 24 kgdan oshmasligi kerak. Bitta o'quvchi shundan ikki baravar kam yukni 

ko'tarishi mumkin. 

 Yassioyoqlik.  Odam  tovon  kaftining  pastki  qismi  tayanch-harakat 

sistеmasining rеssori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og`ir yuk 

ko`targanda,  tor  poyafzal  kiyganda  oyoq  panjasi  gumbazi  yassilanadi,  natijada 

yassioyoqlik  kеlib  chiqadi.  Yassioyoqlik  natijasida  oyog``ining  tovon-  panja  va 

boldir  muskullarida  og`riq  bo`ladi.  Yassioyoqlik  tug`ma  va  hayotda  orttirilgan 

bo`ladi.  Yassioyoqlikning  tug`ilgandan  kеyin  yuzaga  kеlishi  sabablari 

quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish, 

uzoq  vaqt  tik  turg`izish,  yosh  bolaga  poshnasi  yumshoq  poyabzal  kiygizish, 

o`quvchilarning  kun  bo`yi  poshnasiz  sport  poyabzalida  yurishi,  poshnasi  baland, 

uchi  tor  poyabzallarni  kiyish,  og`ir  yuk  kutarish.  Ana  shularni  hisobga  olib, 

yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor bеrish kеrak.  

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish