Mirabilit – Na2SO4 · 10H2O. (Ko`pincha uni glauber tuzi deyiladi). Tarkibi – Na2O – 19,3%, SO3 – 24,8%, N2O – 55,9%. Monoklinal singoniyali, kristallari kalta ustunsimon qiyofaga ega. Odatda, yaxlit donador, po`stloq gard ko`rinishda topiladi. U rangsiz, shaffof, ba`zan xira sarg`ish, ko`kimtir yashilroq tusda tovlanadi. Uning qattiqligi – 1,5-2, solishtirma og`irligi – 1,5, shishadek yaltiraydi, quruq va issiq havoda, tarkibidagi suvi yo`qoladi va tenarditga aylanadi. Mirabilit suvda oson eriydi. Natriy va sulfat anionlari bilan to`yingan sho`r suvli ko`llarda hosil bo`ladi. Yirik donalari shimoliy Kaspiy bo`yida, Shimoliy-Sharqiy Qozog`istonda (Qulundi cho`llarida), Shimoliy Kavkazda Stravropoldan janubda joylashgan, bulardan tashqari AQSHning katta sho`r ko`li, Argentina va Meksikalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |