542. Shayx Ziyouddin Rumiy q. r.
Akobir avliyosidin va kummal urafosidin erdi. Va hamisha sayohatqa mashg‘ul erdi. Bir kun vaqti
xush bo‘lub qo‘pti va qasamyod qildikim, to iligimni g‘ayb eranlaridin qirq kishi iligiga
yetkurmagaymen, ayog‘din o‘lturmag‘aymen. Uch kun bu muddao va talab bila yurur erdi, to ulki bir
bodiyada bir azim masjidqa yetishti. Chun ul masjidqa kirdi, qirq kishi g‘aybdin paydo bo‘ldilar. Biri
azon aytti va qomat tushurdi va yana biri ilgari borib imomat qildi va o‘zgalari anga iqtido qildilar. Ul
dag‘i bu jamoat bila namoz qildi. Namozdin forig‘ bo‘lg‘ondin so‘ngra ul qirq g‘ayb eranlari birin-
birin aning bila dastbo‘s qilib dedilarki, marhabo, ey g‘ayb eranlari tolibi! Bu buzurgvorning qabri
Sulton Muhammad Shah b. To‘g‘lot Shohning qabri yaqinidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |