543. Shayx Najibuddin Mutavakkil q. s.
Payvasta tavakkul bila ro‘zgor o‘tkarur erdi. Va Xizr alayhissalom bila musohabat qilur erdi. Bir kun
aning harami ahli aning bila mojarovu jadal bunyod qildi va ro‘zgor faqru foqasidin shikoyat boshladi.
Va Shayx tahammul qilur erdi. Nogoh Xizr alayhissalom kirdi va tahiyyot shartin bajo kelturdi va
dedi: har kishi tahammul va burdborlig‘ni o‘z shiori qilsa, Tengri ani bizing suhbatimizg‘a yetkurgay!
Bu asnoda shahr ulug‘i qoshidin azim xonu moyida bila kullin vajh nazr kelturdilar. Zaifa chun muni
ko‘rdi, qiladurg‘on mojarosidin uyatlig‘ bo‘ldi va iztirobidin anga pushaymonlig‘ yuzlandi. Shayx
Najibuddinning munavvar marqadi Dehli shahrida Pil darvozasining tashidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |