538. Mavlono Majduddin Hoji q. s.
Ko‘prak zohir ulumig‘a olimu maxsus va ma’qul fununig‘a mohir erdi. Ahvoli mabdayida Lahovardda
bo‘lur erdi. Chun Dehli taxtig‘a mutavajjih bo‘lub yaqin yetti, Sulton Shamsuddin arkoni davlatin anga
istiqbol rasmi bila yubordi. Bu asnoda munkir va xabise Sulton arzig‘a yetkurdikim, mubtade’ keladur,
anga muncha e’zoz hojat emas. Mavlononi bir mahalda Sulton majlisig‘a yetkurdilarki, shilon tortib
erdilar. Sulton ta’zimu tabjil sharti bejo kelturdi va o‘z oldidin biryon kabutar Mavlono xidmatig‘a
yubordi. Mavlono so‘zga qirib, kabutar a’zosidin har uzvining xosiyatin bayon qilur erdi. Oncha g‘arib
maoniyu dilpazir alfoz ado qildikim, Sulton beixtiyor murid bo‘lub, ul beadablig‘ yuzidin habosat
qilg‘an kishig‘a balig‘ adab buyurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |