548. Mavlono Sarroj Hofiz r. t.
Qumustegin avlodidindurki, ul Amir Sabuktegining qardoshi erdi. Debdurlarki, ul yuzkim, xalqdin
evurub erdi va Xoliqqa kelturub erdi, bir masjid ichiga kirib va eshikni ichkaridin bog‘lar erdi va andin
chiqmas erdi. Va doim «Kalomulloh» tilovatig‘a mashg‘ul erdi. Birav eshik darzidin ehtiyot bila
mulohaza qildi, ko‘rdiki, aning qoshida bir nuroniy pir o‘lturubdurki, olam ahlig‘a o‘xshamas. Chun ul
masjiddin chiqdi, ko‘rgan kishi Mavlono xidmatig‘a borib, ul kishini so‘rdi. Mavlono hech nima
demadi. Chun mubolag‘a qildi, dediki, Xizr alayhissalomdurki, kelib, laduniy ilmini manga dars aytur.
Hind mulkida muqarrardurki, dushanba kuni bu buzurgvor ziyoratig‘a xaloyiq musharraf bo‘lurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |