537. Mavlono Raziyuddin Nabiy q. s.
Zohiriyu botiniy ulum bila orosta erdi. Aning bir shogirdi bor erdi, pisandida avsof bila mavsuf va
zuhdu taqvo sifati bila ma’ruf. Mavlono Raziyuddin olamdin o‘tgandin so‘ngra bu shogirdig‘a har
mas’alada ishkole yo ishtibohe voqe’ bo‘lsa erdi, Mavlononing mutahhar marqadig‘a borib, aning pok
ruhig‘a mutavajjih bo‘lsa erdi, ul mas’ala hallig‘a foyiz bo‘lur erdi. Bir kun mas’ala mushkul
bo‘lg‘onda ma’hud dasturi byala pir mazorig‘a borib, mutavajjih bo‘ldi. Ul tavajjuhda ani uyqu eltti.
Uyg‘ong‘andin so‘ngra hamul kitob hoshiyasidakim, ul mas’ala mushkul bo‘lub erdi, aning halli va
javobini Mavlono xati bila bitiklik ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |