486. Shayx Najmuddin Muhammad Edkoniy q. r.
Ul hazrat Shayx Ruknuddin Alouddavlaning murididur. Va umri saksonga yetgan ekandur. Yetti yuz
yetmish yettida dunyodin o‘tubdur va Isfaroyin omolidin bir hisorda madfundur. Ul debdur: Hazrat
Rasul s. a. v. qavmidakim, [savodi a’zam– Qur’onni lozim tuting va unga mahkam bog‘laning!]
1
.
487. Axiy Ali Dehistoniy r. t.
Shayx debdurlarki, arba’inda panjshanba kecha arba’inning o‘ttuz to‘qquzunchi kechasida g‘aybda
ko‘rdumki, jamoat musofirlar keldilar va oralarida bir yigit erdiki, Haq taoloning aning bila inoyat
nazari bor erdi va anga mening tarbiyatimg‘a havoladur. Chun shahodat olamig‘a keldim, xodimg‘a
dedimki, hech musofirg‘a borur ijozati berma, men chiqquncha. Qazoro, ham ul zamon musofirlar
yetishtilar. Dedimkim, masjidi jome’daki, tongla arba’in tuganmish bo‘lg‘ay musofirlarni kelturki,
ko‘rib alarg‘a ijozat berali. Tonglaki masjidg‘a bordim, musofir darveshlar keldilar va salom qildilar.
Har necha nazar qildim, ul kishiniki men ko‘rub erdim, alarning orasida topmadim. Dedim: magar
yana bir qavm yetkusidurlar. Namoz qilib, uyga kelduk. Xodim kelib dediki, bu jamoate darveshlardin
birisi magar raxtlari qoshida ekandur va masjidqa kelmagandur, darxost qiladurki shayxni ko‘rgay.
Dedim: kelsun! Eshikdin kirgach tanidimki, uldur. Salom qildi va lahzae o‘lturdi va qo‘pti va chiqti.
Xodimg‘a dedimkim, chiqib bu yigitga aytki, bir necha kun munda bizing bila bo‘lsunki, bizing aning
bila ishimiz bor. Chun xodim tashqari chiqibdurki, ul qaytib keladur. Xodim andin holni so‘rubdur. Ul
debdur: Shayxqa aytki, meni qabul qilsinlarki, darveshlar xidmatig‘a mashg‘ul bo‘layin. Xodim
debdurki, Shayx meni ushbu ish uchun yuborib erdi. Ani olib kirdi. Musofirlar bordilar va ani
xidmatqa mashg‘ul qildim. Xidmate qila boshladiki, odamedin andin yaxshiroq mutasavvar
bo‘lmag‘ay. Uch yildin. so‘ngra zikrlar aytti va xilvatlar o‘lturdi va yaxshi hollar anga yuz ko‘rguzdi.
Bir kun safarda erduk va ul bir suffada o‘lturub erdi. Mening nazarim anga tushti, ko‘rdumki, oliy
voride anga nozil bo‘ladur va pas shigarf hole anga yuzlanadur. Qo‘ptum va aning qoshig‘a bordim,
mag‘lub va ul holning masti bo‘lub erdi. Anga nahib bila dedimki, ne holdasen va ne ko‘rdung, ayt!
Dedi: aytaolman. Dedim: yoy chaynama, ayt! Va zajr bila so‘rdum, aytti. Va al-haq oliymaqom erdi,
ammo chun ko‘rdumki, anda ajabe paydo bo‘lg‘udekdur. Ani dedim nima emas va nafy qildim, bori ul
maqomda o‘zida bir nima paydo qildi; va muddati madid aning dimog‘idin ul bormas erdi, to andin
so‘ngra necha vaqtdin so‘ng samadiyat tajallisi bila mutajalle bo‘ldi. Va ul maqomedurki solikka andin
ihtiyoj yegulikka qolmas. Chun ul maqomda o‘zin ko‘rdi, g‘urure anda paydo bo‘ldi va o‘ziga dediki,
nima yemamak Haq taolo sifatidur va bu manga holo hosildur va botinida xudoylig‘ da’vosi bosh
uraboshladi va yemak tarki qildi. Har nechakim tayog‘lar erdim va tishlari orasig‘a yig‘och solib
ochib, sharbat va g‘izo og‘zig‘a soldurur erdim, yana og‘zidin to‘kar, tashlar erdi. Qo‘yduqki, o‘z
ko‘ngli bila yegay! Ham yemadi, to olti yil mundin o‘tti. Va bu dastur bila darveshlar xidmatig‘a
qiyom ko‘rguzur erdi. Bir uluq saodati bu erdiki, bovujudi da’volar va hollar hargiz o‘zin mendin
beniyoz ko‘rmadi. Va agar bu bo‘lmasa, ham avvallarda o‘q ul vartada zoe’u halok bo‘lur erdi. Va
o‘ttiz yetti yildurki, men Hazrat Shayx irshodi bila toliblar irshodig‘a mashg‘ulmen, bu toifadin ko‘pni
ko‘rdum, bu Axiy Alidekki anga dunyo lazzatig‘a va o‘z nafs hazzig‘a mayl bo‘lmag‘ay, hargiz
ko‘rmaydurmen. Va yigirma besh yildurki, darveshlar orasidadur, hech kishi andin eshitmaydur
erkinki, manga yemakdin va ichmakdin va hech jins nimadin nima kerak demish bo‘lg‘ay. Va
bovujude ulki bemorlig‘lar tortibdur, hech kishi ani takya qilg‘on ko‘rmaydur va hech kishiga
aytmaydur va hech kimdin davo tilamaydur. Alqissa ul maqomdakim g‘izodin forig‘ erdi, olti yilgacha
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |