Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Najmuddin Muhammad Edkoniy q. r



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

486. Shayx Najmuddin Muhammad Edkoniy q. r.
 
 Ul hazrat Shayx Ruknuddin Alouddavlaning murididur. Va umri saksonga yetgan ekandur. Yetti yuz 
yetmish yettida dunyodin o‘tubdur va Isfaroyin omolidin bir hisorda madfundur. Ul debdur: Hazrat 
Rasul s. a. v. qavmidakim, [savodi a’zam– Qur’onni lozim tuting va unga mahkam bog‘laning!]
1

 
 
487. Axiy Ali Dehistoniy r. t.
 
 Shayx debdurlarki, arba’inda panjshanba kecha arba’inning o‘ttuz to‘qquzunchi kechasida g‘aybda 
ko‘rdumki, jamoat musofirlar keldilar va oralarida bir yigit erdiki, Haq taoloning aning bila inoyat 
nazari bor erdi va anga mening tarbiyatimg‘a havoladur. Chun shahodat olamig‘a keldim, xodimg‘a 
dedimki, hech musofirg‘a borur ijozati berma, men chiqquncha. Qazoro, ham ul zamon musofirlar 
yetishtilar. Dedimkim, masjidi jome’daki, tongla arba’in tuganmish bo‘lg‘ay musofirlarni kelturki, 
ko‘rib alarg‘a ijozat berali. Tonglaki masjidg‘a bordim, musofir darveshlar keldilar va salom qildilar. 
Har necha nazar qildim, ul kishiniki men ko‘rub erdim, alarning orasida topmadim. Dedim: magar 
yana bir qavm yetkusidurlar. Namoz qilib, uyga kelduk. Xodim kelib dediki, bu jamoate darveshlardin 
birisi magar raxtlari qoshida ekandur va masjidqa kelmagandur, darxost qiladurki shayxni ko‘rgay. 
Dedim: kelsun! Eshikdin kirgach tanidimki, uldur. Salom qildi va lahzae o‘lturdi va qo‘pti va chiqti. 
Xodimg‘a dedimkim, chiqib bu yigitga aytki, bir necha kun munda bizing bila bo‘lsunki, bizing aning 
bila ishimiz bor. Chun xodim tashqari chiqibdurki, ul qaytib keladur. Xodim andin holni so‘rubdur. Ul 
debdur: Shayxqa aytki, meni qabul qilsinlarki, darveshlar xidmatig‘a mashg‘ul bo‘layin. Xodim 
debdurki, Shayx meni ushbu ish uchun yuborib erdi. Ani olib kirdi. Musofirlar bordilar va ani 
xidmatqa mashg‘ul qildim. Xidmate qila boshladiki, odamedin andin yaxshiroq mutasavvar 
bo‘lmag‘ay. Uch yildin. so‘ngra zikrlar aytti va xilvatlar o‘lturdi va yaxshi hollar anga yuz ko‘rguzdi. 
Bir kun safarda erduk va ul bir suffada o‘lturub erdi. Mening nazarim anga tushti, ko‘rdumki, oliy 
voride anga nozil bo‘ladur va pas shigarf hole anga yuzlanadur. Qo‘ptum va aning qoshig‘a bordim, 
mag‘lub va ul holning masti bo‘lub erdi. Anga nahib bila dedimki, ne holdasen va ne ko‘rdung, ayt! 
Dedi: aytaolman. Dedim: yoy chaynama, ayt! Va zajr bila so‘rdum, aytti. Va al-haq oliymaqom erdi, 
ammo chun ko‘rdumki, anda ajabe paydo bo‘lg‘udekdur. Ani dedim nima emas va nafy qildim, bori ul 
maqomda o‘zida bir nima paydo qildi; va muddati madid aning dimog‘idin ul bormas erdi, to andin 
so‘ngra necha vaqtdin so‘ng samadiyat tajallisi bila mutajalle bo‘ldi. Va ul maqomedurki solikka andin 
ihtiyoj yegulikka qolmas. Chun ul maqomda o‘zin ko‘rdi, g‘urure anda paydo bo‘ldi va o‘ziga dediki, 
nima yemamak Haq taolo sifatidur va bu manga holo hosildur va botinida xudoylig‘ da’vosi bosh 
uraboshladi va yemak tarki qildi. Har nechakim tayog‘lar erdim va tishlari orasig‘a yig‘och solib 
ochib, sharbat va g‘izo og‘zig‘a soldurur erdim, yana og‘zidin to‘kar, tashlar erdi. Qo‘yduqki, o‘z 
ko‘ngli bila yegay! Ham yemadi, to olti yil mundin o‘tti. Va bu dastur bila darveshlar xidmatig‘a 
qiyom ko‘rguzur erdi. Bir uluq saodati bu erdiki, bovujudi da’volar va hollar hargiz o‘zin mendin 
beniyoz ko‘rmadi. Va agar bu bo‘lmasa, ham avvallarda o‘q ul vartada zoe’u halok bo‘lur erdi. Va 
o‘ttiz yetti yildurki, men Hazrat Shayx irshodi bila toliblar irshodig‘a mashg‘ulmen, bu toifadin ko‘pni 
ko‘rdum, bu Axiy Alidekki anga dunyo lazzatig‘a va o‘z nafs hazzig‘a mayl bo‘lmag‘ay, hargiz 
ko‘rmaydurmen. Va yigirma besh yildurki, darveshlar orasidadur, hech kishi andin eshitmaydur 
erkinki, manga yemakdin va ichmakdin va hech jins nimadin nima kerak demish bo‘lg‘ay. Va 
bovujude ulki bemorlig‘lar tortibdur, hech kishi ani takya qilg‘on ko‘rmaydur va hech kishiga 
aytmaydur va hech kimdin davo tilamaydur. Alqissa ul maqomdakim g‘izodin forig‘ erdi, olti yilgacha 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish