489. Amir Sayyid Ali b. Shihob b. Muhammad Hamadoniy q. s.
Ulumi zohiriyu botinida jome’ ermish. Va ahli botin ulumida musannafoti bor: «Asror un-nuqta»
kitobidek va «Asmoulloh» sharhidek va «Fusus ul-hikam» sharhi va «Qasidai xamriyai Foriziya»
sharhidek va bulardin o‘zga ham. Alar Shayx Sharafuddin Mahmud b. Abdulloh Mazdaqoniyning
murididurlar, ammo odobi tariqat kasbi sohibus-sirr, baynal aqtob Taqiyuddin Ali Do‘stiy q. r. qoshida
qilibdurlar. Va chun Shayx Taqiyuddin Ali Do‘stiy dunyodin o‘tubdur, yana ruju’ Shayx Sharafuddin
Mahmudqa qilibdurlar. Va debdurlarki, farmon nedur? Shayx tavajjuh qilib debdurki, farmon
uldurkim, olamning aqsoyu bilodida kezgaysen. Alar uch qatla rub’i maskunni evrulubdurlar. Va ming
to‘rt yuz valiy suhbatig‘a musharraf bo‘lupturlar va to‘rt yuzni bir majlisda topibdurlar va yetti yuz
sakson oltida zulhijja oyining oltisida Kabru Savod viloyatining yaqinida olamdin o‘tupturlar. Va
muborak jismlarin Xuttalong‘a naql qilibdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |