www.ziyouz.com
kutubxonasi
152
imtisoli qildim, ammo bu jihatdinki, ul fursatda Xoja Abdurrahmon Gahvoragar q. s. Isjilda bir tosh
ustida o‘lturur erdiki, Shayx Muhammad Xolid qabri boshidadur. Va buyuk so‘zlar aytur erdi va
Mavlono Raziyuddin Ali xidmatlari g‘oyat tasharru’da erdilar. Men mutafakkir bo‘ldimki,
bo‘lmag‘ayki, alar orasida amre voqe’ bo‘lg‘ayki, ul baliyatdin sa’broq bo‘lg‘ay. Chun Isjilg‘a yaqin
yettuk, birav yo‘luqdi. Aidin Xoja ahvolidin so‘rdum. Dediki, emdigacha tosh ustida o‘lturub erdi,
nogoh qo‘pdi va dediki, bir qoj keladurki, men aning bila kalla ura olmasmen. Va ul yaqinda bir haros
erdi, anda kirdi va bir chuqurg‘a kirib yashundi. Biz chun kentga yettuk va mazor boshig‘a tushtuk va
kent ahli yig‘ildilar va g‘avg‘o qo‘pdiki, viloyat hokimi Amir Ali Bek Xoja ziyoratig‘a keladur. Kent
ahli Mavlonog‘a dedilarki, Xoja sizing keladurganingiz jihatidin falon harosda bir chuqurg‘a kiribdur.
Agar hokim ani topmasa, shoyadki bizga g‘azab qilg‘ay! Mavlono xidmatlari ul harosqa mutavajjih
bo‘lub, ul chuqur ustiga yetib, Xojaga dediki: mehmonni mundoq tutqaylar, Xoja chiqib, ikkalasi
quchushub, Xoja Mavlononing qulog‘ig‘a bir so‘z ayttiki, Mavlonog‘a yig‘lamoq yuzlandi va yig‘lay
boshladi. Va muddate ul yerda turib erdilarki, birav dediki, Amir Ali Bek tashqari intizor tortadur.
Mavlono xidmatlari Xojag‘a tanbih qildilar, Xoja chiqib, Alibek bila ko‘rushdilar. Va dedilarki, [hoy
mo‘g‘ulgina, ket!]
1
. Ul azimat qilgach Xoja: [Mo‘g‘ulgina ketginki, aziz mehmonim. bor!]
2
der erdi.
Va ul yugurur erdi, to nazardin g‘oyib bo‘ldi. Andin so‘ngra Xoja bila Mavlono ziyorat boshig‘a
keldilar va men xatm og‘oz qildim. Tilovat asnosida Xoja buyuk so‘zlar bunyod qildi. Mavlono hay
urdi va Xoja tik turdi va majlis oxirig‘acha hech so‘z o‘tmadi. Va alarning himmati barakotidin Tengri
taolo ul baloni daf’ qildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mundoq bitibdurlar. Ammo
bu faqir Xoja Hofiz boridinki darvesh kishi erdi va Shayx Hofiz Umar q. s.ning muxlis muridlaridin
erdi, mundoq istimo’im borki, Xoja buyuk so‘z bunyod qilg‘ondin so‘ngra Mavlono hay urubdur. Xoja
andin so‘ngra Mavlononing qulog‘ig‘a so‘z aytibdurki, Mavlono yig‘labdur va ko‘p niyozmandlig‘lar
qilibdur. Mavlonodin maxsus muridlari ul kayfiyatni tahqiq qilg‘andin so‘ngra mundoq debdurlarki,
yigitligimdaki, tahsilg‘a mashg‘ul erdim va faqr tariqi suluki doyim ko‘nglumga o‘tar erdi va orzum
bor erdi. Bir kecha voqe’ada ko‘rdumki, ikki kishi meni yotkurdilar va ko‘ksumni yordilar va
ko‘nglumni chiqarib, birisi oftoba bila suv quydi va birisi ko‘nglumni yudi va yana ko‘ksumga soldilar
va butkardilar. Men ul voqe’a ko‘rgali tahsil ishin barham urub faqr tariqi sulukini ixtiyor qildim. Bu
zamonki, men Xojaga buyuk so‘z aytqon jihatidin gustoxona hay urdum, og‘zin qulog‘img‘a kelturub
dediki, muncha yil burunroq falon ta’rixdaki sen tahsilg‘a mashg‘ul erding, voqe’ada Xizr bila menkim
seni yotqurduq va ko‘ksungni yorduq va ko‘nglungni chiqarib, birimiz su qo‘yub, birimiz yub, yana
ko‘ksungni butkarduk. Va ul ish sanga bois ul bo‘ldiki, faqr yo‘li sulukiga mashg‘ul bo‘ldung, ul
haqguzorlig‘durki, holo bizga hay urarsen. Ul zamon yig‘lamog‘im boisi bu erdi. Muridlar barcha
quloq tutub, Xojag‘a o‘zga aqida qildilar. Va Xojaning qabri Mashhad viloyatida Gurmakon degan
kentdadur, vallohu taolo a’lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |