484. Shayx Abulmakorim Ruknuddin Alouddavla Simnoniy q. s.
Alar aslda Simnon mulukidindurlar. O‘n besh yashag‘ondin so‘ngra vaqt sultoni xidmatig‘a ishtig‘ol
ko‘rguzdilar. Bir urushdaki sultong‘a a’do bila voqe’ erdi, alarg‘a jazbae yetti. Andin so‘ngra olti yuz
sakson yettida Bag‘dodda Shayx Nuruddin Abdurrahmon Kasirqiy suhbatig‘a yetishtilar, ul vaqtdaki
Hijoz safaridin murojaat voqe’ bo‘lub erdi. Va olti yuz sakson to‘qqizda irshod izni toptilar. Va yetti
yuz yigirmada Sakkokiya xonaqohida o‘n olti yil muddatda yuz qirq arba’in chiqardilar. Derlarki, soyir
avqotda yana yuz o‘ttuz arba’in ham chiqaribdurlar. Chun yoshlari yetmish yetti yilg‘a yetishti, yetti
yuz o‘ttuz oltida rajabning ikkisida jum’a kechasi So‘fiobodning burji ahrorida olamdin o‘ttilar. Va
Qutbi-zamon Imoduddin Abdulvahhob hazirasida madfun bo‘ldilar. Bir kun darvishe alardin savol
qildikim, chun bu badang‘a tufroqta idrok yo‘qdur va ruh andin muforiq bo‘lubdur va arvoh olamida
hijob yo‘qdur, ne ihtiyojdur qabr boshig‘a bormoq? Chun har maqomdaki, bir buzurgning ruhig‘a
tavajjuh voqe’ bo‘lubdur, ham-uldurki kishi qabri boshig‘a boribdur. Shayx dedilarki, ko‘p foydasi
bor. Biri bukim, birovki bir azizning qabri ziyoratig‘a borur, har necha ul yonki qadam qo‘yar, tavajjuh
ko‘prak bo‘lur. Chun tufrog‘i boshig‘a yetar, hissi dog‘i ul tufrog‘ni mushohada qilur va tavajjuhda
hissi dog‘i mashg‘ul bo‘lur va kulliy mutavajjih bo‘lur, foyda ko‘prak bo‘lur. Yana bir buki, har
nechaki ruhda hijob yo‘qdur va barcha olam anga birdur, ammo badaneki tamom tiriklik ayyomida
aning bila suhbat tutmish bo‘lg‘ay va aning badan mahshuri ,bo‘lg‘ayki, hashrdin so‘ngra abad ul-
abadki, bo‘lg‘usidur, aning bila bo‘lg‘ay, ul mavze’g‘a nazar va taalluqi ko‘prak bo‘lg‘usidur o‘zga
yerdin. Bu so‘zdin so‘ngra hikoyat qildiki, bir vaqt Junayd q. s. xilvatida bo‘lur erdim. Va anda zavq
tamom yuzlanur erdi. Junayd vositasidinki, ul xilvatda bo‘lur ermish. Chiqdim, dag‘i aning qabri
boshig‘a bordim, xilvatidag‘i zavqni topmadim. Bu ma’noni Shayx q. s. xidmatida arz qildim.
Dedilarki, ul zavqni Junayd jihatidin toptingmu? Dedim: bale! Dedilarki, mavze’i ma’lumdurki ul
umrida necha qatla anda bo‘lmish bo‘lg‘ay. Har qachon zavq yetsa, badaneki topar ekandur, aning bila
musohib ekandur, avvaledurki zavq ko‘prak hosil bo‘lg‘ay, ammo shoyadki tufrog‘i boshida hech
mashg‘ullig‘idin tavajjuhda taqsire voqe’ bo‘lmish bo‘lg‘ay. Oxir bir xirqaeki ahli dile ani kiymish
bo‘lg‘ay, aning zavqi mushohada bo‘lur va badan xirqadin yaqinroqdur. Va ziyoratiing favoyidi
ko‘pdur. Masalan, birav mundin Hazrat Risolat s. a. v. ruhoniyatig‘a tavajjuh qilsa, fayz topar. Ammo
agar Madinag‘a borsa, ul Hazratning mutahhar ruhi aning ul azimatidin va yo‘l ranji tortqondin chun
voqifdur va Madinag‘a yetkandin so‘ngra dog‘i his bila ul Hazratning ravzasini ko‘rsa va zohir va
botin bila mutavajjih bo‘lsa, munung foydasig‘a aning foydasi bila ne nisbatdur? Va mushohada
ahlig‘a bu ma’no tahqiqdur. Va alar debdurlarki, anbiyo aning uchun kelibdurlarki, xalqning ko‘zlarin
o‘z ayblarin ko‘rarga ochqaylar, to o‘z ayblarin va Haq taoloning kamolin va o‘z ajzin va aning
qudratin va o‘z zulmin va aning adlin va o‘z mazallatin va aning izzatin va o‘z jahlin va aning ilmin va
o‘z bandalig‘in va aning xudovandlig‘in va o‘z faqrin va aning g‘inosin va o‘z taqsirin va aning
ne’matlarin va o‘z fanosin va aning baqosin bilgaylar va botin ko‘zlari munga biyno bo‘lg‘ay. Va ham
ushbu qiyos bila shayx ham aning uchundurki, muridlar ko‘zin bu ma’nig‘a ochg‘ay. Pas, har necha
murid o‘z kamoli isbotig‘a ko‘prak ko‘shish qilg‘ay, yo amale qilg‘ayki, aning kamoli zohir bo‘lg‘ay.
Shayxqa andin ranj ko‘prak yetishgayki, shayx bu ranjlarni aning uchun tortarki, muridning nafsining
o‘z kamolin ko‘rar ko‘zin tikkay va Haqning kamolin ko‘rar ko‘zin yorutqay. Va ul har lahza o‘z
kamolin ko‘rarga bir ko‘z ochqay, pas, shayxning ranji zoe’ otig‘a ko‘shish qilg‘ay o‘z haqqida.
Darvesh kerakki, o‘z nafsi kaminida bo‘lg‘ay, to har ko‘zki, o‘z kamolin ko‘rarg‘a ochqay, filhol ani
tikkay. Va agar mundoq ( qilmasa, anga xabar bo‘lg‘uncha nafs aning har sari mo‘yidin o‘z kamolin
ko‘rarga bir ko‘z ochqay va Haqning kamolin ko‘rardin ko‘r qilg‘ayki, nafsning odati budur. Ham alar
debdurlarki, Tengri taolo to kishining sirrin el ko‘zidin yopmog‘uncha, va ani xalq ko‘zidii
yashurmog‘uncha, mumkin ermas ul kishi valoyat martabasig‘a yetmak. Va [do‘stlarim qubbalarim
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |