Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqish
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos- lashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qarabadi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasi- ni tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor rivojlanishin- ing qisqa tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi, bozord- agi xulq-atvorining strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish qarab nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beri- ladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning im- koniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kom- paniyaning yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar,
strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqyei va korx- ona holatining bog’liqligiga ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi. Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, qishloqiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi, pastki bo’g’in uchun tuzilgan dastur- larda esa har bir savol yoritib beriladi. Muddatiga ko’ra, marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Qamrab olinayotgan vazi- fasiga ko’ra, oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha masalalarni hal etishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Quyidagi 4.3.1-rasmda marketing dasturi majmui jarayoni keltirilmoqda.
4.3.1-rasm. Marketing dasturi majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |