Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning musiqiy faoliyat mazmuni.


Maktabgcha ta‘lim tashkilotlarida kampozitorlar ijodi bilan tanishtirish



Download 29,48 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi29,48 Kb.
#891439
1   2   3   4
Bog'liq
2 5242738596791722827

4. Maktabgcha ta‘lim tashkilotlarida kampozitorlar ijodi bilan tanishtirish.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Musiqa san’ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta’sir o‘tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o‘rin tutayotgan musiqa kishiga butun hayot davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa yagona san’at bo‘lib, inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug‘yonini yorqin ifodalash qudratiga yega. Demak, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalashda musiqaning ham munosib o’rni borligi ayni haqiqat, bolani estetik tarbiyalashdek sharafli ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bizga, ya’ni, bo’lajak kadrlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va qat’iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan . Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivozida kuchi ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakillanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqalididni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va manaviy kayfiyatning ulkan manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning mazmuninmi tushunish va his yetishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok yetishiga bevosita bog‘liqdir. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta’sir kuchini e’tirof yetgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks yettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. “Tib qonuni” asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, gudakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta’riflaganlar: “Gudakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo‘shig‘i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi – ruhiga tegishlidir”. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 1997 yil qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”lariga asosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish yehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq – puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi. Musiqali idrok yetishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalar bilan bog‘liq, umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatga jalb yetish, badiiy musiqaga estetik idrok yetishni va yemotsional o’zlashtirishni rivojlantirish, unga muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalarda badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
KOMPOZITOR (lot. compositor — tuzuvchi, ijod etuvchi) —
1) koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori. „K.“ atamasi 16-asrga kelib Italiyada keng tarqalgan. K.lik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga maxsus (kompozitsiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab etadi. K. nota yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan anʼanaviylik mezoniga tayanib monodiya tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi.
Oʻzbekistonda K.lik ijodiyoti 19-asrning oxiri (V.Leysek va boshqalar), ayniqsa, 1920— 30 yillardan boshlab (V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel va boshqalar) jadal ri- vojlandi. Mahalliy K.lardan M. Ashrafiy, T. Sodiqov, M.Leviev, M. Burhonov,S. Yudakovlarning ilk ijodiy tajribalari 1930— 40 yillarga mansub. 1950—60 yillarda Ik. Akbarov, S.Boboev, Ъ.Gienko, X,.Rahimov, F.Yanov-Yanovskiy, R.Hamroev, T.Qurbonov, R.Vildanov, Sayfi Jalil, 1970—90 yillarda esa D.Saidaminova, N.Zokirov, R.Abdullaev, M.Bafoev, M.Tojiev va boshqa koʻp ovozli musiqaning turli janrlarida katta yutuqlarga erishdilar. Mustaqillik davrida Oʻzbekiston K.larining ijodi yangi bosqichga koʻtarildi. Yosh K.lardan A.Mansurov, D.Omonullaeva, K.Ergashev, D.Yanov-Yanovskiy, N.Gʻiyosov va boshqa musiqa hayotiga, shu jumladan, estrada va kino musiqasi, simfonik hamda kamer musiqasi janrlari rivojiga salmokli hissa qoʻshmoqda;
2) shaxmat sohasida oʻzining mustaqil oʻyin uslubi (kompozitsiyasi)ni yaratuvchi ijodkor.
Download 29,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish