Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 156,74 Kb.
Sana12.04.2020
Hajmi156,74 Kb.
#44098
Bog'liq
tolerantlik-vazira

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM USLUBIYOTI KAFEDRASI
Umumiy pedagogika fanidan

KURS ISHI
MAVZU: TOLERANTLIK SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA

Bajardi: Usmonova Vazira

5111700-boshlang‘ich ta’lim va

sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi

4-3BTU-14 guruh talabasi


Ilmiy rahbar: R.Rajabova

o‘qituvchi




Reja:

Kirish

I bob. Tolerantlik tushunchasining mohiyati

    1. Tolerantlik tushunchasining mohiyati va mazmuni

    2. Tolerantlik shakllanishining ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy –ma’rifiy negizlari

II bob. Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida

2.1. Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida

2.2. Globallashuv jarayonida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati

Xulosa

Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: O’zbek xalqi o’zining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o’zida ajoyib fazilatlarni rivojlantirib kelayotgan xalqlardan biridir. Uning bu fazilatlari mustaqillik yillarida yanada ham yorqin nomoyon bo’ldi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz o’zining azaldan mavjud bo’lgan yaratuvchanlik, bunyodkorlik, barqarorlik va bag’rikenglik kabi qadriyatlarini qayta tikladi.

Prezidentimiz Islom Karimov bu haqida quyidagicha ta’kidlagan edi: “Biz xalqimizning aql –idroki mustahkam irodasi, bag’rikengligi va insonparvarligiga tayangan holda bu borada amalga oshirilgan bir qator ishlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda”. 1

Insoniyat keng qamrovli tushuncha bo’lib u o’z ichiga yer kurrasidagi barcha insonlarni, ularning millati tili, urf-odati, an’ana va qadriyatlaridan qat’iy nazar yagonadir. Ammo ular qanchalik “yagona” bo’lmasinlar, nafaqat ana shu o’ziga xos bilimlari, shuningdek, inson, millat va xalq sifatida nomoyon bo’lishlari bilan ham o’zaro farqlanadilar. Ayniqsa ular millat omili darajasida yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki millatni o’ziga xos tili, urf-odat, an’ana, qadriyat va mentaliteti bilan o’zligini namoyon etadi hamda ularni saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi.

“Millat real shaxslar orqali namoyon bo’ladi. U til, urf-odat, an’analar, qadriyatlar, o’zligini anglash ruhiyatini umumiy bo’lgan shaxslar majmuasidan iborat”.

Shaxslar majmuasidan iborat bo’lgan millat qanchalik murakkab bo’lmasin u butun insoniyatning manaviy va moddiy boyligi, go’zalligining timsoli hisoblanadi. , yani paytda uning o’ziga xosligi bilan bir qatorda manfaatlari ham mavjudligi va cheksizligini hisobga olsak, millatning tinch va barqarorlikda yashasshlari uchun ular ongida o’zaro tolerantlilik, birdamlik manfaatlarini hisobga olishning muhim omili bo’lgan tolerantlilikni shakllantirish amaliy ahamiyatga egadir.

O’zbeklar azal-azaldan o’zida tolerantlik tuyg’ulariga boy millat hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek “ota bobolarimiz necha asrlar moboynida shu bepayon mintaqada qanday hamjihat bo’lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo’lsa, tarix va hayot qadrini tabiatning o’zi bizni-butun O’rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do’stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda ” Haqiqatdan ham mintaqamizda millatlar va xalqlar o’rtasida hamjihatlik barqarorlik rivojlanib borganligi bois ular o’rtasidagi munosabatlardagi bag’rikenglik qadriyat darajasida mustahkamlanib bormoqda.

Hozirgi davrda millatlarning o’zligini anglashga o’z manfaatlarini himoya qilishga, urf-odat, an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish hamda ularni dunyo xalqlari o’rtasida ommalashtirishga qaratilgan harakat kuchayib bormoqda . Bu jarayon o’z navbatida turli milliy va xalqlar o’rtasida o’zligini himoya qilishga bo’lgan intilishlarida tolerantlik tuyg’ularini toboro takomolllashib borishini taqozo qiladi. Tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar tizimida alohida o’ringa egadir.

Yoshlarda tolerantlik sifatlarini shakllantirishda Sharq mutafakkirlari merosining o’rni kattadir.

Xususan, tolerantlik tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kun sayin bizning ijtimoiy hayotimizdan chuqurroq o’rin olmoqda va o’z dolzarbligini namoyon qilmoqda.



Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Tolerantlikni zamonaviy tushunish va anglash jarayonlari XX asrning sо’nggi choragidan boshlangan. 1995-yili 16-noyabrda Parij shahrida YUNESKO tashkilotining yigirma sakkizinchi Sessiyasida 185 ta dunyo davlatlari ishtirokida “Tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasi imzolandi. Ushbu deklaratsiya YUNESKO tashkilotining Bosh Assambleyasi konferensiyasining 5. 61 Rezolyusiyasi bilan tasdiqlandi. Mazkur hujjat tolerantlikni dunyo rangba-rangligi asosidagi erkinlik huquqi sifatida baholaydi. Shu davrdan boshlab 16-noyabrni dunyo miqyosida tolerantlik kuni sifatida nishonlash an’anaga aylandi.

Ma’lumki hozirgi davr turli mafkuraviy ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashishi bilan xarakterlanadi. Ular sirasida diniy aqidaparastlik, diniy riyokorlik, “soxta demokratiyalar”, “rangli inqiloblar”, “preventiv revolyusiyalar” kabi mafkuraviy tazyiq va zamonaviy mafkuraviy tahdidlar sog’lom tafakkur, davlat va millat ozodligini muhofazalashga qaratilgan, milliy manfaatlar asosiga qurilgan g’oyalarni shakllantirishga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi.

Shu jihatdan Prezident I. A. Karimovning “О’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ilgari surilgan ozodlik, mustaqillik, bugungi tinch osuda hayot о’z –о’zidan kelmagani ularning barchasi tinimsiz kurashlar, qiyinchilik va yo’qotishlar, uyqusiz tunlar, izlanish va yaratishlar, ba’zan o’ta iztirobli, ba’zida quvonchli intilishlar mahsuli ekanligini yoshlarga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. 2

Mustaqillik yillarida tolerantlik tushunchasi mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish, yoshlar tafakkurida tolerantlik tafakkurini shakllantirishga doir ilmiy tadqiqotlarga keng e’tibor berila boshlandi. Aynan mustaqillik yillarida tolerantlikning falsafiy-ma’naviy qirralarini tadqiq etish borasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Chunki Sobiq Ittifoq sharoitida diniy e’tiqodni inkor etish mafkurasi hukmronligi bois tolerantlik tushunchasi yot g’oyalar tarkibidan o’rin olgan bo’lib, mustaqillik ana shu xato holatning to’g’rilanishiga, uning ilmiy idrok etish jarayoniga qaytishiga imkon yaratdi. Tolerantlik ijtimoiy-siyosiy va falsafiy tushuncha sifatida mafkuraviy jarayonlarga yangitdan kirib keldi. Tolerantlik tafakkuri ko’p qirrali jarayon bo’lib, uning turli yo’nalishlari asosida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish faoliyati boshlandi.

Tolerantlik ilmiy-nazariy jihatdan yaxlitlikda va maxsus holda pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinmagan bo’lsa-da, “komil inson” tarbiyasi, yoshlarni ma’naviy barkamol etib shakllantirish, bu jarayonda diniy bag’rikenglikning ahamiyati, ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatlari doirasida talqin qilingan bag’rikenglik, bag’rikenglik va milliy o’zlikni anglash, bag’rikenglikni tarbiyalashning turli pedagogik xususiyatlari kabi masalalar faylasuf va pedagog olimlar M. Imomnazarov, Q. Nazarov, O. Musurmonova, S. Nishonova, M. Quronov, SH. Qurbonov, I. G. Karimova, G. R. Akramova, G. N. Navro’zova, N. Ortiqov kabi pedagog olimlar tomonidan umumiy mavzular doirasida izohlanadi. Xususan, tolerantlikning ijtimoiy-siyosiy voqelikdagi zaruriyati, uning o’ziga xos xususiyatlari M. Sharifxo’jayev, M. Radjabova, Z. Qodirova, Z. Munavvarov, Z. Husnutdinov, D. Alimova, H. Boboyev, E. Karimov, A. Zakurlayev, A. Tiksanov kabilar tomonidan umumiy tarzda o’rganilgan. Ko’pchilik tadqiqotlarda bag’rikenglik ijtimoiy-falsafiy sintegma sifatida ta’kidlanadi, biroq uning ichki mohiyati hanuz yaxlit tarzda o’rganilmadi. Shu bilan birga tolerantlikning mazmuni, uni shakllantirishning xususiy jihatlari borasidagi pedagogik tadqiqotlar kamchilikni tashkil qiladi3.

So’nggi yillarda tolerantlik tushunchasining falsafiy, ijtimoiy va pedagogik jihatlari rus olimlari tomonidan ancha keng ishlandi. A. G. Asmolov, A. A. Bodalev, R. R. Valitova, G. D. Dmitriyev, M. S. Mirimanova, D. V. Zinovyev, B. 3. Vulfov va boshqalar tomonidan tolerantlik falsafiy-ma’naviy tushuncha, shaxs shakllanishining zaruriy elementi, jamiyatdagi ijtiomiy-siyosiy ziddiyatlar tizimidagi yashash uslubi tariqasida chuqur tahlil etiladi. Tolerantlikni shakllantirishning boshlang’ich va o’rta ta’lim bosqichlari uchun yangi pedagogik texnologiyalari ishlab chiqiladi.

Chet el olimlaridan Riyerdon Betti E. , T. Adorno, M. Xorkeymer, J. Ellport, S. Mendus, S. Heller, J. A. Havrins kabilar tolerantlik tushunchasining nazariy asoslari, ilmiy-semantik mazmuni, uni tarbiyalashning huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy qirralari, tolerantlik va zamonaviy jamiyat ziddiyatlari masalalarini o’rganadilar.

B. J. Umarov “Ma’naviy – ma’rifiy faoliyat jarayonida bolalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish pedagogik asoslari”, M. Turdiyeva esa “Oliy ta’lim muassasalari bolalarida pedagogik–tafakkurini shakllantirish bo’yicha tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.



Tadqiqot maqsadi: tolerantlik sifatlarini shakllantirish jarayonini samarali kechishini ta’minlovchi pedogogik shart-sharoitlarini aniqlash va Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish

Tadqiqot obyekti: Sharq mutafakkirlari merosida tolerantlik tushunchasi

Tadqiqot predmeti: Sharq mutafakkirlari merosida tolerantlik – bag’rikenglik tushunchasining berilish jarayoni .

Tadqiqot vazifalari:

1) Muaommoga oid ilmiy-tarixiy, falsafiy, pedogogik manbalarni o’rganish tahlil qilish va umumlashtirish, pedogogik manbalarni o’rganish tahlil qilish va umumlashtirish;

2) Sharq mutafkkirlari merosida tolerantlik g’oyalarining berilishini tahlil qilish va yoshlar ongiga ushbu bag’rikenglikni singdirish yo’llarini ishlab chiqish;

3) O’quvchilarni tolerantlik sifatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyat mazmunini ilmiy jihatdan asoslash;

4) O’quvchilarda tolerantlik bo’yicha muayyan nazariy bilim hamda amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi mezonlarni ishlab chiqish.

Tadqiqot metodi: Tadqiqot mavzusiga oid nazariy, metodik, pedagogik adabiyotlarni o’rganish va umumlashtirish, kuzatish, anketa, savol-javob;

Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Krimov asarlarida ilgari surilgan fikrlari, qarorlari va davlat dasturlari mavzuga oid ilmiy pedogogik, ijtimoiy-psixologik, tarixiy-falsafiy manbalar.

Kurs ishini tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 reja, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB

TOLERANTLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI


    1. Tolerantlik tushunchasining mohiyati va mazmuni

Tolerantlik, ya’ni “bag’rikenglik” tushunchasi o’ziga xos sinonim va antonimlarga ega bo’lgani holda, manbalarda turlicha izohlanadi. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasida unga: “Bag’rikenglik-o’zgalar turmush tarzi xulq atvori, odatlari his tuyg’ulari fikr mulohazalari g’oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo’lish”, -deb ta’rif berilgan. Ijtimoiy ensiklopedik lug’atda: “Tolerantlik-ijtimoiy ishninng boshqaruv tamoyili, guruhlar va ijtimoiy hamjamiyatlar o’rtasidagi madaniy irqiy va boshqa tafovutlarni tan olish, odamlarning tashqi qiyofasi, hatti-harakati, qadriyatlar yo’nalishi va ulardagi farqlarga nisbatan bag’rikenglikdir”, -deyilgan. Bu bilan bag’rikenglik insonning ichki ruhiy holati uning ongi, haqiqatgo’yligi ko’tarinki kayfiyati, ishga munosabati, salomatlik darajasi, qiziqishi, ishonchi, xavfsizligi, qo’rquv hissi, ochko’zligi javobgarlikni o’z zimmasiga olishi ishq muhabbati kuchliligi insonlar haqiqatdan ochiqdan ochiq gapira olishi yetakchi bo’la olishi, sustkashligi, tabiatan o’z hususiyatlarini muvofiqlashtira olishi, muloqot va munosabatga yengil kirisha olishi, ruhiy tetikligi kabilar)eknligi tasdiqlanadi.

Tolerantlik terminini ingliz olimi P. Medaver tomonidan ko’chirilib o’tkazilgan

Begona to’qimaga nisbatan organizmimmun sistemasi “chidamliligi ” ko’rsatish maqsadida taklif etilgan”.

Xuddi shunday tarif sotsiologik ensiklopedik lug’atda ham quyidagicha kiritiladi. Tolerantlik(lotincha-“chidamoq”)-a) o’zgalar turmush tarziga, xatti-harakatiga urf-odatlariga his tuyg’ulariga nisbatan chidamlilik-b) noqulay emotsional omillarga nisbatan chidamlilikdir.

Z. Xusniddinov esa bu tushunchaga quyidagi ta’rifni bergan. “Tolerantlik(lotincha “tleranc”-chidamoq) umumiy ma’noda biror narsa, hodisani o’zgacha fikr yoki qarashni o’z shaxsiy tushunchalaridan qatiy nazar imkon qadar chidam va toqat bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etib boshqa shaxsiy etiqodi o’zga dinga uning vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabat da bo’lishni turli din hamda konferensiya vakillari e’tiqodida aqidaviy farqlar bo’lishiga qaramay ularning yonma-yon va o’zaro tinch totuv yashashini anglatadi. Diniy tolerantlik to’la ijtimoiy teng huquqlilik inson erkilligiga nisbatan zo’rlikni qaralovchi qarashlar va munosabatlarda yaqqol namoyon bo’ladi”.

Yoshlar faoliyati bilan bo’glab o’rganishga harakt qilgan Z. R. Qodirova, A. J. Sharipov, V. Alimasov, E. Karimova, Shmadyevalar birgalikda yozgan kitoblarida quyidagi ta’rifni berganlar: “tolerantlik-bu xilma xillikdagi uyg’unlikdir. Bu jahon madaniyatining hilma hillligi, o’zligimizni namoyon qilish shartlari va insoniy fazilatlarni ifodalash usullariga hurmat va uni qabul qilishdir ”

Tolerantlik tushunchasiga bir qadar kengroq qarash tadqiqotchi E.Karimova tomonidan berilgan tarifda uchraydi. unig fikricha “…tolerantlik odamlarga mehr muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish insonning, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uning shaxs sifatida erkinligi va huquqlarini taminlash kabi g’oyalar bilan sug’orilgan diniy, falsafiy, huquqiy, axloqiy va shular kabi barcha insoniy qarashlardan iborat progressiv dunyoqarashning asosi bo’lib hizmat qiladi. ”Tolerantlik tuhunchasiga psixologik nuqtai nazardan tarif berish uning turli munosabatlarda namoyan bo’lish xususiyatlarini ochib berishga harakatlar ham mavjud. Jumladan, psixolog olima profesor V. M. Karimova shunday yozadi: “Psixologiya nuqtai nazaridan tolerantlik (lotincha- “tolerantia”-sabrlilik –chidam insoniy bag’rikenglikning bir ko’rinishi yoki ifodasi bo’lib, inson uchun yoqimsiz noxush bo’lgan biror omilga nisbatan qat’iy javobning yo’qligi yoki uning kuchsizligini bildiradi. O’sha vaziyat yoki omil qanchalik shaxsga yoqmasa-da u bunga chidaydi, bosiqlik qiladi, kerak bo’lsa moslashadi.

1995-yil 25-oktabrda, 16- noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta’lim fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzulmasi YUNESKO Bosh Konfferensiyasining Parijdagi yigirma sakizinchi sessiyasida “Biz birlashgan millat xalqlari, kelajak avlodlarni urush halokatlaridan xalos qilish istagi bo’lgan yana bir bor insonning asosiy huquqlariga shaniga va inson shaxsining qadr qimmati ga nisbatan ishonchni tasdiqlab va shu maqsadlarda bag’rikenglikni namoyon qilib va o’zaro tinch va yaxshi qo'shnilarni ahil yashashga chaqiramiz”degan fikrlariga yodda tutish darajasi inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan xalqlar qabul qilgan hujjatlarini” qabul qilishlarini ta’kidlaganlar Ana shu qabul qilingan hullatlardan biri “Bag’rikenglik tamoyllari deklaratsiyasi” edi. Uning 1-moddasi “Bag’rikenglik tushunchasi’ deb belgilanib uning ma’nosi quyidagi to’rt bqismda ko’rsatilib berilgan .

1-modda . Bag’rikenglik tushunchasi.

1.1 Bag’rikenglik-bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o’zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning qabul qilishning va to’g’ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqat hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi . Bag’rikenglik turli tumandagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag’rikenglik-tinchlikka erishishini musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.

1.2. Bag’rikenglik- yon berish yoki hushomad emas. Bag’rikenglik-eng avvalo, insonning universal huqulari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Hech qanday vaziyatda ham bag’rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo’lib xizmat qilmaydi.

Bag’rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.



    1. Bag’rikenglik-inson huquqlarini qaror toptirish, pluralizm, (shu jumladan, madaniy pluralizim) demakratiya va huquqning tantanasi uchun ko’maklashishi majburiyatidir. Bag’rikenglik - aqidabozlikdan haqiqatni mutloqlashtirishdan voz kechishini anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi halqaro-huquqiy hujjatlarda o’rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.

    2. Bag’rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsiz likka nisbatan sabr toqatli munosabatda bo’lishni o’z imon-e’tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e’tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim va boshqalar ham bu huquqqa ega ekanligini tan olimog’i lozim.

U yana shuni anglatadiki, odamlar o’z tabiatiga ko’ra tashqi ko’rinishi qiyofasi o’zini tutushi nutqi hulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e’tirofga loyiqligi barobarida ular dunyoda yashashga va o’zlarining anashu individulalligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglanadiki, bir kishining qarashlari majburan singdirilishi mumkin emas.

Keltirilgan hujjatdan ko’rinib turibdiki, “bag’rikenglik” xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan tamoyil hisoblanadi. Chunki bir qator yo’nalishlari ma’no mazmuni ham xalqaro miqyosida inson huqquqlari ularning tinch o’zaro bag’rikenglikda hayot kechirishlariga qaratilgan.

Bu hujjatning yana bir muhim jihati shundaki, unda bag’rkenglikning chegaralari va huquqiy maqomlari ham beklgilab berilgan Professor Bekmurodov. va E. Karimovalar “tolerantlikka munosabat bildirib quyidagicha yozadilar: “Ijtimoiy-ruhiy tasnif talablariga ko’ra, tolerantlikdarajasini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin”.

1, Anglangan tolerantlik

2. Anglanmagan tolerantlik

Anglanmagan tolerantlikda jamiyat yashayotgan kishilarning murosaviy turmush tarzi, kamolotga hamkorlikda intilishular o’rtasida o’zaro bir-birlariga bo’lgan qadr qimmat ifodalanadi. Anglanmagan tolerantlik esa ijtimoiy-ma’naviy qaramlik, intellektual turg’unlik holatlarida jamiyatda yashayotgan kishilarning o’zlarini tutishlarida namoyon bo’ladi.

Masalan yuz berayotgan siyosiy-madaniy jarayonlar mohiyatini tushunib yetmaslik yoki tabiat hodisaklarini tushunmasliklari sababli, ularni taqdir taqozosi yuz berish muqarrar hodisa sifattida talqin etish inertsion sabr-toqat qilishlari anglanmagan tolerantlidir. Mualliflarning bu fikriga asosan qo’shilish mumkin. Shuning bilan bir qatorda ularda bir qator munozarali fikrlar ham borligini ta’kidlash lozim. Jumladan “anglangan” va “anglanmagan” tolerantlik o’rtasidagi kishilarning u yoki bu hodisa va jarayonlarga bo’lgan munosabatlariga qarab farqlashda masalaning shunday qo’yilishi to’g’ri bo’larmikan degan savol kelib chiqadi. chunki, “… yuz berayotgan siyosiy-madaniy jarayonlar mohiyatini tushunib yetmaslik yoki tabiat hodisalarni tushunmasliklari sababli ularni taqdir taqozosi yuz berishi muqarrar hodisalar sifatida talqin etish, inertsion sabr-toqat qilishlari anglanmagan tolerantlikdir ”-degan fikr ilgari surgan.

1. 2. Tolerantlik shakllanishining ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy –ma’rifiy negizlari

Jamiyat, inson, ijtimoiy guruh va millatlarning o’zaro munosabatlari murakkab bo’lganligi, ularning barqaror taraqqiyotiga erishish masalasi insoniyat ongli faoliyati boshlangandan to hozirgi kungacha bo’lgan davrgacha mutafakkirlari olimu ziyoli mnazariyotchi siyosatchi amaliyotchi va oddiy insonlarning diqqat markazida bo’lib kelgan va bundan keyin ham muhim masalalardan biri sifatida qoladi. Bag’rikenglik g’oyalarining dastlabki yozma g’oyalari xalqimiz manaviyati madaniyati davlatchiligini asosiy manbalaridan biri bo’lgan zardushtiylikning “Avesto” kitobida tarannum etilgan. “Avesto” da ilgari surilgan “ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal so’zlarining zamirida bag’rikenglik g’oyalari o’z ifodasini topgan. Chunonchi ezgu fikr insonni kamolatga yetaklaydi, garazli niyatlardan holi bo’ladi. Ezgu so’z insonlarni o’zaro yaqinlashtiradi Ular o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli ziddiyat yohud bir-birini ko’ra olmaslik yovuzlik kabi salbiy holatlardan xoli bo’lishiga yordam beradi. Ezgu amal esa bir tamondan, insonlarni, odamlarni mehnat qilish yaratuvchanlikka undasa ikkinchi tomondan mehnat orqaligina inson faravon yashashligini ko’rsatib beradi”.

Ko’rinib turibdiki, bu tarixiy falasafiy asarda tolerantlik g’oyalari o’zak g’oya hisoblanadi “Insonni hunarmand tilu zabonli qilib yaratgan tangriga olqishlar bo’lsin U insonni yamonlikka qarshi kurashsin, uni nest-nobud etsin, deb barcha mavjudotga rahbar va sarvar etdi”. Tolerantlik g’oyalari islom talimotida ham o’z ifodasini topgan . Uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimdan boshlab hadislarda hamda tasavvuf ta’limotida bagrikenglik g’oyalari ilgari surilgan Mehmat bilan hayot kechirishni o’zining hayot mazmuni deb hisoblagan insonda ham, hallollik, samimiylik, mehr-oqibat va bag’rikenglik tuyg’ularini mustahkamlamaydi. Islom dinida tinchlik va hamjixatlik g’oyalari ham katta o’rinni egallagan. Bag’rikenglik g’oyalari o’zbek xalqining buyuk merosi bo’lgan “Alpomish”, Go’ro’g’li kabi dastonlarida o’z ifodasini topgan. Ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib kelgan bu noyob dostonlar xalqning ong tafakkurining mahsuli hayot kechirishi turmush tarzi, orzu umidlarini o’zida mujassamlashtirgan Bu dostonlarda do’stlik, mehr-muhabbat dushmanga nafrat vatanni ulug’lash xalq manfaatlari yo’lida hatto jonini ham ayamaslik kabi ulug’ qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan g’oyalar ilgari surilganligini ko’rish mumkin. Aslida ham bag’rikenglik g’oyalarini ajdodlarimiz bugungi avlodlarga yana dastonlar orqali meros qilib qoldirilgan desak to’g’ri bo’ladi. Haqiqatdan ham Alpomish, Go’rog’li va boshqa dostonlari o’zbek xalqining yuksak manaviyat, insonni uluglash, do’stlikni qadrlash, vatanniu yuksak darjada kuylash, muhabbatga sadoqatni tarannum etishni o’zida aks ettirgan manaviy meroslardan birini tashkil etadi. Bag’rikenlik g’oyalari taraqqiyoti IX-XII asrda O’rta Osiyoda fan va madaniyatning gullab yashnashi bilan bog’liq holda kechganligida ko’rish mumkin. Bu davrda bu zaminda yashagan muhammad muso al-Xorazmiy Abu rayhon beruniy Abu nasr Farobiy va boshqa allomalar fan, manaviyat va madaniyatni grivojlantirish bilan omma oldiga ongli tafakkurining taraqqiy qilishga mamlakatlar va xalqlar o’rtasida do’stlik aloqalarining mustahkamlanib borishga katta hissa qo’shganlar. Xorazmiy o’zining mashhur al jabrlari bilan matematika taraqqiyotida yangi oliy matematika bosqichiga oaso solgan edi. Umuman olganda jahonda fan yutuqlari har dolim ham umuminsoniyatga hizmat qilgan umuinsoniyat mulki bo’lib kelgan. Fan ana shu yo’l bilan Xalqlar va mamlakatlatni o’zaro yaqinlashtirib kelganligini ko’ish mumkin Hatto Al Xorazmiyning ilmga bo’lgan munosabatlarida ham ko’rish mumkinki, u turli ilmlarning o’zaro bog’liqlik g’oyalarini ilgari surib butun insoniyatning o’zaro bog’liq ekanligiga ham ishora qilgan deyishimizga to’la haqlimiz U turli ilmlar bir-birini inkor va istisno egallaydi, Balki o’zaro biri bilan bog’liq va dunyoni bilishga hamda baxt-saodatga erishashga xizmat qiluvchi yagona xalqni tashkil etadi”.

Keltirilgan bu fikrdan ko’rinib turibdiki Al Xorazmiy ilm hayot xalq manfaati va tarqqiyot g’oyalarini o’zaro uyg’unlikda ko’radi Bu bilan u insonlarni bir biri bilan o’zaro bogliq holda rivolanishi mumkinlagi g’oyasini ilgari suradi Bu davrning yana bir mutfakkiri Abu ryhon beruniy hisoblana. Buyuk jdodlrimiz ABU Rayhon Beruniy o’zining aqliy salohiyi yuksak ilm sohibi qalbida mavjud urgan bag’rikenglik tuygulari bilan xalqimiz ongi va tafakkurida bag’rikenglik ruhiytining rivojlanib borishig katt hiss qo’shgn ajdodlrimizdan biri edi. Beruniyning bag’rikenglik g’oyasining umuminsoniytga hizmat qilayotgan kshfiyotlarida u ilgri surgan falsafiy g’oyalarida ham o’z ifodasini topganligini ko’rish mumkin. U o’z asarlarida adolat, insong hurmat mehnatni ulug’lashdo’stlik hamdardlik o’z yurtiga, xalqiga sdoqat g’oyalrini ilgri surgan.

Bag’rikenglik g’oyalarining negizlari haqida fikr yuritganimizda buyuk bobomiz o’zbek sheriyatining sultoni Alisher Navoiyni ijodini va faoliytini alohida takidlashimiz lozim. Alisher Navoiy butun umri davomida yozgn sherlarid oddiy insonlarning baxtli saodatli bo’lishini, adolatning qaror topishinni insonlarning tinchligini va farovon hayot kechirishini tarannum etdii. U bir- biriga dushman bo’lgan oddiy insonlar bilan hukmdorlarni kelishtirishga hukmdorklarni xalqqa nisbtan dolatlui bo’lishg chqirib yashadi Bobur Mirzo v ulardn keyin yashb ijod qilgan Ogahiy, Komil Xorazmiy va Feruz kabi ulkan shoirlar hayoti ijodi oddiy insonlr manfaatini ko’zlab amalga oshirilgan iahlarning zamirida bagrikenglik g’oyalari turganligini ko;rish mumkin Zero bagrikenglik nafaqat g’oya shuningdek u hayot faoliyti orqali namoyon bo;ladign ma;naviyat hamdir.

Millatimiz, bag’rikenglikning ildizlri n shu ma’naviyatga borib taqaladi

Ongimizda mavjud bo’lgan bag’rikenglik g’oyalari manaviyatdan bahra olgan ularni o’ziga singdirgan desak to’g’ri bo’ladi.

Bag’rikenglik g’oyolari hr doim yovuzlik ustidan g’olib kelib chunki uning zamirida oddiy insonlr m’arifatprvar siyostchi dvlat arboblri adbiyot san’at arboblari, olimu zukko nazaryotchilarning qrashlari umumxalq manftlri biln uyg’unlshib ketgan. Ushbu ijobiy manbalr tasirida millat ongida bag’rikenglik tuyg’ulri rivojlnib borgan. Bag’rikenglik traqqiyotidan Turkistonda Xix asrning jadidchilik hrakatida o’z ifodasini topdi. Bu harakatdagi bag’rikenglik g’oyalari shunday ediki, bu harakatdan ko’zlangn maqsad Turrkistonni chorizm bosqini ularni zo’ravonligidan ozod qilish. Bu o’lkada yashayotgan xalqlarning mustaqil bo’lib yshashlariga erishish edi. Ammo ular bu maqsadni amalga oshirishda qurol bilan emas blki mariftni ko’tarish xalqning ongini oshirish yo’lini tanlaganligida namoyon bo’lgan edi. Jadidchilik hrakatining asoschilridan biri uning Turkistond keng quloch yoyishiga fidoyilik ko’rstgan Ismoilbek Gaspaerali mustaqillikga erishishda eng avvalo xalqning ongini o’stirish uni jaholatdan qutqarish va ularni yagona maqsad yo’lida birlashtirish zarurligi g’oyasini ilgari surgan edi. Xatto u bosqinchi russiya o’z qo’l ostidagi xalqlar biln hamkorlik qilishi g’oyasini ham ilgari surgan edi. Jadidchilik harakatidagi bag’rikenglikning yana bir muhim ko’rinishi shunda bo’ldiki bu harakatning ko’zga ko’ringan vakillari Turkiston xalqlarining millatidan qatiy nazar mustaqillik yo’lida hamkor bo’lishlri lozimligi g’oyalarida o’z ifodasini topgan edi. Jumladan bu harakatning ko’zga ko’ringan arboblaridan biri Muhammad xo’ja Behbudiy edi. Proffessor Begali Qosimov bu haqida shunday fikir bildirgn edi “bu qadim otlar yurtini unda yashab turgan barcha qon qarindoshlar millatlarning birligi bilangina saqlab qolish mumkinligini teran angldi”.


II BOB

TOLERANTLIK MAVZUSI SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSIDA

2.1. Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida

O'zbek xalqi azal-azaldan mehmondo'st, Tolerantlik so'zi lug'atda-chidamlilik, bardoshlilik degan manolarni anglatadi. Lekin, bu so'zni qalbi pok, mehnatsevar, har bir millatga yordam qo'lini cho'zib,boshqalarga xursandchilik mehnatsevar xalq. O'zbeklarning bag'rikeng xalq ekanini II jahon urushidan so'nggi yillarda qozoq, qirg'iz, tojik, tatar, chechen, rus, turk millatlariga mansub odamlarga, yosh-u qariga, yetim-yesirlarga yordam qo'llarini cho'zib, ularga o'z uylaridan boshpana bergan va mehr-oqibat ko'rsatganliklarida ko'rishimiz mumkin. Millatlarni ajratmay, boshqa din, boshqa millat bolalarini o'ziga asrab olib, ularga mehr ko'rsatganligi haqiqiy bag'rikenglik emasmi?!

O'tmishda yashab o'tgan bobokalonlarimiz ham o'z el-yurtlari uchun qanchadan-qancha qiyinchiliklar ko'rishgan. Shunday bo'lsa-da, ular faqat o'zlarini o'ylamasdan,balki nochor,mushkul ahvolda qolgan odamlarga ham ko'maklashishgan, yordam berishgan. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng,juda ko'p erkinliklar berildi. Har kim bilim olish, dam olish, malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqlariga ega bo'ldi. Diniy bag'rikenglik, ya'ni insonlarni o'z dinlariga bo'lgan e'tiqodlarini mustahkamlashga, barcha din vakillari bir-birlarini hurmat qilishlariga yo'l ochildi. Musulmonlarning muqaddas bayrami hayit bayramlarida ham qarindosh-urug'lariga, yor-u birodarlariga hadya ulashadilar.

Fikrimizning isboti tariqasida quyidagi hikoyani keltirmoqchimiz: “Bir musulmon yigitning nasroniy diniga e'tiqod qiluvchi qo'shnisi bo'lgan ekan. Musulmon yigit hayit bayramida qarindoshlariga, yor-u birodarlariga sovg'a-salom ulashib, ularni xursand qilibdi. Yigit payg'ambarimiz (s.a.v.)ning “Qo'shningizga yaxshilik qiling” degan hadislari yodiga tushib, yon qo'shnisi, ya'ni nasroniy qo'shnisini ham unutmadi va eng sara taomlardan olib, sovg'a-salomlar bilan qo'shnisining eshigini taqillatibdi. Qo'shnisi chiqib, yigit bilan salomlashibdi. Yigit bugun bizning bayramimiz, bu bayramda hammaga sovg'a-salom ulashiladi. Marhamat, oling, sizga olib keldim” ,debdi. Qo'shnisi bu qadar iliq gaplarni eshitib, o'yga tolibdi: “Yigit ham o'zbek, ham boshqa dindan bo'lsa-yu, men boshqa millatdan bo'lsamda, menga taom olib chiqibdi. O'zbeklar bu qadar bag'rikeng xalq ekanini bilmagandim debdi va yigitning oliyjanobligiga tasannolar aytibdi”.

Bir-biriga begona bo'la turib, yordam qo'lini ayamaydigan xalq ham o'zbek xalqidir. Azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid,cherkov va sinagogalarning mavjud bo'lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o'z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig'idir. Tariximizning eng murakkab, og'ir davrlarida ham ular o'rtasida diniy asosda mojarolar bo'lmagani xalqimizning dinlararo bag'rikenglik borasida katta tajriba to'plaganidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda turli konfessiyalarga oid diniy tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.Ularning o'z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunda o'z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo'lib ulug' va mushtarak g'oyalar yo'lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. Qadim-qadimdan ko'plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelayotgan O'zbekiston hududida asrlar davomida milliy nizolar bo'lmagani xalqimizning azaliy bag'rikengligini ko'rsatadi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o'zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga xos bo'lgan oliyjanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.

Tolerantlik tafakkuri insonlarning turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy munosabatlarini ularning millati, irqi, nasli nasabi, iqtisodiy ahvoli, dini va e’tiqodiga qaramasdan muvozanatda saqlash meyorlarini anglatadi. Tarixiy shakllanishiga ko’ra tolerantlik dinlarga bo’lgan xolis munosabat, dinlarni bir-biri ustidan ustun qo’ymaslik, ularni ajratmaslik, ularni bir-biriga qarshi qo’ymaslik, inson diniy e’tiqodiga hurmat bilan qarash, shu bilan birga boshqa din g’oyalarini zo’ravonlik bilan singdirishga urinmaslik, dinsizlar, ya’ni dahriylar huquqlarining hurmat qilinishi kabi mohiyatan zarur bo’lgan g’oyalarni o’z ichiga qamrab oladi.

Tolerantlik dunyoviy davlatning eng zarur ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlaridan hisoblanadi. Demak, O’zbekiston Respublikasi dunyoviy davlat qurilishi yo’lidan borar ekan, tabiiy ravishda, tolerantlik tafakkurini butun aholi, xususan bola-yoshlar ongida shakllantirish dolzarblik kasb etadi.

Asli tolerantlik insoniyat tarixida o’zga din va millatlarga nisbatan bag’rikenglik va ehtiromli munosabatda bo’lish mezoni sifatida shakllanib kelgan. Chunki tolerantlik urf-odat, madaniyat, qarash va mafkuralarga nisbatan xolis munosabat bildiradi, dunyo rang-barangligini tan oladi. O’zbekistonda tolerantlik tushunchasining diniy bag’rikenglik, tinchlik-totuvlik hamda hamjihatlikda yashash tamoyillariga ko’proq e’tibor berilgan. Ammo aslida tolerantlik tushunchasi juda keng tushuncha ekanligi O’rta Osiyoda rivojlangan tarixiy ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar tizimida o’zini to’laroq namoyon etadi.

Zamonaviy tolerantlik tushunchasi o’z mazmuniga tarixiy shalklanib kelgan diniy va ma’rifiy bag’rikenglik tafakkurinigina emas, balki undan kengroq bo’lgan ma’naviy, madaniy, mafkuraviy, gumanitar bag’rikenglik tamoyillarini ham qamrab oladi. Shu bois, xozirgi davrda tolerantlik insonlar orasidagi turli farqlarga nisbatan hurmatli va sabr-bardoshli munosabat sifatida talqin qilinadi.

Tolerantlik tarixiy ildizlarga ega hodisa hisoblanadi. Tarixan o’z shakllanish jarayonlarida tolerantlik ma’naviy va diniy bag’rikenglik g’oyalariga tayangan. Tolerantlik va dinlar tarixi o’zaro bog’liq hodisalar hisoblanadi. Dunyo dinlari o’rtasidagi tenglik va o’zaro hurmat tolerantliksiz rivojlana olmas edi. Tolerantlik diniy e’tiqodlarga bo’lgan o’z munosabatini an’anaviy diniy mazhablarning ulug’lanishi asosida quradi. Shu nuqtai nazardan, har bir din tarkibida o’ziga xos tolerantlik tamoyillariga asoslangan konfessional qadriyatlar tizimi shakllanib kelgan.

O’zbeklarning milliy qadriyatlari tarkibida eng qadimgi davrlardan boshlab har doim tolerantlik, xususan madaniy va diniy bag’rikenglik tushunchalari mavjud bo’lib, ular kuyidagi masalalarni o’z ichiga qamrab olgan:

- odamlarga ularning yoshi, millati, irqi, jinsi, moliyaviy ahvoli, nasl-nasabidan qat’iy nazar bir xil e’tiborli va izzatli nazarda qarash;

- odamlarga nisbatan bir xilda hurmatda bo’lish munosabatini inson madaniyati va tarbiyalanganligining muhim belgisi sifatida baholash;

- “komil inson” tushunchasi doirasiga uning keng fe’lli, o’zgalarga yaxshi munosabat ko’rsata olishi, boshqa dinlar va urf-odatlarni hurmat qilishga tayyorligini kiritish;

- tarixiy jarayonlarda har vaqt o’zga madaniyatlar, milliy urf-odatlarining eng yaxshi tomonlari milliy madaniyatga singdirish (muomala madaniyati, uy tutish, taom tayyorlash, ozodalikka rioya etish, bolalarga munosabat);

- asrlar davomida o’zbeklar madaniyati va muomala urf-odatlari qadriyatlari ta’sirini o’zga madaniyatlarga ta’siri va boshqalar4.

O’zbek millatining etik-estetik, axloq va odob, ma’naviy va ma’rifiy, falsafiy qadriyatlari tizimida tolerantlik g’oyalari eng qadimgi davrlardan boshlab rivojlantirilgan va o’ziga xos tarzda shakllantirilgan. O’zbeklarning milliy an’analarida tolerantlik tushunchasi ancha keng va asosli tarzda tushuntirilgan va avlodlar tarbiyasining muhim omillaridan biri sanalgan. Tolerantlik tushunchasida inson axloqiga oid sabr-bardoshli bo’lish, hurmat, e’zoz, izzat ko’rsata olish, rahmdillilik, mehru-muruvvat kabi sifatlar an’anaviy xususiyatga ega bo’lgan. Tolerantlikning tarixiy ildizlari eng qadimgi davr “Avesto”, “O’rxun-Enasoy bitiklari”, “So’g’d yozuvlari” kabi adabiy yodgorliklarda shakllantirilgan va inson odobi, uning ma’naviy-ruhiy aqidalarining zarur talabiga aylangan. “Kattani hurmat qilish, kichikka izzat bilan qarash” o’zbeklarning milliy axloqiy talablaridan hisoblangan.

Tadqiqotda ma’naviy va diniy bag’rikenglik tamoyillarining o’ziga xos etik va estetik aqidalar tizimida tarixiy shakllanish bosqichlari tahlili asosida, o’zbeklar milliy qadriyatlari tizimida tolerantlik tushunchasi tarkibiga an’anaviy tarzda kuyidagi insoniy xislatlar va tafakkur qirralari kiritilganligi va shakllantirilganligi ma’lum bo’ldi:

insof, adolat, hurmat, e’zoz, izzat, sabr, qanoat, mehr, keng fe’llilik, bilimdonlik, madaniyatlar tarixini bilish, boshqa madaniyat va din vakillariga e’zozli va hurmatbilan munosabatda bo’lish, taqvodorlikning har qanday ko’rinishlariga chuqur hurmat, bag’rikenglikni kundalik turmushga nisbatan qo’llash, bag’rikenglikka oilaviy tushuncha darajasida amal qilishini ta’minlash, do’stlik, birodarlik, bir-biriga aziz bo’lish kabi qadriyatlarni oilaviy munosabatlarga o’tkazish, o’zaro tenglik, o’zaro tenglikka hurmat, tenglik tushunchasini keng anglash, o’zaro hamjihatlik, tinchlik, tinchlikka chuqur hurmat va e’zoz, uni eng ulug’ qadriyatlardan hisoblash, janjal va nizolardan qochish, yaxshi niyatli bo’lmoq, sodiqlik, insonparvarlik va insonni ardoqlash, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, hurfikrlilik va erk, o’zgalar fikriga ishonch, mehr-muruvvat, yaxshilik, ona va ayolga ehtirom, diniy bag’rikenglik, haqgo’ylik, halimlik, kamtarinlik, tavoze’li bo’lmoq, og’ir-bosiqlik, vazminlik, barqarorlik, peshqadamlilik, ilg’orlik, qilgan amallar va niyatlarda pok bo’lmoqlik, e’tiqodda qat’iylik v.b.

Islomda diniy bag’rikenglik din arkonlarining asosiy mezonlari tizimiga singdirilgan. Islom madaniyatida insoniy va diniy bag’rikenglik aqidalari keng targ’ib va tashviq etilgan. Islomda inson kamoloti va uning zimmasiga yuklatiladigan an’anaviy vazifalar shaxsning bag’rikeng, sabr-bardoshli, hurmatli va o’zgalarni e’zozlash munosabati darajasida qo’yilgan.

Qur’oni Karim va Hadislarda diniy bag’rikenglik inson komilligi xususiyati sifatida e’zozlanishi qayd etiladi. Islom dini va uning tarixiy rivojlanish jarayonlari o’z takomili davrida har doim boshqa madaniyatlar va e’tiqodlarga hurmat bilan qaragan, ularning ijobiy tomonlarini o’ziga mujassam etish va singdirishga harakat qilgan, o’zi ham o’zga madaniyatlar axloqiy qadriyatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir o’tkaza olgan. Diniy bag’rikenglik, boshqa dinlarga hurmat bilash qarash, jamiyat a’zolari o’rtasidagi mavjud totuvlikni hurmat qilish va e’zozlash kabi masalalar islom dinining azaliy qadriyatlaridan hisoblangan.

Islom dinining ilk shakllanish davrlaridanoq, hech qanday musulmonga, aynan musulmon bo’lganligi uchun, boshqa din vakillaridan ustunlik berilmayotganligi, balki musulmonlikka da’vogar shaxs hayotida adolatparvarlik va mantiq doimo uning hayotiy mezonlari bo’lishi kerakligi, barcha dinlarning o’zaro tengligi, boshqa e’tiqoddagi insonlarga nisbatan ham hurmat bilan qarash, insonning kimligiga qarab emas, uning amallariga qarab baho berish lozimligi va dinlarning barchasining o’zaro inson kamolotiga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Ammo shu bilan birga har qanday ishda, ayniqsa islom arkonlari va taqvodorlikda haddan oshish, tajovuzkorlik va zo’ravonlik qattiq qoralanadi. Masalan, Qur’oni Karimda aytilishicha, «Albatta, Alloh haddan oshuvchilarni (tajovuzkorlarni) yomon ko’rgay»5

O’zbekiston zaminida tavallud topib, islom madaniyatiga ulkan xissa qo’shgan ulamo va mutafakkirlarning tolerantlik taraqqiyoti va amaliyotida qo’shgan xissasini bir necha davrlarga bo’lib o’rganish uning O’rta Osiyo hududidagi evolyusion jarayonlarini aniqlash uchun imkon yaratadi.

Islom dini, shariat va fiqhiy masalalarning ishlanishida dunyo tan olgan olimlardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Imom at-Termiziy, Kaffol ash-Shoshiy, az-Zamaxshariy, Abu Bakr al-Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy, Abduholiq G’ijduvoniylar sof diniy va fiqhiy yo’nalishda, Al-Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoyil Juzjoniy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy kabilar diniy bag’rikenglik asoslarini ilmiy ishlab chiqqanlar, mazkur jarayon islom jarayon islom tarkibida tolerantlik tafakkurining ilmiy–falsafiy va diniy ishlanishi birinchi bosqich hisoblanadi.

Amir Temur va temuriylar davrida tolerantlikni joriy etish masalalari davlat va hokimiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri deb baholangan. Amir Temur, Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Sakkokiy, Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobir kabilarning tolerantlik tafakkurini rivojlantirishga qo’shgan hissalari e’tiborga loyiqdir. Shu bois mazkur madaniy va ma’rifiy taraqqiyot davri tolerantlikni rivojlantirishdagi ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Tasavvuf tariqatlari va ularda bag’rikenglik, insonga mehr bilan munosabatda bo’lish qoidalari inson komilligi va tariqatlar tizimidagi tarbiya jarayonining muhim omillaridan deb belgilangan. Naqshbandiya, qubraviya, yassaviya, mavlaviya, cheshtiya va suxravardiya tariqatlari doirasida diniy va insoniy bag’rikenglik, bardosh, tenglik, hurmat va e’zoz, tinchlik-totuvlik, bunyodkorlik g’oyalari tarannum etilgan. Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahrori Valiy, Jaloliddin Rumiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ahmad Yassaviy, Nizomiddin Avliyo va boshqalarning badiiy ijod namunalarida tolerantlik g’oyalari tarannum etilgan. Tasavvuf tariqatlari tizimida shakllantirilgan bag’rikenglik g’oyalari islom madaniyati tarkibidagi uchinchi bosqich hisoblanadi.

Ma’rifatparvarlik g’oyalarining shakllanishida tolerantlik alohida ahamiyat kasb etgan. Insonga insoniy munosabat bildira olish ma’rifatparvarlik yo’nalishining asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan6.

Inson degan tushuncha ortida esa – ja’mi bashar tushunilgan. Mahdumi A’zam, Muhammad Shaybonixon, Abulg’oziyxon, Turdi Farg’oniy, So’fi Olloyor, Maxtumquli, Maxmur, Gulxaniy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Ahmad Donish kabilarning bag’rikenglik va dunyoviy tafakkur rivojidagi o’rni ular qarashlaridagi gumanistik g’oyalar tizimi bilan belgilanadi. Ma’rifatparvarlik yo’nalishidagi ishlangan bag’rikenglik qarashlari O’rta Osiyodagi islom madaniyati tarkibidagi to’rtinchi bosqich mazmunini belgilab beradi.



Turkiston madaniy hayotida insonsevarlik g’oyalarning rivojlantirilishi tolerantlik g’oyalari bilan uzviy bog’langan holda targ’ib qidingan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Rizouddin ibn Fahruddin, Olimat al-Banot, Avaz O’tar, Fitrat, Sadriddin Ayniy, X.X.Niyoziy, Abdulla Qodiriy kabilar ijodida ilgari surilgan bag’rikenglik va dunyoviylik o’z zamonasining eng ilg’or g’oyalari tizimidan mustahkam o’rin olgan edi. Bu davr tolerantlik g’oyalarining ilmiy-nazariy ishlanishida beshinchi bosqichi hisoblanadinadi.

Diniy qadriyatlarni inson madaniyatining o’ziga xos tarzi sifatida baxolash barcha bosqichlarga xos bo’lgan hususiyatdir. “Islom dinida insof, adolat va insonparvarlik qoidalariga juda katta o’rin berilgan. Boshqa bir insonga adolat va muruvvat bilan munosabatda bo’lish targ’ib qilingan. Qiyinchiliklar davrida xayrixohlik, doimo boshqa musulmonlarga yordam berishga tayyorlik targ’ib etilgan. Islom dini insonlarni millat va elatlar mavqeidan yuqori qo’yadi. Islom dinida barcha aholi o’zaro tenglashtiriladi va bir yaxlitlikka “Allohning ummatlari”, ya’ni xalqiga aylantiriladi. Islomda insof va adolat mezonlariga hatto yov bilan jang qilish asnosida ham rioya qilishga buyuriladi”. Islom dinidagi insonsevarlik va gumanizm g’oyalari insonni yaratgan bandasi sifatida ulug’lash, boshqa din vakillari va insonlar e’tiqodlarini hurmatlash, odamga, xususan qariya, ayol, homilador, yetim, boquvchisini yo’qotganlarga mehr-muruvat bilan munosabatda bo’lish aqidalari asosiga qurilgan.

Islom madaniyatida yoshlar tafakkurini sog’lom ruhiyat asosida tarbiyalash jarayoniga alohida ahamiyat berilgan. Yoshlarga diniy omil va axloq normalarini singdirishda insonparvarlik va insonni ardoqlash, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, hurfikrlilik va erk, tafakkurga ishonch, mehr-muruvvat, yaxshilik, ona va ayolga ehtirom, diniy bag’rikenglik, e’tiqodga nisbatan hurmat, din vakillariga hurmat, diniy merosni qadrlash, diniy obidalarni saqlash, diniy qadriyatlarni avlodlarga o’tkazish kabi masalalarga maxsus e’tibor qaratilgan7

Islom dini – tinchliksevar din deb tan olinadi. Tinchlik, totuvlik, barqarorlik, insonlararo hamjihatlik ham diniy, ham tolerantlik tafakkuri doirasida amal qiladigan xususiyatlardan hisoblanadi. Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, aholini bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, yer yuzini “obod qilish”, tangrining yerdagi barcha mavjudotlariga nisbatan mehrli, shavqatli bo’lish insonning asl vazifalari ekanligi islom dinida ham, tolerantlik tushunchasi doirasida ham targ’ib etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishdagi islom dini asosiga qurilgan muhim omillar kuyidagilardan iboratdir:

- dunyoviy davlat va din o’rtasidagi munosabatlarni sivilizatsiya talablari asosida tushuntirish;

- din zamonaviy fuqarolik jamiyatining to’la huquqli tarkibiy qismi ekanligini anglatish;

- sof diniy, xususan islomiy bilimlar, ularni tarixiylik, qiyosiylik va tanqidiylik asosida sharhlashga o’rgatish;

- dinlar tarixini to’g’ri va ilmiy shakllantirish;

- islom dini tarkibidagi tolerantlik tafakkurining evolyusion taraqqiyotini amaliy va nazariy bilimlar majmuasi sifatida singdirish;

- ma’naviy bilimlar majmuasi sirasida diniy-axloqiy bilim, ko’nikma va normalarning o’rnini to’g’ri baholashga o’rgatish.

Muhammad (s.a.v.) ko’plab hadislarda nizolarning oldini olish, tajovuzkorlik va agressiv harakatlarni qoralaganlar. Masalan: «Yov bilan harbiy to’qnashuvni orzu qilmangiz, balki Allohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz». Shu bilan birga boshqa hadisda «Qiyomat kuni odamlardan birinchi navbatda nohaq to’kilgan qonlar to’g’risida so’roq qilinur”, - deb aytilgan.

Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: Abu Saiddan so’rabdilarki, - “Bandaning egamga yetishi uchun qancha yo’llar bor?” , - deb. Abu Said javob beribdilarki, “Ba’zilar – minglab yo’llar bor,” - deyishadi, “ba’zilar bandalar qancha bo’lsa, shuncha yo’llar mavjud, - deb bilishadi. Ammo eng maqbul va qisqa yo’l, bu insonlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, mehribonlik qilish hamda insonlar manfaati uchun harakat qilishlikdir», - debdilar. YA’ni insonlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, ularni yaxshi va ezgu amallarga yo’naltirish sof e’tiqod darajasiga ko’tariladigan amal sifatida baholanadi8.

Shunday qilib, islom manbalarida tolerantlik va diniy bag’rikenglik inson komilligining muhim talablaridan biri sifatida tan olingan bo’lib, islom ulamolari har doim tolerantlik masalalariga alohida e’tibor bilan qarab, bag’rikenglikni tarannum etib kelganlar. Islom madaniyatining buyuk vakillari bo’lgan mutafakkir olimlar va shoirlar har vaqt tolerantlik tamoyillarini insoniy kamolotning muhim qirralaridan biri ekanligini ta’kidlab kelishgan.

Madaniyatimiz taraqqiyotida o’rta asrlar (XI-XVII) katta rol o’ynadi. Bu davr O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo miqyosida mashhur qildi. Shuningdek, madaniyat namunalari bilan almashuv, o’zaro ma’naviy ta’sir kuchaydi. Qadimgi hind, eron, arab, yunon madaniy boyliklari qorishib, adabiyotlarda “musulmon madaniyati” deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.

Toshkent vohasidan chiqqan buyuk muhaddislardan biri Qaffol Shoshiy o’zining “Javomi’ al kalim” (“Hikmatli iboralar to’plami”) asarida bag’rikenglik masalalariga ham to’xtaladi. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, fiqh, she’rshunoslik va tilshunoslik ilmlari bo’yicha qomusiy olimlardan bo’lgan. Olim insoniy kamolot asoslari bo’yicha hadislarni yig’ish bilan shug’ullangan. Olim Javomi “Al Kalim” asarida ana shunday ibratli so’zlarni keltiradi:

Amallar niyatlarga bog’liqdir

Qur’on darlarda davodir

Duo – ibodatdir

Avval salom, keyin kalom

Jamoat bilan bo’lishlik rahmatdir

Firqalanish ayni azobdir

Ma’lumki, islom madaniyati adabiyot, san’at, fan, falsafa, axloq, urf-odat, shuningdek, ta’lim va tarbiya masalalariga ahm o’z ta’sirini o’tkazgan. Mana shu yo’nalishlarning barchasida ma’naviy, madaniy, shuningdek diniy bag’rikenglik tamoyillari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan targ’ib qilingan. Har bir mutafakkir ijodida bahrikenglik tamoyillarining ba’zi qirralari sharh etilganligi shohidi bo’lamiz. Xususan, Sharqda Xojai Jahon unvoniga sazovor bo’lgan mashhur shayx, xojagonlar tariqatining nazariy asoschisi Xoja Abduholiq G’ijduvoniy shunday deydi:

Ayblarin yopguvchi sattor bo’lg’aysen,

Qalblarni topguvchi g’amxor bo’lgaysen,

Alloh roziligin topay desang, do’st!

El birla adabda hushyor bo’lgaysen

Fiqhshunos olimning e’tiqod va maslak masalalari borasida elni hushyorlikka chaqirishi jamiyatdagi turli diniy va mafkuraviy tahdidlar ortgan hozirgi davrda ham dolzarblik kasb etadi. Demak, e’tiqod va maslakda hushyorlik asl musulmonlikning muhum talablaridan bo’lgan.

O’rta Osiyoning yana bir mashhur sufiylaridan Xoja Bahouddin Balogardon nomi bilan tanilgan Bahouddin Naqshband ham tasavvuf ta’limoti doirasida insonni bag’rikenglikka chaqirgan. Mazkur tariqatning to’rtinchi rahshalaridan biri “Xilvat dar anjuman” deb atalib, tashqi tomondan xalq bilan birga bo’lish, ichki tomondan esa Haq bilan birga bo’lish g’oyasini ilgari surgan. Bahouddin Naqshbandning: “Izo hayyotum bi-tahiyyatin fa-hayyuv bi-ahsani minho”, ya’ni “Agar bir odam sizda salom va duo qilsa, siz undan yaxshiroq salom va duo qiling”- degan so’zlari bunga misoldir. “Iymon nima?!” degan savolga Hoja Bahouddin “insonlarga zarar keltirishi mumkin bo’lgan barcha narsalardan o’zini asrash – iymondir”, deb javob beradi.

Buyuk xamsanavis shoir Amir Xusrav Dehlaviy o’z hikmatlarida bag’rikenglik tamoyillariga ham to’xtaladi. U insonsevarlik va adolatparvarlik mezonlarini inson hayotining bosh mazmuniga aylantira olganligi bilan qadrlidir. Shu bois shoir g’oyalari hozirgacha o’z asl mohiyatini yo’qotmagan. Amir Xusrav O’rta asrlar musulmon va hind madaniyatlari, urf-odatlarini uzviy holda anglaydi. Ularni bir-biridan ajratmaydi. Balki dinlar va madaniyatlarni dunyo rang-barangligi sifatida qabul qiladi.

Darhaqiqat, Amir Xusrav musulmon va hind madaniyatlari rivojiga ulkan hissa qo’shgan insoniyat tarixining buyuk gumanistlaridan biridir. Amir Xusravning zamonaviyligi uning ijod mahsulidan bugungi davr kishilari ham o’z tafakkuri va xis-tuyg’ulariga monand fikr, tushuncha, o’y va ma’naviy izlanishlarni topa olishi bilan xarakterlanadi. Xususan, shoir pok bo’lish, o’z niyat va amallarida yaxshilikka rioya etish haqida shunday deydi:

Pokroq bo’lg’il osmon qatrasidan ham,

Pokroq bo’lg’il oftob zarrasidan ham.

“Amir Xusrav o’z murakkab dunyoqarashi hududlarida mutaassiblikka tamoman zid bo’lib, inson ulug’ligini uning e’tiqodi, dini, millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar tan olgan va sevgan hamda Allohning cheksiz ko’rinishlaridan eng oliysi deb bilgan. U e’tiqodlilarni ham, dahriylarni ham, yaxshilarni ham, yomonlarni ham, do’stlarni ham, dushmanlarni ham – barcha-barchani borligi, mavjudligi, yaratgan ne’mati sifatida e’zozlaydi”. Shoir boshqalarga nisbatan yomonlikni ravo ko’rish oxir-oqibat jazolanishini ta’kidlaydi:

Kimki yomon ishni ko’rarkan ravo,

O’zin qilmishidan topadi jazo .

Shoir insonga muhabbat, insonsevarlik va uning mavjudligini borliq va hayotning ulug’ ne’mati, uning bosh mazmuni deb biladi. Shoirning fikricha, barcha odamlar, ularning dini, irqi, millati, e’tiqodidan qat’iy nazar, parvardigor bandalari sifatida tan olinishi lozim. Shoir uchun inson ruhiyatidagi erk tushunchasi muhim. Shu bois, Xusrav Dehlaviy inson ichki dunyosining ma’naviy yetukligi, uning butunligi, inson va uning qalbi yaxlitligi kuychisi sifatida namoyon bo’ladi.

IX asrning buyuk mashoyixlaridan biri Abu Zakriyo Yahyo binni Maoz shunday deydi: “ Debdur: mo’minning sandin uch nimarsa naf’i bo’lg’ay: avval ulki, manfaat yetkurgaysen, agar manfaat yetkuromasang, bori zarar ham yetkurmagaysen; ikkinchi agar xushvaqtlik qila olmasang, bori bedumog’ va hamgin qilmag’aysen; uchinchi mo’minni sitoyish qilolmasang, bori yamon ham deb g’iybat qilmag’il”.

Tarix fanlari doktori, Rossiya FAning antropologiya va etnologiya instituti direktori Valeriy Tishkov shunday deydi: “Tolerantlik – men uchun madaniyati boshqa, madaniyati o’zgalarga bo’lgan qiziqish, hurmat va hamdardlikdir. Bir misol keltiraman. Tolerantlik “sabr” va “bag’rikenglikdan” nimasi bilan farq qilishi borasida. Sabrli, bag’rikengli munosabat, bu mening cherkovim yonida, musulmonlar machiti va yahudiylarning sinagogasi ketma-ket joylashsa-yu, bu meni azoblamasa, bu sabrli munosabatdir, ammo hali tolerantlik emas. Tolerantlik, men, ya’ni xristian bilan yahudiy birlashib, musulmon machitining qurilishiga hashar bilan yordam bersak, ana shu chin tolerantlik bo’ladi. Tolerantlik, o’zga mazmunini o’zinikidek qabul qila olish falsafasidir”9

Tolerantlik tushunchasi qadimdanoq birovlarni o’zidek bilish, o’zgalarga ozor yetkazmaslik, o’zgalar xis-tuyg’ulariga quloq tutish va diqqat etish, o’zgalarni anglashga sayi-harakat aqidalari asosiga qurilgan. Turli dinlar tarkibida xuddi ana g’oyalarning qanday talqin qilinganligi barcha mavjud dinlar tarkibida tolerantlik tushunchalarining ildizlari mavjudligini isbot etadi

2-Jadval

Turli dunyo dinlarida tolerantlik tushunchasi talqini

Diniy e’tiqodlar

О‘zgalarga munosabat mazmuni

1

Buddaviylik

“Inson o’zining qarindoshlari, yoru-birodarlariga bo’lgan munosabatini besh vosita orqali izhor etishi mumkin: ularga e’zozli, e’tiborli, mehrli, xayrixoh, o’ziga qaragandek qarash va o’z so’zi ustidan chiqish”.

2

Konfusianlik

“Boshqalardan o’zingga qanday munosabatni istasang, o’shalarga shuni ravo ko’r”.

3

Induizm:

“O’zingni og’ritgan narsalarni birovga ravo ko’rma”.

4

Islom

“Sizlardan hech biringiz o’z birodaringizni o’zingizdek ardoqlamagunicha musulmon bo’la olmaydi”.

5

Jaynizm

“Va baxtsiz onlarda, xursandlik va g’amginlikda biz har bir jonzotga o’zimizga bo’lgani kabi munosabatda bo’lmog’imiz darkor”.

6

Iudaizm

“O’zingga yomon bo’lgan narsalarni o’z yaqinlaringga qilma”

7

Zoroastrizm

“O’ziga yomon bo’lgan narsalarni birovlarga ravo ko’rmagan odamgina yaxshi odam bo’ladi”.

8

Xristianlik

“O’zingizga qanday munosabatni istasangiz, o’shanday munosabatni o’zgalarga ham istang”.

Shunday qilib, ma’naviy va diniy bag’rikenglik aqidalari va tolerantlik tamoyillari Sharq mutafakkirarining islom madaniyati tarkibidagi falsafa, fiqh,san’at, tarix, adabiyot kabi ilmlar doirasida rivojlantirilgan, targ’ib va tashviq etilgan, inson tarbiyasi va komilligining muhim jihatlaridan deb sanalgan.

2.2. Globallashuv jarayonida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati

Globallashuv jarayonida insoniyat hamjamiyati oldida paydo boʻlayotgan koʻplab muammolar orasida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati eng asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. XX asr insoniyatga katta ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlar, ya’ni mustaqil davlatlar sonining ortib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi kabilar bilan birga hal qilinishi zarur boʻlgan ijtimoiy va xalqaro kelishmovchiliklarning ogʻir yukini, milliy biqiqlik, buyuk davlatchilik shovinizmi, diniy ekstremizm va fundamentalizm singari illatlarni meros qilib qoldirdi. Bularning barchasi millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyatini umumbashariy qadriyatga aylantirish masalasining qanchalik muhimligini koʻrsatib turibdi.

Zamonaviy shart-sharoitlar oʻsib kelayotgan avlodni xilma-xillikka chidamli, boshqa fikrlarni eshita olish va ularni hurmat qilish, bir soʻz bilan aytganda, millatlararo totuvlik va tolerantlik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi.

Bu borada Respublika miqyosida yurtimizda juda ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy konferensiya hamda seminarlar tashkil etilmoqda va o‘tkazilmoqda.

Xususan, aprel oyining ilk kunlaridan yurtimizning turli maskanlarida shu mavzuga doir bir qancha uchrashuvlar, tadbirlar va amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 8 aprel kuni Andijon qishloq xo‘jalik institutida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida “Milliy va madaniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati va “Sog‘lom ona va bola – millat baxti” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi.

9 aprel kuni Andijon shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida o‘tkaziladigan millatlararo bayram festivali bo‘lib o‘tdi.

16-aprel kuni Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Tafakkur sinovlari” 2-saralash bosqichida ham bu mavzuga doir oliy ta’lim muassasalari talabalari bir necha chiqishlari bilan qatanashdilar.

23 aprel kuni Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli musiqa va dramma teatrida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Muxtasarxon Yo‘ldoshevaning “Qabohat” nomli fojeali drammasi namoyish etildi. Bu o‘tkazilgan barcha anjuman va tadbirlarda filialimiz talabalari ham guruh rahbarlari bilan birgalikda faol ishtirok etdilar.

Xususan, viloyatimiz Buxoroda ham xuddi shunday tadbirlar doimiy tarzda amalga oshirilib kelinmoqda.

Bunday harakatlar va o‘tkazilayotgan tadbirlardan maqsad yoshlarga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oya va mafkuralar ta’sirlaridan asrash, ularga bu ishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish asosida bunyodkor va buzg‘unchi g‘oyalarning farqiga yeta olish ko‘nikmalarini hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik haqida gap ketganda 8 aprel kuni Andijon qishloq xo‘jalik institutida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida “Milliy va madaniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi bosh direktori Nasriddin Muhammadiyevning aytgan soʻzlari ahamiyatga molikdir: “Respublika baynalmilal madaniyat markazi 1992-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tuzilgan. Asosiy vazifasi yurtimizdagi millatlararo tinchlik-totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash va mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat. Kelgusi yil yanvarda markazimizning 25 yilligi nishonlanadi. Bugun mamlakatimizda 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar bor. Ulardan beshtasi Andijon viloyatida faoliyat olib boradi. Baynalmilal markazning vazifasi mana shu milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirish va ular bilan birgalikda yil davomida madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazishdan iborat.

Ma’lumki, tarix haqiqatiga koʻra urushlar asosan uchta sababga binoan kelib chiqarkan. Yer talashib urushish, boylik talashib urushish va hatto ayollarni talashib ham urushishgan ekan. Masalan, “Troya” urushi. Kinosini koʻrgan yoki bu haqida eshitgan, oʻqigan boʻlsangiz, unda bir malika sabab urush kelib chiqadi. Qadim zamonda shunday uchta sababga koʻra urushlar yuzaga kelgan. Lekin bizning davrimizga kelib endi bularning hammasi oʻzgardi. Urush asosida yer talashish, boylik talashish boʻladi, lekin bular aytilmaydi-da, boshqa bir sabablar orqali buni yuzaga chiqarishadi. Masalan, bugungi kunda dunyoda boʻlayotgan hamma nizolar, urush-janjallarning 2 ta sababi bor. Birinchisi millatlararo kelishmovchilik, ikkinchisi dinlararo kelishmovchilik. Qaysi urushni olmang, shu ikkalasi bor. Iroqda, Suriyada, Yamanda boʻlayotgan urush yoki Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi urush. Yaqinda Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida nizo boshlandi. Bularning barchasining kelib chiqish sababi yo millatlararo kelishmovchilik, yo dinlararo nizolarga borib taqalyapti. Demak bundan anglashiladigan xulosa shuki, qaysi mamlakatda, ayniqsa, koʻp millatli mamlakatda bir millatning huquqi toptalsa yoki bir til, bir madaniyat yo bir din vakillari ta’qib ostiga olinsa, mana shunday nizolar, janjallar boʻlaveradi. Shuning uchun ham mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan milliy siyosatning oʻzagini, asosini barcha millat vakillariga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish tashkil etdi. Masalan, Konstitutsiyamizning hammamiz yoddan biladigan 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo‘lishi shart” deyilgan va bu hamma qonunlarimizda oʻz aksini topgan. Zero juda koʻp mamlakatlarda davlatni tashkil qilgan millat asosiy millat hisoblanadi. Boshqa millat vakillari esa “oz xalqli millatlar” deb ataladi. Rus tilida bu “natsionalniy menshestvo” deyiladi. Lekin bizning qonunchiligimizda bu ibora ishlatilmaydi. Chunki mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz “Biz xalqimizni koʻpchilik va ozchilikka boʻlmaymiz. Bizda bitta xalq bor. Turli millat vakillaridan iborat boʻlgan yagona xalq bor. Shuning uchun biz “milliy ozchilik” degan soʻzni ishlatmaymiz”, deganlar. Haqiqatda ham “milliy ozchilik” degan ibora xalqaro doirada etnos ibora sifatida amalda ishlatiladi. Lekin Oʻzbekistonning hech bir qonunida bu ibora aytilmagan, ishlatilmagan. Bu ham Prezidentimizning dono siyosatining yorqin bir koʻrinishi, deb ayta olamiz. Bu bugun xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda”.

Bu aytilgan gaplar va mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti idorasi mas’ul xodimi Mirziyotov Ilyos Mirgʻiyosovich ham ushbu davra suhbati yakunida millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgandi: “Bugungi tadbirimiz ikki yo‘nalishga bag‘ishlandi. Birinchi yo‘nalish diniy bag‘rikenglik, ikkinchisi millatlararo totuvlik. Har joyda millatlar ko‘p ekan, ular e’tiqod qiladigan dinlar ham ko‘p bo‘ladi. Bizning mamlakatimizda millatlararo totuvlik bo‘lgani uchun ham tinchlik-xotirjamlik hukmron. Har bir millat vakili borki, “O‘zbekiston – mening Vatanim!”, deydi.

Prezidentimizning milliy siyosatlarining asosiy g‘oyasida “Koʻpmillatlilik – bu mamlakatning boyligidir”, deyiladi. Agar millat koʻp boʻlsa, ularning fikri, an’anasi, gʻoyalari ham koʻp boʻladi. Misol uchun, mana sizda bitta olma bor, deylik. Menda bitta olma. Siz menga olmangizni berdingiz, men sizga olmamni berdim. Ikkalamizda nechtadan olma boʻldi?.. Bittadan edi, bittadanligicha qoldi. Lekin agar men sizga bitta gʻoyani aytib bersam, siz ham menga bir voqea yoki gʻoyani aytib bersangiz yoxud biror bir millat oʻzining an’anasi, urf-odatini aytib bersa, men ham oʻzimnikini unga aytib bersam, endi menda nechta gʻoya bo‘ldi?! Ikkita gʻoya boʻldi. Endi bu gʻoyani hech kim mendan tortib ololmaydi. Ana endi bir yuz oʻttizdan ortiq millatlar gʻoyasini qarang! Shuning uchun ham koʻpmillatlilik bizlarning boyligimizdir”.

Demak bugungi kunda tolerantlik tushunchasi insonlarning o‘zaro munosabatlarini ularning millati, irqi, nasl-nasabi, madaniyati va urf-odatlari, iqtisodiy ahvoli, dini va e’tiqodiga qaramasdan muvozanatda saqlash me’yorlarini o‘zida mujassam etadi.

Agar tolerantlik istilohining lingvistik jihatdan mazmunini ko‘radigan bo‘lsak, u turli tillarda o‘ziga xos, shu bilan birga o‘zaro o‘xshash mazmunlarni bildirib kelgan:

tolerancia (ispan) – O‘zinikidan o‘zgacharoq bo‘lgan fikr va mulohazalarning mavjudligini tan olish;

tolerance (fransuz) – Birovlar o‘zingdan ko‘ra boshqacharoq tarzda fikr qilishi va amallar qilishini anglash asosiga qurilgan munosabatlar;

tolerance (ingliz) – Birovlarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lishga tayyorlik;

kuan rong (xitoy)) – Boshqalarga nisbatan hamdard va e’zozli munosabatda bo‘la olishlik.;

tasamul’ (arab) – Kechirimli bo‘lish, sabr-bardosh, yumshoqlik, hamdardlik, o‘zgalarga yaxshi munosabat, mehr, dardkashlik;

terpimost (rus tili) – biror narcha yoki kimnidir amallari va so‘zlariga bardoshli bo‘la olish, biror narsa yoki hodisaning mavjudligiga e’tiroz bildirmaslik, birovlar fikrlarini inobatga olish, sabr va bardoshlilik;

bag‘rikenglik (o‘zbek tili) - olamdagi narsa va hodisalarni keng anglash, birovlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish, o‘zagalarga mehr va muruvvat ko‘rsatish, e’zozli, izzatli va hurmatli bo‘la olish, dasturxonning har vaqt ochiqligi, mehmonnavozlik, o‘zga insonlarni Yaratganning ne’mati sifatida qabul qilish, kattaga ham kichikka ham bir xilda yaxshi munosabat ko‘rsata olish, atrofdagilar bilan doimiy yaxshi tavoze’li munosabat, yaxshi qo‘shnichilik qila bilish va hokazo.

Tolerantlik – insonning turli iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy, diniy munosabatlarga kirishishining qonun-qoidalarini belgilab beradi. Shu bois insonni zamonaviy jamiyatda yashashga o‘rgatish, tabiiy ravishda, uni tolerantlikka o‘rgatishga barobar keladi. Tolerantlik, davlat va din, din va inson munosabatlari, insonning o‘z davlati oldidagi majburiyatlari kabi masalalarda har bir fuqaro aniq va ravshan bilimlarga ega bo‘lishi lozimligini o‘rtaga qo‘yadi. Tolerantlik inson va davlat, inson va boshqa insonlar o‘rtasidagi rang-barang munosabatlarni tartiblashtirish tamoyillaridan iborat. Shunday ekan, tolerantlik tafakkurini talaba-yoshlar dunyoqarashining uzviy bo‘g‘iniga aylantirish, shuningdek, diniy bag‘rikenglik ruhida yoshlarni tarbiyalash dolzarb ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Tolerantlik tafakkurisiz yoshlarni demokratik, fuqarolik jamiyatda yashashga, aniqroq aytganda, pirovard maqsadimiz bo‘lmish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga o‘rgatib bo‘lmaydi.
XULOSA

Tolerantlik ijtimoiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tushuncha bo’lib, uning mazmuni jamiyatda millatlar, irqlar, elatlar, xalqlar, madaniyatlar, qarashlar, mafkuralar xilma-xilligi sharoitida o’zaro hamkorlik va bir-birini qabul qilish, dunyo rang-barangligini tan olish, xalqlarning bir-birini anglash jarayoni, ular o’rtasidagi o’zaro barqarorlik, tinchlik-totuvlik tafakkurini bildiradi. XXI asr takomilini keng miqyosda olingan ma’naviy, madaniy, g’oyaviy, dunyoviy va diniy bag’rikengliksiz, ya’ni tolerantlik tafakkurisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Dunyoviy davlatchilik asoslarining bosh tamoyillaridan biri tolerantlik, shuningdek diniy g’oyalariga tayanadi. Shunday ekan, mustaqil davlatchilik asoslarini qurish jarayonida tolerantlik tamoyillarini jamiyat hayotining uzviy tarkibiy qismiga aylantirish dolzarblik kasb etadi. Hozirgi sharoitda yoshlarni tolerantlik tafakkurini shakllantirmay turib, ularni dunyoviy va fuqarolik jamiyatida yashashga tayyorlab bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish masalasi pedagogik ahamiyat kasb etadi.

Bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish uchun uning pedagogik mazmunini ishlab chiqish darkor edi. Mustaqillik yillarida tolerantlikning yaxlit, to’la va zamonaviy dunyo talablarga javob bera oladigan mazmuni shakllantirildi. Tolerantlik tafakkurini shakllantirishning pedagogik mazmuniga milliy axloq va odob normalari tarkibida an’anaviy mavjud bo’lgan kategoriyalar,tolerantlikning diniy e’tiqod va diniy bag’rikenglik bilan uzviy aloqador bo’lgan mazmun, shuningdek, demokratik fuqarolik jamiyati va dunyoviy davlat qurilishi bilan bog’liq holda shakllantirilayotgan kategoriyalar tizimi kiradi. Tolerantlikning shakllantirilishi O’zbekiston pedagogik tizimining bosh maqsadi “komil inson” tarbiyasi bilan uzviy aloqador ekanligi, uning mazmunini boyitishi aniqlandi.



Sharq mutafakkirlari merosida tolerantlik-bag’rikenglik tushunchalarining ifodalanishi ks ishida o’z ifodasini topdi.u
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari

  1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. – T.: O’zbekiston, 1992.-80 b

  2. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilashga xizmat etsin. –T.: O’Zbekiston 1998. -30 b.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat. 2008. -176 b.

  4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.: Xalq so’zi. 2010 yil 13 noyabr.

  5. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O’zbekiston. 2011. -440 b.

Asosiy adabiyorlar .

  1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.: Xalq merosi, 1993. – 224b

  2. Adimov D.A. Jadidchilik va diniy bag’rikenglik //Tafakkur, -T.: 2005.№4. -18-20b.

  3. Al –Moturudiy ta’limoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi o’rni. Ma’ruzalar to’plami. –T.: 2000. –115 b.

  4. Azizxonov A.T. v.b. O’zbekiston demokratik jamiyat qurish yo’lida. –T.: Universitet, 1996. – 372 b.

  5. Boboyev X., Hasanov S., Avesto –ma’naviyatimiz sarchashmasi. –T.: Adolat, 2001, -107b.

  6. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. –T.: 1998; -239 b.

  7. Inomova M.O. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar.-T:Fan,1995.-226 b.

  8. Inomova M.O. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari. Ped. fan. dokt. .... diss. avt., -T.: 1998:-42b

  9. Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik.Z.M.Husnutdinov tahriri ostida.-T.: 1998.- b.

  10. Yo’ldoshev J.G’. Malaka oshirishning nazariy va metodologik asoslari (yoxud o’qituvchi bo’lish osonmi?).-T.: O’qituvchi, 1998. -208 b.

  11. Yo’ldoshev J., Hasanov S. “Avesto”da axloqiy-ta’limiy qarashlar.-T.: O’qituvchi, 1996. -29 b.

Internet saytlari

  1. www.pedagog.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.Istedod.uz

  4. www.tdpu.uz

  5. www.ziyouz.com

  6. www.referat.uz

1 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. T. “O’zbekiston” 2001, bet 12

2 Karimov I.A. О„zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O’zbekiston. 2011. -440 b.

3 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O’Zbekiston, 200. -80b.

4 Abdujabborova M.L. O’smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika ishlarining ijtimoiy-pedagogik asoslari: ped.f.nomz.d...diss.avtoref. –T.: 2007

5 Al Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Hadis, 4kitob.4-kitob. Al –Jomi’ as-Sahih (Ishonarli to’plam).Arabchadan Abdug’ani Abdulloh tarjimasi. –T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1992. 527 b.

6 Boboyev X., Hasanov S., Avesto –ma’naviyatimiz sarchashmasi. –T.: Adolat, 2001

7 Islom:bag’rikenglik va mutaassiblik.Z.M.Husnutdinov tahriri ostida.-T.: 1998.- b.

8 Al Buxoriy, Abu Abdulloh Muqammad ibn Ismoil, Hadis. 4 kitob. 1 –kitob. Al-Jomi’ as-Sahih (Ishonarli to’plam). Arabchadan Z.Ismoil tarjimasi. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991

9 Yo’ldoshev J.G„. Malaka oshirishning nazariy va metodologik asoslari (yoxud o’qituvchi bo’lish osonmi?).-T.: O’qituvchi, 1998


Download 156,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish