DETERMINIZM VA IQDETERMINIZM (lot. determinare — belgilash va in —
inkor) hodisalar fazo va vaqtda o’zaro aloqadorligining xarakteri, xususiyatlari va
mohiyatini turlicha nuqgai nazar-dan talqin qilinishi. D. muayyan hodisalar o’rtasi-dagi
aloqadorlikning qonuniyatli, zaruriy va sa-babiy ravishda ro’y berishini, hodisalarning
hoz. holati ularning avvalgi holati b-n uzviy tarzda bog’liq ekanligini e’tirof etadi. D.
tamoyili tu-fayli, ilm-fan, ayniqsa, tabiatshunoslik fani tabiiy hodisalar mohiyatini ochib
berishga muvaf-faq bo’ldi, olamning yagona umumiy manzarasini yaratishda samarali
xizmat qilib kelmoqda, uning yangidan-yangi qirra va jihatlarini kashf etmoqda. Klassik
mexanikaning rivoji jarayonlar o’zaro mu-nosabatini talqin qilinishiga mexanistik ruhni
olib keldi, chunki uning amal qilish qonunlari aksariyat ilm axli tomonidan ilmiy
tadqiqotlar-ning haqiqiy namunasi sifatida qabul qilindi. Unga ko’ra, barcha moddiy
tizimlar o’rtasida faqat bir qimmatli, ya’ni, A V sxemasidagi qonuniyatli aloqa mavjuddir.
Agar hodisalar holatlarning amal qilishida mavjud bo’lgan sharoitlar o’zgarmasa, av-valgi
holat qat’iy, muqarrar tarzda kelasi holat-ning keltirib chiqarilishini ta’minlaydi.
DOGMATIZM, aqidaparastlik (yun. dogma — fikr, ta’limot) — biror-bir fikr,
ta’limotga, muayyan oqim tarafdorlariga, aqidalarga ko’r-ko’rona isho-nish, unga
yopishib olish, har qanday sharoitda ham uning o’zgarishiga yo’l qo’ymaslikka harakat
qilish. Muayyan aqidani isbotsiz ko’r-ko’rona qabul qilish
DUALIZM (lot. duo—ikki yoqpama) — monizmga qarama-qarshi o’laroq, moddiy va
ruhiy substantsiya-larni teng huquqli asoslar deb hisoblaydigan fal-safiy ta’limot. Fal.
tarixida D.ning eng yirik vakillarvdan biri Dekart edi. Dekart ikki xil substantsiya:
materiya va ruh yonma-yon ravishda mav-jud bo’lib, ular xudoga bo’ysunadilar, deb
tushun-tirdi. U cheksiz va abadiy bo’lgan tabiat inson ta-fakkuriga bog’liq bo’lmagan
holda mavjud bo’ladi va rivojlanadi, deb xisobladi. I.Kant ham dualist bo’lib, uning
fikricha, ideal narsa b-n (inson ongi b-n) bir qatrrda hodisalarning ob’ektiv aso-si
bo’lgan «narsa o’zvda» hash mavjuddir, lekin «nar-sa o’zida»ni bilib bo’lmaydi.
JAINIZM (hind. «jinna»—«g’olib») — eramizdan avvalgi 1- ming yillik o’rtalarida
qad. Hindis-tonda yuzaga kelgan va olamning asosida ikki ib-tido: materiya va jon
yotadi, deb hisoblaydigan ta’-limot. J. ta’limotiga ko’ra, insonning asosiy maq-sadi tashqi
olam hukmronligidan qutulish va ka-molga erishishdir.
GILEMORFIZM (yun. hyle va morphe-materiya va shakl) — shakl va materiya
ta’limotini anglatuv-chi atama. Uning paydo bo’lishi Aristotelga borib taqaladi. G.
borliqning asosiy tamoyillari, shakl va materiyani ifodalovchi ta’limot sifatida 19-
a.ning oxirlarida qo’llanila boshlandi.
INDIVIDUALIZM (lot. individium—bo’linmas) -inson shaxsiy hayotining
alohidaliligi, shaxs xuquqlarining mutlaqligini va avtonomiyasini ifodalovchi fal-iy
axloqiy tamoyil. I.ning ma’-naviy, naz-y jihatlarini o’z ichiga oladigan kon-tseptual va
real hayotiy pozitsiyani aks ettiruvchi amaliy jihatlari mavjud. I.ning naz-iy talqini
asosida shaxsning jamiyatdagi avtonomiyasi va uning huquklarini mutlaklashtirish yotadi.
Aksariyat hol-larda I. inson tabiatining o’zida yashiringan deb xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |