TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Uygʻonish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abulqosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Saʼdiy
Sheroziy,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy
kabilarning ilmiy meroslari oʻqituvchiga xos boʻlgan xususiyatlarni
shakllantirishda muhim
manba sifatida eʼtirof etilgan.
N.N.Azizxodjayeva,
B.R.Adizov,
S.Bazarova,
U.Sh.Begimqulov,
R.H.Djurayev,
Sh.Q.Mardonov,
O.Musurmonova,
N.A.Muslimov,
U.N.Nishonaliyev,
N.Ortiqov,
B.X.Rahimov,
Oʻ.Q.Tolipov,
D.Sharipova,
Sh.S.Sharipov,
Sh.Shodmonova,
N.Gʻ.Egamberdiyeva va boshqalar boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini
rivojlantirish masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borgan.
Pedagogning innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu
refleksiyadir. Refleksiya pedagogning oʻz ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olishi deb
qaraladi (oʻz fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin).
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki anʼanasi
mavjudligi aytiladi:
- obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning
reflektiv tahlili;
- shaxslararo muloqot maʼnosini tushunish refleksiyasi.
Bu bilan bogʻliq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:
- oʻz-oʻzini va boshqalarni tushunish;
- oʻz-oʻziga va boshqalarga baho berish;
- oʻz-oʻzini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha Reflexio-ortga qaytish) subyektning oʻz (ichki) psixik tuygʻu va
holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning oʻz
ongidagi
oʻzgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lugʻatda shunday izoh beriladi:
“
Refleksiya — faqat subyektning oʻz-oʻzini
bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuygʻusi va bilish
(kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
V.A.Lefevr taʼkidlagan ediki, inson oʻzining
xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan
kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi boʻlib qolmasligi, balki boshqa personajlar,
ularning xatti-
harakatlarini oʻrganuvchi mavqeyini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bogʻlaydi. Bunday oʻzaro
aloqalarda refleksiya oʻzida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya,
qiyoslash va
baholash hamda muammolarni eslash, yenga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi: retrospektiv;
prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu “sodir etilgan faoliyat
tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir”.
Prospektiv refleksiya — bu faoliyatning amalga oshishiga boʻlgan talabning hukm
surish dinamikasi.
S.Y.Stepanov, I.N.Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi.
V.V.Davidov oʻz tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi.
213