TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish samaradorligini aniqlash maqsadida, tajriba va
nazorat sinflarida test sinovlari oʻtkazildi. Ushbu test sinovlarida 2-sinfdan jami 113 nafar
(tajriba sinfida – 55, nazorat sinfida – 58 nafar), 3-sinfdan jami 113 nafar (tajriba sinfida – 57,
nazorat sinfida – 56 nafar), 4-sinfdan 119 nafar (tajriba sinfida – 58, nazorat sinfida – 61
nafar), jami 345 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar. Pedagogik tajriba-sinovni
boshlash davrida oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish samaradorligidagi miqdor hamda
sifat oʻzgarishlari aniqlandi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mustaqil fikrlash koʻnikmasini
rivojlantirishda oʻquv fanlararo aloqadorlik mexanizmidan
foydalanish muhim amaliy
ahamiyat kasb etadi. Matematikani oʻrganish jarayonida hosil qilingan tasavvur va bilimlarni
umumlashtirgan holda oʻquvchilarda ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlararo
aloqadorlik asosida muayyan koʻnikma va malakalar shakllantirildi va quyidagi xulosalarga
kelindi:
1. Kuzatishlarimiz shuni koʻrsatdiki, oʻquv fanlararo aloqadorlik hodisasi murakkab va
serqirra didaktik jarayondir.
Fanlararo
aloqadorlikning falsafiy asosi, fanlar va ilmiy tushunchalarning oʻzaro
bogʻlangan holda rivojlanishi taniqli olimlar tomonidan ochib berilgan. Ular oʻquv fanlararo
aloqadorlik qonuniyatlari metodologik-didaktik tamoyillar ichida yetakchi didaktik hodisa
ekanligini taʼkidlab oʻtganlar.
2. Fanlararo aloqadorlik – taʼlim jarayoni va uning barcha oʻqitilish shaklida
didaktik
shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi didaktik hodisadir.
3. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni taʼminlashda mazmunan bir-biriga yaqin oʻquv
predmetlarining materiallari nihoyatda talabchanlik bilan muvofiqlashtirildi;
4. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan faoliyatning
samaradorligi, asosan, oʻquv predmetlari oʻqituvchilarining
ijodiy izlanishlari va
faoliyatlarining mazmundorligiga ham bogʻliqdir.
Boshlangʻich sinflarda oʻquv fanlarini oʻzaro aloqadorlikda oʻqitish asosida quyidagi
natijalarga erishish mumkin: boshlangʻich taʼlim oʻquv rejalari va oʻquv
dasturlari
optimallashtiriladi; boshlangʻich sinflarda bir qancha fanlar qisqarishi natijasida kichik
maktab yoshidanoq chet tillarini oʻrgatish yoki jismoniy rivojlantirish
uchun imkoniyat
tugʻiladi;
- kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlash, abstrakt tafakkur
yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi;
- oʻquvchilarda tabiat, jamiyat va fan haqidagi yaxlit tushunchalar va tasavvurlar,
hayotiy koʻnikmalar shakllantirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: