TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
THE APPROACHES OF CREATING INTERACTIVE EDUCATIONAL AND METHODICAL
COMPLEXES IN COMPUTER SCIENCE
Akhmedova Z. - Lecturer of the Kokand State Pedagogical Institute
Annotation.
In the given methodical article there is a speech about a methodical basis
of creation interactive educational - methodical complexes on computer science. In article
the purposes, an originality interactive educational - methodical complexes on computer
science and two approaches of a statement of a teaching material are given.
Keywords:
article, methodical,
interactive, educational – methodical complexes,
modul.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uchun yaratilgan “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan vazifalarni hal etish jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Bu boradagi eng asosiy vazifalardan biri ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonining eng
muhim bo‘g‘ini bo‘lgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni
yangi pedagogik va axborot
texnologiyalari asosida samarali va yuqori saviyada tashkil etish orqali ta’lim sohasida,
shu jumladan, o‘quvchining fanlar bo‘yicha bilim asoslarini o‘zlashtirishida ijobiy yutuqlarga
erishishdir.
Informatika bo‘yicha interfaol o‘quv-uslubiy majmualarga asoslangan zamonaviy
ta’limda har bir o‘quvchining fanga qiziqishi, ishtiyoqi, istagi, o‘qishga tayyorgarlik darajasi
va qobiliyatini aniqlashga katta ehtiyoj sezilmoqda, o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari faqat
ta’lim jarayonining bo‘laklarida, uning epizodlarida yaqqol ko‘rinadi va bu xususiyatlardan
foydalanish ham shu bo‘laklarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligi aniqlangan.
Informatika bo‘yicha interfaol o‘quv-uslubiy majmualar yaratishning metodologiyasida
quyidagilarni e’tibor qaratish lozim: shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuv; ta’limda
o‘quvchilarga individual va differensial yondashuv.
Bu yondashuvlarda o‘quvchining informatika faniga tayyorgarlik darajasi, qiziqishi,
ishtiyoqi va qobiliyati aks etadi. Differensialli yondashish tushunchasida o‘qituvchi va
o‘quvchining faoliyatidagi o‘zaro bog‘lanishlar uzviylashadi. Endi o‘quvchi
jamoada
bo‘lganligi uchun uning o‘rni va xususiyatlari borligiga e’tibor beriladi.
Sinfda sinf bilan birga ta’lim olish, shu bilan birga bir vaqtda alohida individual
xususiyatlarga e’tibor bergan holdagi ta’lim berish usullari ko‘riladi. Demak, differensiallash
individuallashtirish uchun kerak ekanligi ayon bo‘ldi. Bu o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi
munosabatni belgilaydi.
Differensiallash va individuallashtirishning chegarasi qat’iy belgilanmagan.
Individuallashtirish ta’limi zamirida maxsus dasturlashtirilgan o‘qitish metodi paydo bo‘ldi.
Informatika bo‘yicha interfaol o‘quv-uslubiy majmualar yaratish jarayonida individual va
differensialli yondashuvni amalga oshirish uchun ish rejalari va nazariy materialni unga mos
tuzishi va ta’lim jarayonini ham bu yondashuvga moslashtirishi lozim
1
.
1
Gvaramiya G., Margviashvili I., Mosiashvili L. Opыt razrabotki kompьyuternыx uchebnыx posobiy po fizike.
Informatika
i obrazovaniya, №6, 1990
123