Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet65/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

4-§. Ish vaqti balansi

Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi- soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat boMadi: chap qismida


«ish vaqtidan foydalanish» ko'rsatiladi.
Chap qismi quyidagilardan tashkil topadi:
1) kalendar vaqt fondi;
2) bayram va dam olish kunlari;
3) tabel vaqt fondi;
4) navbatdagi mehnat ta’tillari;
5) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi.
Ish vaqti resurslarini kishi-soatlarida ifodalash uchun, ko‘rsatkichlarni belgilangan ish vaqti uzunligiga ko'paytiriladi.


«Ish vaqtidan foydalanish» qismida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini tarkibi ko'rsatiladi va u uch qismdan iborat bo'ladi: amalda ishlagan ish vaqti fondi, uzurli sabablar bilan ishlamagan vaqt va ish vaqtini yo'qotish.
Amalda ishlangan ish vaqti fondi belgilangan rejim asosida ishlangan vaqtni ifodalaydi. Odatdan tashqari ishlan­ gan vaqt (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan)lar balansdan tashqarida ko'rsatiladi.
Uzrli sabablar bilan yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi:
betobligi sababli yoki betob bolalarni boqish;
o'quv ta’tillari (sirtqi talabalar uchun, korxona to ­ monidan yuborilgan o'qish va malaka oshirishlar va h.k.):
qonun bilan belgilangan ishga kelmasliklar (davlat top- shiriqlarini bajarish, masalan, voenkomatga yoki sudga chaqirilishi).
Ish vaqtini yo‘qotuvlariga quyidagilar kiradi:
kun bo‘yi to'xtab turishlar;
kechikib kelishlar, vaqtli ketishlar;
rahbariyat ruxsati bilan ishga kelmaslik;
yalpi ishga kelmaslik (ish tashlashlar va h.k.)
Balansning o'ng qismi yuqorida keltirilgan uch bo'limning yig'indisidan tashkil topadi va kishi-kunlar va ki- shi-soatlarda ifodalangan maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini bildiradi.
Masalan, aw algi misolda keltirilganlarni quyidagi m a’lumotlar bilan to'ldiramiz: Aprel oyida ishga kelmasliklar (kishi-kunlarida): betobligi sababli 56, o'qish ta’tillari 20, progullar-4, rahbariyat aixsati bilan — 12, qonun bo'yicha ishga kelmaslik 60.


Ish vaqti balansini tuzamiz (kishi-kunlarida).


Ish vaqti resurslari Ish vaqtidan foydalanish
1. Kalendar fondi 9100 1. Am alda ishlangan vaqt 5868
2. Bayram va dam olish 2. L zurli sabablar bilan ish kunlari 2400 vaqtini yo'qotish 136
3. Tabel fondi 6700 shu jumladan:
4. Navbatdagi mehnat betobligi sababli 56
ta ’tillari 4800 o ‘qish vaqti sababli — 20 5. Maksimal imkonivatli ish qonun bo'yicha 60
vaqti fondi 6220 3. Ish vaqtini y o ‘qotish — 216 shu jum ladan:
kun b o ‘yi to'xtab turishlar 200 progullar — 4
rahbariyat ruxsati bilan 12
4. M aksim al im koniyatli ish vaqti fondi - 6220 ( 5 8 6 8 + 1 3 6 + 2 1 6 )
Jami: 6220 Jami: 6220


Demak, MIIVFning: 94,3% amalda ishlagan
— 2 , 2% uzurli sabab bilan yo‘qotish
3,5% uzursiz sabab bilan yo‘qotish
100%.
Demak, ish vaqti balansi ish vaqti resurslari va ulardan foydalanish haqida to‘liq ma’lumot olish va tahlil qilish imkoni­
yatini beradi.


Savollar, testlar va masalalar


1. Iqtisodiy faol va iqtisodiy faol aholi haqida tushuncha bering.
2. Aholi quyidagi kategoriyalarning qaysilari iqtisodiy faol aholi tarkibiga kiradi?
a) yonlangan xizmatchilar;
b) ish beruvchilar;
d) o'quvchilar;
e) shaxsiy ish bilan band bo'lganlar;
f) ishlashi shart bo'lmaganlar;
g) oilaviy ish bilan band bo'lganlar;
h) uy xo'jaligida band bo'lganlar;
i) ishsizlar.
3. Aholi quyidagi kategoriyalarning qaysilari iqtisodiy no- faol aholi tarkibiga kiradi?
a) ishsizlar;
b) nafaqaxo'rlar;
d) ish qidirishni tugatgarilar;
e) talabalar, aspirantlar, magistrlar;
0 ish beruvchilar;
g) jamoa korxonalarida band bo'lganlar;
h) ishlashi shart bo'lmaganlar.
4. Mehnat bozori statistikasi ko'rsatkichlar tizimi qan­ day?
mehnat resurslari soni;
band bo'lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha taqsimlanishi;
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlari soni va tarkibi;
ish vaqtidan foydalanish;
mehnat unumdorligi, ish haqqi darajasi va dinamikasi;


ish kuchiga xarajatlar;
ish kuchining migratsiyasi va h.k.
Ushbu ko'rsatkichlarning mohiyati qanday?
5. Mehnat bozori statistikasining axborot manbalari:
bandlilik xizmati idoralarining statistik hisoboti;
aholi bandligi darajasini o'rganish maqsadida har chorak oxirida o'tkaziladigan tanlama kuzatish m a’lu­ motlari;
milliy iqtisodiyotimizda band bo'lgan xorij fuqarolari haqidagi ma’lumotlar;
aholi ro'yxati ma’lumotlari va h.k. Ushbu manbalarning mohiyati qanday?
6 . Ishchi kuchi bozori holatini baholash uchun qo'llaniladigan nisbiy ko'rsatkichlar:
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsiyenti;
aholining bandlilik koeffitsiyenti;
umumiy yuklama koeffitsiyenti;
mehnat resurslari o'rnini qoplash koeffitsiyenti;
nafaqa yuklamasi koeffitsiyenti;
ishsizlik darajasi;
aholining iqtisodiy faollik darajasi.
Ushbu ko'rsatkichlar qanday aniqlanadi va mohiyati ni- mada?
7. Mehnat resurslari soni qanday aniqlanadi?
8 . Xalqaro andozalarga asosan band bo'lganlar ishlab chiqarishdagi bajarilayotgan funksiyasiga qarab qanday gu- ruhlarga ajratiladi?
9. Ishsizlarning qanday turlarini bilasiz?
10. Mehnat resurslari balansi va ishchi kuchi balansi qanday tuziladi, uning mohiyati qanday?
11. Korxona xodimlari soni. O'rtacha ro'yxatdagi xodim ­
lar soni qanday aniqlanadi?


12. Ish vaqti o ic h o v birliklari. Ish vaqtidan foydalanish ko'rsatkichlari. Ish vaqti balansi.
13. Oy oxiriga berilgan quyidagi ma’lumotlar asosida II va III kvartallar uchun o'rtacha ro'yxatdagi xodimlar sonini aniqlang: martda-140 kishi, aprelda-146 kishi, mayda-150 ki­ shi, iyunda-156 kishi, iyulda-152 kishi, avgustda-155 kishi, sentabrda-154 kishi. Olingan ma'lumotlarni solishtiring.
14. Maishiy xizmat ko'rsatuvchi kombinat 23-oktabr kuni ochilgan. Ro'yxatdagi xodimlar soni quyidagicha bo'lgan: 22 da—58 kishi, 23 dan 26 gacha 60 kishi, 27 da 74 kishi, 28 dan 31 gacha 82 kishi.
Oktabr oyi va 10 oy uchun o'rtacha ro'yxatdagi xodimlar sonini hisoblang.
15. Avgust oyida korxona biznes rejasi bo'yicha o'rtacha ro'yxatdagi xodimlar soni 140 kishi bo'lishi kerak. Amalda oy davomida ishchilar tomonidan 2818 kishi-kuni ishlangan, har xil sabablar bilan ishga kelmaslik 1613 kishi-kuni.
Avgust oyi uchun o'rtacha ro'yxatdagi xodimlar soni bo'yicha biznes reja bajarilish darajasini aniqlang.
16. Ikki korxona xodimlari to'g'risida joriy yil bo'yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:_____________________________
Ko'rsatkich 1 №2
Yil boshida ro'yxatdagi ishchilar soni 690 570
Yil davom ida ishga qabul qilingan ishchilar soni jami 195 163
Yil davom ida ishdan bo'shagan ishchilar soni jami 170 202 Shu jum ladan:
o 'z xohishi bilan 129 107
K echikib kelgani va boshqa intizom lar buzilgani uchun 8 3
Yil oxirida ro'yxatdagi ishchilar soni 714 650
Yil davom ida (1.01 dan 31 .12 gacha) ro'yxatda turgan 419 488
ishchilar soni


Har bir korxona bo'yicha aniqlang va tahlil qiling:
1) o'rtacha ro'yxatdagi ishchilar soni;
2) ishga qabul qilish va bo'shash koeffitsiyentlari;
3) ish kuchi umumiy aylanma koeffitsiyenti;
4) qo'nimsizlik koeffitsiyenti;
5) doimiylik koeffitsiyenti.
17. Korxona ishchilarining I yarim yilikda ish vaqtida foydalanish lari haqida quyidagi m a’lumotlar berilgan:

Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish