(Frganilayotgan
Xodimlar doimiylik К 1 = davrda ro'yxatda tur- X 100%
gan xodimlar soni______
Tro‘yxatdagi
T ro'yxatdagi — korxonaning o'rtacha ro'yxatdagi xodimlari soni.
Ishga qabul qilish va undan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi ishchi kuchi harakati deb ataladi. Uni ifodalash uchun quyidagi absolut ko'rsatkichlar aniqla nadi:
— qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan);
— ishdan bo‘shash oboroti (ishdan bo'shamaganligi haqida buyruq chiqarilgan);
— ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo'shaganlar umumiy soni).
O'z xohishi bilan ishdan bo'shagan kishilar qatoriga qu- yidagilar kiradi: o'z xohishi bilan ishdan bo'shaganlar, shuning- dek, quyidagilar: tanlovdan o'tish natijasida boshqa joyga o'tganlar, yashash uchun boshqa joyga ko'chganlar, kasallik yoki nogironlik, o'qishga kirish, pensiyaga chiqish, oiladagi kasal
kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan bo'shagan kishilar.
#
Ishga qabul qilish va bo'shash haqidagi m a’lumotlar
asosida ham korxona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyi dagicha ishchi kuchi balansi tuziladi:
To + Q Q — В = T j
Bunda, T 0 — davr boshidagi xodimlar soni; Q Q — qabul qi- Iinganlar soni, shu jumladan, manbaalar bo'yicha:
bandlilik xizmat yo'llanmasi bilan;
boshqa korxonalardan o'tkazilganlar;
boshqa manbaalardan (korxonaning o‘zi qabul qilgan; o'qishdan, armiyadan qaytgan va h.k.);
В — ishdan bo‘shaganlar soni, shu jumladan, sabablar bo'yicha:
boshqa tashkilotga o‘zkazish sababli;
xodimning xohishi bilan mehnat — bitimini tugatilishi (o‘z xohishi bilan);
korxonaning xohishi bilan mehnat — bitimini tugatish, armiya safiga chaqirish sababli;
boshqa sabablar bilan.
Tj — davr oxiridagi xodimlar soni.
Aholi bandligini o'rganish uchun korxona va tashkilotlar- dagi ish joylarining yangisini barpo etish va ba’zilarini yo'qotish bo'yicha harakatini ham o'rganishni taqozo etadi. Bandlilik xizmatlari idoralari korxona va tashkilotlardan ularning xodim- larga bo'lgan talabini olib o'iganadilar va shu m a’lumotlar asosida statistika quyidagi ko'rsatkichlami hisoblaydi:
— ish joylarining umumiy soni - umumiy mavjud ish joy- lari + bo'sh ish o'rinlari;
— bo'sh ish joylar soni (korxona va tashkilotlarning buy- urtmalari asosida aniqlanadi);
— yangi kiritilgan ish joylar soni (ishlab chiqarishni. ken- gaytirish, qayta qurish va ish smenalarini ortishi natijasida va h.k.);
— bir bo'sh joyga band bo'lmagan aholining yuklamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |