Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlan-
gan barcha kishi-soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo‘linadi. Bunda ikki xil ko‘rsatkich aniqlanadi: a) ish kuni- ning to‘liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari soatlar e ’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko'rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi koeffitsiyent aniqlanadi. Birinchi koeffitsiyentni ik- kinchisiga ko‘paytirib uchinchi, ya’ni ish vaqtidan to ‘liq foy dalanish koeffitsiyenti aniqlanadi.
Masalan, korxonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan:
№ Ko‘rsatkichlar Bazis Joriy davr davr
1 0 ‘rtacha ro‘yxatdagi ishchilar soni 900 1000
2 Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar 18000 21000
soni
3 Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar 126000 140000
soni
4 Bir ishchi tom onidan amalda ishlan 20 21
gan kunlar soni (2:1)
5 Ish kunining amaldagi uzunligi, soat 7 ,0 6,7 (3:2)
1) Ish oyi uzunligidan (kunlar) foydalanish K' = 21/20 =1,050 yoki 105,0%
2) Ish kuni uzunligidan (soat)
foydalanish K1 = 6 ,7 /7 ,0 = 0,959 yoki 95,9%
3) Ish vaqtidan to ‘liq
foydalanish K( = 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8%
Demak, korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) b o ‘yicha foydalanish joriy davrda bazis davrga nisbatan 5,0% ga ortgan,
ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish 4 ,l% ga kamaygan. N atijada ish vaqtidan to'liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan.
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim:
1. Kalendar ish vaqti fondi — korxona barcha xodimlariga to ‘g ‘ri kelgan kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyida gicha hisoblanishi mumkin:
— o‘rtacha ro'yxatdagi xodimlar sonini shu davrdagi kal endar kunlar soniga ko'paytiriladi; yoki
— ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo'shiladi.
2. Tabel vaqt fondi — ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari ayriladi.
3. Eng ko‘p imkoniyatli ish vaqt fondini —aniqlash uchun tabel ish vaqti fondidan navbatdagi mehnat ta ’tili kunlari ay riladi. Bu fond «Mehnat haqida»gi qonunga asosan, foy dalanish mumkin bo'lgan eng katta ish vaqti salohiyatini bildiradi.
Masalan, korxona bo'yicha mart oyida quyidagi m a’lumotlar berilgan (kishi-kunlarida) xodimlar tom onidan ishlangan kishi-kunlar — 5868; kun bo'yi to'xtab turishlar — 200; ishlanmagan kishi-kunlar — 3032, shu jum ladan, navbatdagi ta ’tillar — 480; dam olish kunlari — 2400; o 'rtacha ro'yxatdagi xodimlar soni — 300 kishi; ushbu m a’lum otlar asosida quyidagi ko'rsatkichlarni hisoblash mumkin:
1) ishga kelgan kishi kunlar soni — ishlangan kishi — kunlar va kun bo'yi to'xtab turishlar soni yig'indisiga teng.
5868+200 =6068 kishi/kuni 2 ) kalendar ish vaqti fondi 6068+3032 =9100 kishi/kuni
3) tabel ish vaqti fondi
9100-2400 =6700 kishi/kuni
4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi 6700-480 =6220 kishi/kuni
5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o 'rtacha ro'yxatdagi xodimlar soni o'zgarmay qolsa)
300 x 31 =9300 kishi/kuni.
4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bay- ram va dam olish kunlari hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar ham qo'shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi to'xtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, mehnat ta ’tillari va shunga o'xshashlar qo'shilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |