8. Aksiyalar va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari
— ustav kapitalga ma’lum nisbatda hissa qo'yilganligi haqi dagi hujjat bo'lib, u o'z egasiga foydaning ma’lum qismini dividend sifatida olish huquqini beradi.
9. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari — savdo
krediti, bitmagan ishlar va boshqalar hisobidan avanslar.
Nomoliyaviy aktivlarga — egalari ulardan iqtisodiy faoli-
yat natijasida yoki qiymat zaxirasi sifatida manfaat ko'rishlari mumkin bo'lgan obyektlardir. Ular ishlab chiqaril gan yoki ishlab chiqarilmagan obyektlar bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan aktivlar — MHTda ishlab chiqarish jarayoni natijasida paydo bo'gan nomoliyaviy aktivlar deb ataladi. Ular asosiy kapital, material aylanma mablag'lar va boyliklar zaxirasidan tashkil topadi.
Asosiy kapital — ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan m illiy boylikni bir qismi uni natural — mulk holatini uzoq muddat davomida o'zgartirishdan iqtisodiyotda foydalaniladi va o'z qiymatini tayyor mahsulot va xizmatlarga asta-sekin o'tkazaboradi. Asosiy kapital material va nomaterial qismlarga bo'linadi. Material asosiy kapitalga yashaydigan va mamlakatdagi bino va inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, parvarish qilinadigan tabiiy aktivlar (ish chi mahsuldor mollar, mevali bog'lar va boshqa ekilgan daraxtlar), tarixiy yodgorliklar va h.k. MHTning yangicha talqini bo'yicha asosiy kapitalga harbiy uskunalarning ba’zi turlari kiritilgan bo'lib, ular faqat harbiy maqsadlarda emas, balki fuqarolik ehtiyojlari uchun ham ishlatiladi (aerodrom- lar, avtomobillar va h.k.).
Nomaterial asosiy kapitalni ajratish 1993-yildagi
M HTning yangiligi hisoblanadi. Ularga inson mehnati nati jasida yaratilgan va hamma bilishi shart bo'lmagan axborotlar bo'lib, ular qandaydir asrovchiga o'tkazilgan. Ularning qiy mati ularda asralayotgan axborotning qiymatiga bog'liq. Bunga foydali qazilma boyliklarni qidirish xarajatlari, das- turiy ta’minot, adabiyot va san’atning noyob asarlari (filmlar, ovoz yozib olishlar, qo'lyozmalar va h.k.) va boshqa nom ate rial aktivlar kiritiladi.
Material aylanma mablag‘larga ishlab chiqarish zaxiralari
(xom ashyo, materiallar, yoqilg'i va boshqalar), tayyor
mahsulotlar, qayta sotiladigan tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Вularga yana davlat zaxiralari va don rez- ervlari, strategik materiallar va davlat ahamiyatga ega bo'lgan boshqa tovarlar kiradi.
Boyliklar — uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo'lib, ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan hech pasaymaydi. Ular ishlab chiqarish maqsadida ishlatil- maydi va foydalanilmaydilar va qiymat zaxirasi sifatida asra- ladi (qimmatbaho metallar, toshlar, antikvar buyumlar va boshqa san'at asarlari hamda boyliklar).
Ishlab chiqarilmagan aktivlarga ishlab chiqarish jarayoni natijasi bo'lmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Ular tabiat tomonidan yaratilgan yoki yuridik va hisob ishlari natijasi bo'lib hisoblanadi. Material ishlab chiqarilmagan aktivlarga yer, yer osti qazilma boyliklari, yer osti suvlari va yetishtiril- maydigan (tabiiy) biologik resurslar kiradi.
Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga aniq faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi hujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar belgilariga bitimlar tuzish va h.k.).
2 -§. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli
Iqtisodiyot har bir sektoming ma’lum momentga nis batan iqtisodiy ahvoli, uning o'zining xususiy kapitali hajmi bilan baholanadi va u sektorning aktiv va passivlar balansining balanslashtimvchi moddasida o'z aksini topadi. Balans ikki yoqlama jadvalga o'xshatib tuziladi, uning chap tomonida sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o'ng tomonida esa uning moliyaviy majburiyatlari va o'z
kapitalining sof qiymati keltiriladi.
Aktiv Majburiyatlar va o ‘z kapitali ning so f qiymati
1. Nomoliyaviylar: 3. M oliyaviy majburiyatlar:
- ishlab chiqarilganlar; - mavjud pullar;
- ishlab chiqarilmaganlar; - depozitlar;
2. Moliyaviylar: - qim m atbaho qog‘ozlar va h.k.
- m onetar oltin; 4. o 'z kapitalining so f qiym ati
- mavjud pullar; (4= 1+2-3)
- O 'B H E B M M ;
- depozitlar; va boshqalar
Sektor o'z kapitalining sof qiymati, uning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy) qiymatining, uning moliyaviy majburiyatlariga nisbatan yuqori ekanligini ifodalaydi. Sof qiymat deyilishiga sabab asosiy kapital qoldiq qiymati b o‘yicha aks ettiriladi. Bu balans m a’lumotlari asosida sek- torning investitsion faollik darajasini, ularni moliyalashti- rishga ehtiyojini ishlab chiqarishning material aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish darajasi va uning samarador ligini tahlil qilish mumkin boMadi. Butun iqtisodiyot bo'yicha tuzilgan jamlovchi aktiv va passivlar balansi m am lakatning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydi. U ning balanslashtiradigan moddasi bo'lib, milliy boylik ko'rsatkichi hisoblanadi. Shunday qilib, M H T m etodologi- yasi bo'yicha milliy boylik hajmini aniqlash uchun mam lakat rezidentlarining barcha iqtisodiy aktivlar qiymatlari (m oliyaviy va nomoliyaviy) yig‘indisidan ularning moliyaviy
majburiyatlarini ayirib aniqlanadi. Dem ak, mamlakat milliy
boyligi iqtisodiyot barcha sektorlarining sof kapitali yig'indilariga teng bo'ladi.
3 -§. Asosiy fondlar va ularni tasniflash
Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo'lgan qismi
— milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to'g'ri ke- ladi.
Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar bo'lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor xizmatlar ko'rsatish uchun xizmat qiladilar.
1996-yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yasholmaydigan), yashaydigan binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo'jalik ashyolari, ishchi mollar, mahsuldor mollar, ko'p yil lik o'simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya m e’yorlarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foy- dalanishni o'rganishda qo'llaniladi.
Asosiy fondlar tarkibiga yerlarni yaxshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital xarajatlar va yerga egalik qilish huquqini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar (advokatlar, ko'chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to'lovlar, to'langan soliqlar va yig'imlar va boshqa tashkiliy xarajatlar) bilan b ogiiq bo'lgan xarajatlar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |