Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet156/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

4-§. To‘lov balansi


Iqtisodiyot sektorlari rivojini, m am lakatdagi iqtisodiy ho- latni va milliy iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o-‘zaro alo-


www.ziyouz.com kutubxonasi

qalari asosiy yo'nalishlari va natijalarini baholash uchun m il­ liy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda toMov balansi tuziladi.
To‘lov balansi (ТВ) — shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot subyektlarining boshqa m am lakatlar rezidentlari bilan o ‘zaro m unosabatlarini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar tizim idan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning m uhim quroli bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda bironta davlat o‘z qobig'ida boshqa m am ­ lakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirm asdan rivoj- lana olm aydi. M am lakatning rivojlanish darajasi, uning dun- yoda tutgan o ‘rni, boshqa m amlakatlar bilan o 'rnatgan alo- qalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqi savdo qoldig'i, oltin valuta rezervlari hajm i ham da dinamikasi va h.k. kabi pa- ram etrlar bilan baholanadi.
Milliy iqtisodiyot subyektlarining barcha tovar va moli- yaviy oqim lari, oqibat natijada, boshqa m am lakatlar tovar va moliyaviy oqim lari bilan ham korlikda harakat qiladi. Shu m a’noda ТВ ko'rsatkichlari makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizim ida yakunlovchi bo'lib hisoblanadilar.
« To‘lov balansi» tushunchasi birinchi m arta 1767-yilda D .Styuartning «Siyosiy iqtisod prinsiplari tadqiqoti» asajida eksport-im port qoldig'i va u bilan bog‘liq bo'lgan oltinning harakatini aks ettiruvchi tushuncha sifatida ishlatilgan. A m m o o ‘sha davrda ham , XIX asrda ham to 'lov balansining ham nazariyasi ham am aliyoti yo‘q edi. Xalqaro operatsiya- larni tizim li hisobini olib borish zaruriyati paydo bo'ldi, chunki shu davrda kapitalning xalqaro bozori rasmiylashdi, xalqaro to 'lov tizim i tashkil topdi, ham davlat organlari, ham m arkaziy banklar tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy qat- nashchisiga aylandi.
1923-yilda birinchi m arta to‘lov balansi A Q SH da chop


etildi. 1924-yilda millatlar ligasi tom onidan bir necha m am - lakatlar balansi tuzildi, 1947-yilda esa ТВ tuzish bo'yicha tavsiyanom alar ishlab chiqildi.
50-yillar oxiridan hozirgi vaqtgacha ТВ tuzish me- todologiyasini XVF ishlab chiqadi. 1993-yiIda XVF balans tuzish bo‘yicha yo'riqnom ani beshinchi m arta chop etdi.
M H T va ТВ metodologiyasinining yaratilishi va am ali- yotga joriy etilishi parallel ravishda am alga oshirildi, lekin hech qachon to‘qnash kelmadi. U lar ikkalasining um um iy m aqsadi bir mamlakat rivojlanish darajasini, uning dunyoda boshqa m am lak-"’ isida tutgan o 'rn in i makroiqtisodiy tahlil qilishdan iborat. Buning uchun barcha m am lakatlar k o ‘rsatkichlarini solishtirish prinsiplari va M H T va TBni tuzish qoidalaridan foydalanildi. XVFning beshinchi k o ‘rsatkichiga (1993-y.) asosan TBdagi hisob, klassifikatsiya va ta 'rifla r M HTdagi kabi bir-biriga o'xshab ketadi:
— rezident va norezidentni aniqlash;
— iqtisodiyotni institutsional birliklar, sektorlar va tar- m oqlarga ajratish;
— operatsiyalarni qayd etish vaqti: M H T da ham ТВ ham operatsiya vaqti hisoblash usuli bo'yicha aniqlanadi. Uning m ohiyati shundaki, operatsiyalar boyliklam i almashish, o ‘tkazish, qayta tashkil etish, yaratish yoki yo‘q bo'lib ketish vaqti bilan qayd etiladi.
— tovar va xizmatlar am aldagi bozor bahosida bahola- nadi;
— iqtisodiy operatsiyalar joriy va kapital operatsiyalarga ajratiladi.
ТВ ko'rsatkichlari mustaqil analitik aham iyatga ega b o 'lib , «qolgan dunyo* hisoblam asi ko'rsatkichlari bilan chegaralanm aydi. ТВ asosida xorij investitsiyalari qay usulda
ja lb etilganini, m am lakatning tashqi qarzlari qanday


o ‘zgarishini, ularning foizlarini, Markaziy bankning xalqaro rezervlari qanday o ‘zgarishini aniqlash m um kin. ТВ ko‘rsatkichlaridan ichki valuta bozori va valuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va m onetar siyosatini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O ‘zbekistonda ТВ tuzishni Markaziy bank amalga oshiradi. 1994-yildan boshlab ТВ kvartallar b o ‘y icha chop etiladi: I-kvartal uchun, I-yarim yil uchun, 9 -oy uchun va yil bo‘yicha to 'liq balans tuziladi.
ТВ tuzishning asosiy prinsiplari:
ТВ buxgalteriya hisobi prinsipida — ikki yoqlam a yozish asosida am alga oshiriladi. H ar operatsiya ikki m arta qayd eti­ ladi: bir hisobning kreditida, ikkinchi hisobning debetida, chunki ko‘pchilik operatsiyalar iqtisodiy boyliklarni alm a- shishga asoslanadi. M asalan, korxona o ‘z m ahsulotini eksport qiladi va evaziga valuta boyliklarini oladi: yoki xorij korxonasi shu m am lakat rezidenti firmasini rivoji uchun m ablag‘ qo‘yadi va evaziga moliyaviy aktivlar (aksiyalar va h.k.) yoki mulk oladi. B arter bo‘yicha almashish m um kin, u holda eksporter — korxona evaziga ekvivalent tovar va xiz­ m atlar oladi. Agar iqtisodiy boyliklar tekinga berilsa, u holda
« transfertlar» m oddasi kiritiladi.
— Iqtisodiy tahlil uch u n ТВ ko‘rsatkichlari guruhlanadi.
M H T da ham TB da ham joriy va kapital operatsiyalar ajrati- ladi. Joriy operatsiyalarga tovar va xizm atlar va transfertlar bilan am alga oshirilgan operatsiyalar kiritiladi. K apital op­ eratsiyalar investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, ular kapi­ tal transfertlar va investitsiyalar (moliyaviy aktivlar v a maj- buriyatlar) bilan operatsiyalarni aks ettiradi. O peratsiyalar xarakteriga qarab, T B ning qaysi tom onida aks ettirilishini
aniqlash m um kin.


T o'lov balansi оperatsiyalarini yozish prinsipi Operatsiya Kredit(+) Debet (-)
A Tovarlar va no- Tovarlar eksporti va Tovarlar importi va omil xizmatlar xizmatlar eksporti xizmatlar importi
B. Mehnat va ka­ Rezidentlar tom o­ Norezidentlar to­ pital xizmatlari nidan norezident- monidan resident-
larga ko'rsatilgan larga ko'rsatilgan
V Joriy va kapital Rezidentlar tomo­ Norezidentlar tomo­ transfertlar nidan tovar va xiz- nidan tovar va xiz-
matlami tekinga olish matlami tekinga olish G Moliyaviy aktiv­ Norezidentlar oldi- Norezidentlarga ta­ lar yoki maj- dagi majburiyatlar labning ortishi yoki
buriyatlar bilan ortishi yoki norezi- norezidentlar operatsiyalar dentlarga talabning oldida majburiyat-
kamayishi laming kamayishi

Balans va ikki yoqlama yozish prinsipidan kelib chiqib, joriy operatsiyalar hisobi kapital va moliyaviy aktivlar hisobi saldosiga teng bo‘lishi (qaram a-qarshi belgi bilan) lozim. Bi- nobarin, TBning umum iy saldosi doim nolga teng boMishi kerak. Ammo am alda kredit va debet yozuvlari orasida balansga erishib bo‘lmaydi. Bunga sabab bir operatsiyaning kredit va debet yozuvlari uchun axborotlar har xil m anbalar­ d an olinadi.


M asalan, eksport bo'yicha m a’Ium ot manbai bo'lib boj- xona statistikasi hisoblansa, xorij valutalarining kelishi bank statistikasi m a’lum otlaridan olinadi. K redit va debet yozuvlari orasidagi farq «sof xatolar va o 'tkazib yuborishlar» deb ata-
ladi.


www.ziyouz.com kutubxonasi

Agregat ko'rinishida TBning umumiy ko‘rinishi quyid agicha:
ToMov balansining asosiy komponent- Kredit Debet Saldo lari (moddalari) (+) (-)
1. Joriy operatsiyalar hisobi
A. Tovarlar va nominal xizmatlar

Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish